Navoiyga ehtirom – Vatanga, millatga ehtirom

Surxondaryo viloyatida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda.

Bugun Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali bo'y ko'rsatib turgan maydonga erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o'qituvchilar, yozuvchi va shoirlar, oliy, o'rta maxsus ta'lim muassasalari, maktablarning o'quvchilari jamul-jam bo'ldi.

Tantanali marosim ishtirokchilari o'z davrida o'zbek tilining boy va jozibador muloqot vositasi ekanini keng namoyon etib, go'zal asarlar yaratgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo'ydi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov, Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Marahimov, O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasi viloyat bo'limi rahbari Mengnor Allamurodov va boshqalar so'zga chiqib, buyuk bobokalonimizning hayoti, boy madaniy merosi va ularning bugungi kundagi qadr-qimmati xususida atroflicha fikr yuritdi. Ul zotning asarlari dunyo xalqlarining bebaho ma'naviy merosiga aylangani qayd etildi.

Shoirlar va talaba-yoshlar Alisher Navoiy g'azallaridan namunalar o'qidi. Mannon Uyg'ur nomli Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri san'atkorlari “Alisher Navoiy” spektaklidan parchalar namoyish etdi. Buyuk shoir g'azallari asosida yaratilgan kuy-qo'shiqlar kuylandi.

Viloyatda bayram tadbirlari davom etmoqda.

 

 

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.