To‘ra Bobolov hududdagi aniq holatni o‘rganish maqsadida Sariosiyoning “Kelajak sari” mahallasida bo‘ldi

Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.Mamatov, viloyat prokurori S.Turdiev bilan birgalikda Sariosiyo tumanidagi sharoiti og‘ir hududlardan biri bo‘lgan “Kelajak sari” mahallasida aholi murojaatlarini tingladi.

Mahallada 5625 nafar aholi istiqomat qiladi. O‘rganishlar natijasida fuqarolarning 19 nafari “Temir daftar”, 15 nafari “Ayollar daftari” va 103 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Uchrashuv chog‘ida ehtiyojmand fuqarolarning bandligi ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash, sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, yaroqsiz yog‘och ustunlarni temir-beton ustunlarga almashtirish va boshqa masalalar bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.

Har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashib, yo‘llarni toshlashga shu kunning o‘zida kirishish, qolgan muammolarni 1 oy muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.