» Bo`sh ish o`rinlari
Murojaat yo`llash

Bo`sh ish o`rinlari


 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bo`sh ish o`rinlari bo`limi

  
TUMANLAR BO'YICHA BO'SH ISH O'RINLARI 

1. Termiz shahar
2. Angor tumani
3. Boysun tumani
4. Muzrabot tumani
5. Denov tumani
6. Jarqo'rg'on tumani
7. Oltinsoy tumani
8. Qumqo'rg'on tumani
9. Qiziriq tumani
10. Sariosiyo tumani
11. Termiz tumani
12. Uzun tumani
13. Sherobod tumani
14. Sho'rchi tumani
 
MEHNAT SHARTNOMASI

      Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo‘lib hisoblanadilar. Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Xodim o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida, basharti bu qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomalari tuzishi mumkin. Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi: - ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi)? - xodimning mehnat vazifasi — mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim? - ishning boshlanish kuni? - mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati? - mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari. Mehnat shartnomasini tuzish paytida xodimlarning qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas. Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Mehnat shartnomasining shakli O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shartnomani hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi. Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko‘rsatiladi. Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanib, imzolangan muddati qayd etib qo‘yiladi. Mansabdor shaxsning imzosi imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini ta’kidlash tariqasida korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Mehnat shartnomalari:
  1) nomuayyan muddatga
  2) besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga
  3) muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin. Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab qayta tuzilishi mumkin emas. Muddatli mehnat shartnomalari: - bajarilajak ishning xususiyati, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo‘lmagan hollarda - korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan? - qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda tuzilishi mumkin. Qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi u imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Xodim shartnomada belgilab qo‘yilgan kundan boshlab o‘zining mehnat vazifalarini bajarishga kirishmog‘i lozim. Agar mehnat shartnomasida ishning boshlanish kuni haqida shartlashilmagan bo‘lsa, xodim mehnat shartnomasi imzolangan ish kunining (smenaning) ertasidan kechikmay ishga tushmog‘i lozim. Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin: 
  1) taraflarning kelishuviga ko‘ra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin
  2) taraflardan birining tashabbusi bilan
  3) muddatning tugashi bilan 
  4) taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra 
 5) mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra. Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek qonunda yo‘l qo‘yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin.
 6) yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo‘yicha o‘tmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan.

http://ish.mehnat.uz

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK