Termizda yana bir zamonaviy xususiy klinika o‘z faoliyatini boshladi

So‘nggi yillarda mamlakatimiz tibbiyot tizimida xususiy sektor ulushini oshirish, uning huquqiy mexanizmlarini yaratish, ularga keng imtiyozlar taqdim etilayotgani natijasida bu yo‘nalishdagi shifoxonalar soni oshib bormoqda.

Ana shunday e’tibor samarasida bugun Termiz shahrida foydalanishga topshirilgan “AVITSENNA IMPULS” xususiy klinikasini qurish, jihozlash ishlariga 6,5 milliard so‘mdan ortiq miqdorda investitsiya kiritildi. Bu yerda 25 ta yangi ish o‘rni yaratilib, statsionar sharoitda davolanish uchun 40ta o‘rin tashkil etildi.

Ushbu tibbiyot muassasasida qon aylanish va nafas tizimi, moddalar almashinuvi buzilishi, ovqat hazm qilish organlari va endokrin kasalliklarni eng yuksak texnologiyalar vositasida davolash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Klinikaning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tibbiyot muassasalari va keng jaoatchilik vakillari ishtirok etib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.