To‘ra Bobolov Bandixonning infratuzilmasi og‘ir “Bektepa” mahallasi aholisi muammolarini o‘rgandi

Surxondaryo viloyatida ham mahallalarni obod va ko‘rkam go‘shaga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Vohada “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari shakllantirilgan bo‘lib, ushbu dasturga birinchi navbatda infratuzilmasi og‘ir qishloq va mahallalar tanlab olingan.

Xususan, Bandixon tumanidagi “Saroy”, “Obod turmush”, “Chinor”, “Navro‘z”, “Bektepa”, “Obod yurt” va “Qaldirg‘och” mahallalari 2021 yil “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan bo‘lib, bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish orqali aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

 

 

 

Bugun, 31 yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.Mamatov, viloyat prokurori S.Turdiev, Xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmurodov bilan birgalikda 3700 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan “Bektepa” mahallasida bo‘lib, “Obod qishloq” dasturi doirasida boshlangan ishlar bilan tanishdi, odamlarning muammolarini tinglab, ularning yechimi yuzasidan mutasaddilarga vazifalar yukladi.

 

 

 

 

“Obod qishloq” dasturiga asosan Bandixon tumanining infratuzilmasi og‘ir ushbu 7 ta mahallasidagi 4371 ta xonadonda yashovchi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr energiya, suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi muammolarni bartaraf etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablarini qurish va ta’mirlash, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish va boshqa qator bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish  rejalashtirilgan.

 

 

 

 

“Bu ishlarning barchasi  ushbu mahallalar aholisining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilashga, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga, hududlar qiyofasini zamonaviylashtirishga va bu yerda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Men bu yerga tez-tez kelib, qilinayotgan ishlar sifati va samarasini shaxsan nazorat qilib boraman”, – dedi viloyat hokimi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.