AFG‘ONISTONNING JAUZJON VILOYATI DELEGATSIYASI BILAN UChRASHUV
AFG‘ONISTONNING JAUZJON VILOYATI DELEGATSIYASI BILAN UChRASHUV Bugun viloyat hokimligida Afg‘onistonning Jauzjon viloyati hokimi Lutfullo Aziziy boshchiligidagi bir guruh tadbirkorlardan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikka keng yo‘l ochilgani Surxondaryo hamda Jauzjon viloyatlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarini yo‘lga qo‘yishga zamin yaratayotgani ta’kidlandi. Viloyatimizning iqtisodiy va eksport salohiyati, investitsiyaviy muhit, sarmoya jalb etish bo‘yicha puxta va ishonchli strategiyasi haqida ma’lumotlar berildi. O‘z navbatida qo‘shni mamlakat delegatsiyasi a’zolari Surxondaryoda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar hamda investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart sharoitlar va imtiyozlarni yuqori baholab, “Termiz kargo” xalqaro intermodal logistika markazi hamda chegaradosh mamlakatlar, xususan Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan samarali savdo va transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatiga katta qiziqish bildirishdi. Uchrashuv yakunida barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
AFG‘ONISTONNING JAUZJON VILOYATI DELEGATSIYASI BILAN UChRASHUV

Muallif:
Matbuot xizmati
16
noya
0
DENOVGA YANGI HOKIM TAYINLANDI
Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida Ibatov Baxtiyor Kenjayevich tuman hokimi etib tasdiqlandi. Baxtiyor Ibatov yangi lavozimga Denov tumanini 2017 yilning oktyabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovichning o‘rniga tayinlandi.Ulug‘bek Qosimov joriy yilning 8 noyabridan Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida ish boshladi. Baxtiyor Ibatov 2016 yil dekabridan buyon Angor tumanini boshqarib kelayotgan edi. U bundan avval Qiziriq tumani hokimi, shuningdek, prokuratura tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan . Avval xabar qilganimizdek, Angor tumaniga joriy yilning 10 noyabridan viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Turapov Usmon Yangibayevich hokim vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining navbatdan tashqari 48-sessiyasida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘ribosari T.Bobolov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
DENOVGA YANGI HOKIM TAYINLANDI

Muallif:
Matbuot xizmati
10
noya
+5
XALQ DEPUTATLARI ANGOR TUMANI KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda tumanni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Ibatov Baxtiyor Kenjayevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Angor tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Turapov Usmon Yangibayevich Angor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. Sessiyada so‘zga chiqqanlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish borasida tuman faollari oldida turgan dolzarb vazifalar aniq ko‘rsatib berilgani, ana shu amaliy ko‘rsatmalar asosida ishni to‘g‘ri tashkil etib, hamjihatlik bilan mehnat qilish va ko‘zlangan marralarga erishish zarurligini alohida ta’kidladilar. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari ham qatnashdi.
XALQ DEPUTATLARI ANGOR TUMANI KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Muallif:
Matbuot xizmati
10
noya
+3
TERMIZDA AFG‘ONISTONNING BOSH KONSULXONASI OCHILDI
Bugun Termiz shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Bosh konsulligi ish boshladi. Shu munosabat bilan dastlab Surxondaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi Bahodir Po‘latov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nosir Ahmad Andesha boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sayyid Shahobiddin Temuriy, O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi bosh konsuli Mirodil Abdurazzoqov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TERMIZDA AFG‘ONISTONNING BOSH KONSULXONASI OCHILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
17
okt
+3
XODIMLAR SHAXSIY SIFAT VA QOBILIYATLARI BILAN BARCHAGA O‘RNAK BO‘LSIN
Bugun viloyat hokimligida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining kasb etikasi qoidalariga qat’iy rioya etish, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarish majburiyati, davlat xizmatida suiste’molliklarning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari apparat xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda idoraviy Odob-axloq qoidalariga muvofiq, xodimlarga o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish, nojo‘ya xulq-atvordan o‘zini tiyish, mansab vakolatini suiste’mol qilishga va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatlari yuklatilgan bo‘lsada, ba’zi xodimlar tomonidan ushbu majburiyatlarga rioya etmaslik holatlari kuzatilayotganligi tanqid qilindi. Ta’kidlanganidek, xodimlar tomonidan xizmat vazifasini bajarishda fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olmaslik, ularni mensimaslik, dabdababozlik, murojaatlar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor bermaslik, yer ajratish bilan bog‘liq suiste’molchiliklar, xizmat mavqeidan boshqa tashkilotlar faoliyatiga noqonuniy ta’sir ko‘rsatish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yish kabi salbiy holatlar davlat organining nufuziga zarar yetkazishga sabab bo‘ladigan vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Ushbuni inobatga olib, yig‘ilishda ijro etuvchi hokimiyat organlari barcha xodimlarining kasb etikasi va estetik madaniyatiga rioya qilish mas’uliyatini yanada oshirish, mehnat intizomini ta’minlash, mas’ul lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarga talablarni kuchaytirish, mansab vakolatini suiste’mol qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
XODIMLAR SHAXSIY SIFAT VA QOBILIYATLARI BILAN BARCHAGA O‘RNAK BO‘LSIN

