Bugun viloyatimizga tashrif buyurgan Tatariston delegatsiyasi uchun madaniy tadbir tashkil etildi. Vohamizga xos milliy kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov amaliy tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv “Termiz xalqaro savdo markazi”da o‘tkazildi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar, savdo kompleksi va xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Sherobod tumaniga tashrif buyurdi.
Voha aholisining to‘rtdan bir qismi istiqomat qiladigan Denov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2023 yil 16-17 noyabr kunlari viloyatimizga tashrifida respublikamizda birinchi marta “Surxondaryo tajribasi” sifatida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi.
Jarqo‘rg‘on tumani viloyatda iqtisodiy salohiyati, sanoat korxonalari hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan oldingi qatorlarda turishi bilan birga aholisi tomorqadan samarali foydalanish borasida ham yaxshi tajribaga ega.
Bugun kunning ikkinchi yarmida viloyat rahbari Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurib, bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, issiqxonalar, kichik va erkin iqtisodiy zonalardagi loyihalar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlarining borishi, shuningdek, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.
Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Oripov Anvar Hamidovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga Rajabov Sherzod Abdimuratovich tayinlandi.
Surxondaryo viloyatida eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun, 4 mart kuni Germaniya, Avstriya, Xitoy, Koreya, Hindiston, Rossiya, Belorusiya, Afg‘oniston va Tojikiston singari hamkor davlatlarning viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 70 nafardan ortiq ishbilarmon doira vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.