Viloyat hokimi Bandixonda tashkil etilayotgan zamonaviy issiqxonalar kompleksi loyihasi bilan tanishdi

Bandixon tumanida 22 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, ularda 76 ming 500 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. O‘rganishlar natijasida fuqarolarning 190 nafari “Temir daftar”, 760 nafari “Ayollar daftari” va 2112 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

Ehtiyojmand ushbu oilalarning mehnatga layotqatli ishsiz a’zolarining bandligi va daromad manbani ta’minlash maqsadida tumandagi “Quduqsoy” mahallasida zamonaviy issiqxonalar kompleksi tashkil etilmoqda.

Bugun, 31 yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.Mamatov, viloyat prokurori S.Turdiev, Xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmurodov bilan birgalikda ushbu mahallada bo‘lib, issiqxonalar kompleksi loyihasi bilan tanishdi.

 

 

 

Zamonaviy issiqxona kompleksini tashkil etish uchun 20 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, joriy yilda 300 nafar, 2022 yilda yana 300 nafar fuqaroning har biriga 3 sotixli – jami 600 ta issiqxona qurib beriladi.

 

Bu issiqxonalarda “Quduqsoy”, “Saroy” va “Navro‘z” mahallalari fuqarolariga oila a’zolari bilan birgalikda pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri kabi  mahsulotlar yetishtirib, yaxshigina hosil olish, daromad topish imkoni yaratiladi.

2021 yil birinchi bosqichda amalga oshiriladigan loyiha qiymati 8 milliard so‘m bo‘lib, uning 2,2 milliardi subsidiya, 5,8 milliardi bank krediti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

 

 

 

 

Viloyat hokimi T.Bobolov zamonaviy issiqxonalar kompleksi quriladigan “Quduqsoy” hamda unga qo‘shni “Saroy” va “Navro‘z” mahallalari fuqarolari bilan ham uchrashdi. Tumanda aholi bandligin ta’minlash, munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida boshlangan kenga ko‘lamli bunyodkorlik ishlari haqida so‘z yuritdi. Fuqarolarning muammolari va takliflarini tinglab, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar yukladi.

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.