Tatariston rahbari Rustam Minnixanov rahbarligidagi mehmonlar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumani “Bahor” mahallasida tashkil etilgan eksport logistika markazi faoliyati hamda ushbu mahallada aholi tomorqalari va xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar bilan tanishishdi.
Termiz tumanida joylashgan “Mehmonlar uyi” kompleksida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov ishtirokida delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov “Termiz xalqaro savdo markazi”ga tashrif buyurdi.
Martalabali mehmonni Termiz xalqaro aeroportida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi rasmiylar kutib oldi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘zaro tashriflardagi taklifiga binoan Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan bugun viloyatimizga keladi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasi dasturiga muvofiq qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilab berilgan vazifalar ijrosi hamda yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumanlarida bo‘ldi.
O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini nafaqat qo‘shnichilik aloqalari, balki o‘xshash madaniyat, urf-odat va an’analar bir-biriga mustahkam bog‘lab turadi. Shu boisdan bayramlarimiz, to‘y-tomoshalarimiz ikki qo‘shni davlat mehmonlarisiz o‘tmaydi.
Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish maqsadida Surxondaryo viloyatining Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Termiz va Sariosiyo tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilmoqda.
Surxondaryo viloyatida eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun, 4 mart kuni Germaniya, Avstriya, Xitoy, Koreya, Hindiston, Rossiya, Belorusiya, Afg‘oniston va Tojikiston singari hamkor davlatlarning viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 70 nafardan ortiq ishbilarmon doira vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.