To'ra Bobolovning jurnalistlar bilan uchrashuvida fikrlar ochiqchasiga gapirildi, muammolar muhokama qilindi

Hozirda viloyatimizda 36 ta gazeta va jurnal, 3 ta televideniye, 2 ta radiokanal, 3 ta veb-sayt, 3 ta nashriyot va bosmaxona, 57 ta matbaa korxonasida 500 nafarga yaqin fidoyi insonlar mehnat qilmoqda. 20 ga yaqin Respublika ommaviy axborot vositalarining viloyatimizda o'z muxbirlari bor.

Ular mamlakatimiz, xususan viloyatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlarni xolis yoritish bilan birga, barcha darajadagi rahbarlarni joylardagi mavjud dolzarb muammolarni bartaraf etishga da'vat etib, undab kelmoqda.

Viloyatda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalarining 70 nafardan ortiq vakillari hamda shahar va tumanlar hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda To'ra Bobolov jurnalistlarning demokratik islohotlar jarayoni, oshkoralik va so'z erkinligini ta'minlashdagi o'rni va roli haqida so'z yuritdi.

– Joriy yilda Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 80 yilligi, Prezident sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan xalqaro kurash turniri, “Boysun bahori” xalqaro ochiq folьklor festivali o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz yillik bayramiga hamohang tarzda ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish bo'yicha sizlarning takliflaringiz, fikr va mulohazalaringizni tinglamoqchimiz. Qolaversa, sizlarni o'ylantirayotgan muammolar bo'lsa eshitishga, ularni hal qilish choralarini ko'rishga tayyormiz, – dedi viloyat hokimi.

Samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda voha bo'ylab ko'proq press-turlar tashkil etish, mart oyini “Surxondaryo viloyati oyligi” deb e'lon qilish, ommaviy axborot vositalari xodimlari o'rtasida qator sport turlari bo'yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqalarini uyushtirish, axborot xizmatlari faoliyat samaradorligini yanada oshirish va media vakillari bilan hamkorligini kuchaytirish, soha xodimlarining ijtimoiy himoyasi bilan bog'liq masalalar yuzasidan dolzarb takliflar bildirildi, fikrlar ochiqchasiga gapirildi, muammolar muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlarning har oyda o'tkazilishi endi an'ana tusiga kirishi, yaqin kunlarda blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari bilan ham ochiq muloqot tashkil etilishi aytildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.