Muallif:
Matbuot xizmati
14
sen
+6
BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA SENAT A’ZOSI SAYLANDI
Bugun Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  Qo‘shma majlisda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zoligiga bo‘sh bo‘lgan o‘ringa viloyatdan vakil saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.  Shu munosabat bilan Ishchi rayosati, Oqsoqollar kengashi, Sanoq komissiyasi tarkibi saylandi. Oqsoqollar kengashi Oliy Majlis Senati a’zoligiga nomzod tavsiya etdi. Deputatlar nomzod haqida o‘z munosabatlarini bildirishdi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati, Termiz davlat universiteti rektori Toshqulov Abduqodir Hamidovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.
BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA SENAT A’ZOSI SAYLANDI

Muallif:
Matbuot xizmati
05
sen
+3
TOJIKISTON PREZIDENTI TOSHKENTGA KELDI
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   taklifiga   binoan   Tojikiston   Respublikasi   Prezidenti   Emomali   Rahmon  17  avgust   kuni   davlat   tashrifi   bilan   mamlakatimizga   keldi .  Islom   Karimov   nomidagi   Toshkent   xalqaro   aeroportida   oliy   martabali   mehmonni   davlatimiz ra hbari  Shavkat   Mirziyoyev   kutib   oldi .  Emomali   Rahmon   Mustaqillik  maydoniga   tashrif   buyurib ,  Mustaqillik   va   ezgulik   monumenti   poyiga   gul   qo‘ydi .
TOJIKISTON PREZIDENTI TOSHKENTGA KELDI

Muallif:
Matbuot xizmati
17
avg
+5
O‘ZBEKISTON VA TOJIKISTON STRATEGIK SHERIK DAVLATLARGA AYLANDI
Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Prezidentlar O‘zbekiston va Tojikiston – strategik sherik davlatlar haqidagi shartnomani imzoladi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomada uzoq muddatli va barqaror sheriklik munosabatlari o‘rnatish maqsadi, o‘zaro hamkorlikning strategik yo‘nalishlari belgilangan. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini ham imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. Shuningdek, sanoat, standartlash va sertifikatlash, chegaradan o‘tkazish, ta’lim hujjatlarini tan olish, geodeziya va geologiya, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir 27 ta hujjat imzolandi. Jumladan, Surxondaryo viloyati bilan Xatlon viloyati, Samarqand viloyati bilan So‘g‘d viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik to‘g‘risida bitimlar qabul qilindi. Davlat rahbarlari bo‘lib o‘tgan muzokaralar va erishilgan kelishuvlardan mamnunligini, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ular orasida alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. “O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlaridagi katta o‘zgarishlar haqida ko‘p gapirish mumkin. Lekin eng muhim yutuq – amaliy ishlarimiz millionlab odamlarga naf keltirayotgani, ularning qalbida iliqlik uyg‘otayotganidir. Biz bundan buyon ham xalqlarimiz do‘stligining buzilmas ko‘prigini har tomonlama mustahkamlashga harakat qilamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev. Tojikiston Prezidentining davlat tashrifi davom etmoqda.
O‘ZBEKISTON VA TOJIKISTON STRATEGIK SHERIK DAVLATLARGA AYLANDI

Muallif:
Matbuot xizmati
17
avg
+3

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK