HARBIY QISMDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Termiz shahridagi harbiy qismlardan birida 12-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi va harbiy qism hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma’nan barkamol, harbiy-vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.  Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ochiq eshiklar kunida dastlab yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.  – Menda ayniqsa, avtomat, snayper, granatomyot kabi qurollar, harbiy muhandislik anjom-aslahalari katta qiziqish uyg‘otdi, – deydi 12–Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi B.Mamayev. – Ularni o‘z qo‘llarim bilan ushlab ko‘rdim. Kelajakda harbiy bo‘lishni ko‘nglimga tukkanman. Bu tadbir sohaga qiziqish va intilishimni, Vatan himoyachisi bo‘lishdek sharafli kasbga mehrimni yanada oshirdi. Tadbir doirasida o‘g‘il-qizlar harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda navqiron avlodga harbiy qism yoshlari erishayotgan yutuqlar xususida atroflicha ma’lumot berildi.  Harbiy qism askarlari turli tanlov va sport musobaqalarida faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallamoqda. Jumladan, harbiy qism jamoasi “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining okrug bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ham harbiy qism askarlari g‘olib bo‘ldi. Sport musobaqalarida erishilayotgan yutuqlar ham e’tiborga sazovor. Ayni paytda harbiy qism o‘g‘lonlari sportning boks, qo‘l jangi va regbi turlari bo‘yicha mamlakat ochiq chempionatida ishtirok etishga puxta hozirlik ko‘rayotir.  Muddatli harbiy xizmat burchini o‘tayotgan askarlar yotoqxonasida yaratilgan sharoitlar, kompyuter va fotoelektron trenajyor-o‘quv xonalari, kutubxona, elektron kutubxona, oshxona va sport majmuasi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.  – Harbiy libos kiyishni orzu qilaman, – deydi 12–Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Zabarjad Bahromova. – Bu yerdagi sharoitlar bilan tanishib, o‘zimga munosib kasb tanlayotganimga yana bir bor ishonch hosil qildim. Fotoelektron trenajor o‘quv xonasidagi
HARBIY QISMDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Muallif:
Matbuot xizmati
08
avg
0
SURXONDARYOLIK FERMERLAR BILAN UCHRASHUV
2018 yilning 4-5 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev va Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov Muzrabot, Sherobod, Jarqo‘rg‘on hamda Denov tumanlarida viloyatimizning ilg‘or fermerlari, sektorlar va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi. Tadbirlarda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, oqsoqollar, h ududlardagi sektorlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, fermerlar ishtirok etdi. Uchrashuvlarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida 31 iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomorqasidan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Bu yil viloyatda 3 ming 48 fermer xo‘jaligi 78 ming 500 gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarishlamoqda. Ayni paytda paxtadan mo‘l hosil yetishtirish uchun vohada tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ob-havo me’yoridan issiq kelayotgani bois sharbat usulida tungi sug‘orish, kultivatsiya, g‘o‘zani chilpish va boshqa dala yumushlarini sifatli tashkil etishga etibor qaratilmoqda. Biroq, ayrim hududlarda g‘o‘za parvarishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda, ayrim sektor rahbarlari mas’uliyatni chuqur his etmayotir. G‘o‘za parvarishi uchun zarbdor pallada bu boradagi ishlarni sifatli bajarish hosilga hosil qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uchrashuvlarda shular haqida fikr almashilib, galdagi vazifalar belgilab olindi. Tadbirlarda bir guruh fermerlar, hududlardagi fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar rahbarlariga Prezidentimiz nomidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
SURXONDARYOLIK FERMERLAR BILAN UCHRASHUV

Muallif:
Matbuot xizmati
06
avg
0
XITOY SAFARI YAKUNLARI
Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov rahbarligidagi delegatsiya a’zolarining joriy yil 31 iyul – 3 avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga uyushtirgan amaliy safari samarali kechdi.
XITOY SAFARI YAKUNLARI

Muallif:
Matbuot xizmati
05
avg
+8
ER YIGITGA EL DUOSI QANOT
Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va xolisona hal etishga xizmat qilmoqda. Murojaat etayotgan fuqarolarning ariza va shikoyati belgilangan tartibda xolislik tamoyillari asosida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilayotganidan aholi mamnun.  Bunda esa, tabiiyki, ushbu qabulxona mudiri vazifasida ishlab kelgan Baxtiyor Jamolovning hissasi katta. 1,5 yildan oshiqroq vaqt mobaynida ushbu vazifada samarali faoliyat ko‘rsatib kelgan B.Jamolov davlatimiz rahbarining tegishli farmoyishiga muvofiq, 2018 yilning 1 avgustidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan bugun viloyat hokimligida o‘tkazilgan xayrlashuv chog‘ida  B.Jamolovning Prezidentimiz tashabbusi bilan viloyatimizda tashkil etilgan Xalq qabulxonasida aholi bilan bevosita muloqot qilishni samarali yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni sifat jihatidan tubdan yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoyalashdagi xizmatlari e’tirof etildi. Surxondaryo viloyati hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirilib, yurtboshimiz tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashda muvaffaqiyatlar tilandi.
ER YIGITGA EL DUOSI QANOT

Muallif:
Matbuot xizmati
05
avg
+2
XITOY SAFARI
Shu kunlarda xizmat safari bilan Xitoyning Sichuan provinsiyasida bo‘lib turgan viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Chendu shahridagi Tongwei Solar (TW SOLAR) Co. Ltd kompaniyasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida quyosh panellari ishlab chiqaruvchi ushbu yirik kompaniyaning qayta tiklanadigan energetika sohasidagi muvaffaqiyatli loyihalari, energiya manbalarini yaratadigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish samaradorligi bilan tanishildi. Kompaniya rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida viloyatimizning muqobil energiya manbalari sohasidagi salohiyati, quyosh energetikasini rivojlantirish, shu jumladan quyosh elektrstansiyalarini bunyod etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Muloqot yakunida quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi.  Eslatib o‘tamiz, viloyat delegatsiyasining Sichuan provinsiyasiga safari davomida hozircha Xitoyning 5 ta yirik sanoat korxonasi bilan 87 million dollarlik shartnomalar imzolandi.
XITOY SAFARI

Muallif:
Matbuot xizmati
02
avg
+3
SURXONDARYO VILOYATI DELEGATSIYASI XITOYDA
Xitoy O‘zbekistonning eng yirik iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlaridan biridir. Sichuan viloyati esa zamonaviy sanoatni rivojlantirish sur’ati bo‘yicha Xitoyda yetakchi o‘rinni egallaydi. Ushbu viloyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yib, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov boshchiligidagi delegatsiya Chendu shahriga jo‘nab ketgandi. Safarning birinchi kuni viloyatimiz hokimi Sichuan viloyati gubernatori In Li hamda Chendu shahri meri Lo Syan bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida hududlararo savdo-iqtisodiy va sayyohlik sohasidagi  munosabatlarni yanada kengaytirish, ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolash masalalari kelishib olindi. Bugun esa viloyat delegatsiyasi hamda Sichuan ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu forumda viloyatimizning iqtisodiy va eksport salohiyati, investitsiyaviy muhit, sarmoya jalb etish bo‘yicha puxta va ishonchli strategiyasi, qulay jo‘g‘rofiy joylashuvi haqida ma’lumotlar berildi. O‘z navbatida xitoylik ishbilarmonlar Surxondaryoda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar hamda investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart sharoitlar va imtiyozlarni yuqori baholab, o‘zaro manfaatli va istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishga katta qiziqish bildirishdi. Forum yakunida sanoat va qurilish mahsulotlari, energiya tejovchi texnologiyalar, elektronika, tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator investitsiyaviy shartnomalar imzolandi. Joriy yilning 3 avgustiga qadar davom etadigan safar davomida Sichuan viloyatidagi yirik sanoat korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.
SURXONDARYO VILOYATI DELEGATSIYASI XITOYDA

Muallif:
Matbuot xizmati
01
avg
+2
BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning  kichik biznes va xususiy tadbirkorlik  bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida  Termiz shahridagi Bobur nomli istirohat bog‘ida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi. “Yoshlar - kelajagimiz” shiori ostida viloyat hokimligi, prokuraturasi,ichki ishlar boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda boshqa aloqador tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Termiz shahri va tumanlarda joylashgan 1900 dan ziyod  korxona va tashkilot o‘zlaridagi  6100 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.  Viloyatimizning barcha hududlaridan 800 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan ushbu tadbirda bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat qonunchiligi, ijtimoiy muhofaza, tadbirkorlikka yo‘naltirilgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.  Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari T.Bobolov, viloyat prokurori O‘.Saidov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI

Muallif:
Matbuot xizmati
30
iyul
+4
SAYYOR QABUL
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini oshirish, odamlarni bugungi kunidan rozi qilishda davlat boshqaruvi idoralarining xalq ichiga kirib borishi, barcha darajadagi mutasaddilarning aholi dardini eshitishi, quvonchu tashvishiga sherik bo‘lishi g‘oyat muhim sanaladi. Shundan kelib chiqqan holda, aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lish, uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida bugun Uzun tumanining olis Bobotog‘ hududida joylashgan “Oqmachit” qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 13 ming 800 nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan hududdagi “Oqmachit”, “Tolto‘g‘ay”, “Bobotog‘” va “Yangi obod” mahallalari aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi. Fuqarolarning murojaatlari, masalalarini ko‘rib chiqish va hal etish uchun viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar hamda 100 dan ziyod idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi. Muloqot jarayonida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kredit mablag‘lari ajratish, gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ta’lim va tibbiyot singari dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.  Fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar qo‘yildi hamda viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
SAYYOR QABUL

Muallif:
Matbuot xizmati
29
iyul
-1
QIZIRIQ TUMANIGA YANGI HOKIM TAYINLANDI
Qiziriqda Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Norqobilov Alisher Mingqobilovich Qiziriq tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Shu kunga qadar viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muhammadiyev Olim Boboqulovich Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlandi. Sessiyada so‘zga chiqqanlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish yo‘lida hamjihatlik bilan mehnat qilib, ko‘zlangan marralarga erishish zarurligini alohida ta’kidladilar.
QIZIRIQ TUMANIGA YANGI HOKIM TAYINLANDI

Muallif:
Matbuot xizmati
28
iyul
+2
SURXONDARYO BAXSHI-SHOIR, OQIN VA JIROVLARNI IJODIY BELLASHUVGA CHORLAYDI
Joriy yilning 28-29 iyul kunlari Oltinsoy tumanining so‘lim Vaxshivor qishlog‘ida Surxondaryo viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida “Baxshi-shoir, oqin va jirovlarning” Respublika festivali bo‘lib o‘tadi. Festivalni o‘tkazishdan maqsad xalqimizning nomoddiy meroslaridan bo‘lgan baxshichilik va dostonchilik san’ati ijrochiligini rivojlantirish, yurtimizning munosib vorislari bo‘lgan yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat olib borayotgan baxshi-shoirlar, oqinlar, jirovlar va xalfalarning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishish, shuningdek baxshichilik san’atini keng targ‘ib etishdan iboratdir. Festivalda Shoberdi Boltayev, Abdunazar Poyonov singari 30 dan ortiq surxondaryolik, shuningdek, respublikamizning turli viloyatlaridan taklif etilgan mohir baxshi-shoir, oqin va jirovlar kuylanayotgan asarlarning janr xususiyati, matn va ohang uyg‘unligi, ijro mahorati va sahnada o‘zini tutish madaniyati, so‘z o‘yinlari, maqol va xalq iboralaridan unumli foydalanish, improvizatsiya qobiliyati kabi mezonlar bo‘yicha ijodiy bellashadilar. Bellashuvda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan ishtirokchilar hamkor tashkilotlarning diplom va faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Siz ham ushbu festivalga tashrif buyuring, undan oladigan taassurotlaringiz arzirli va ko‘ngilga xush yoquvchi bo‘lajak!
SURXONDARYO BAXSHI-SHOIR, OQIN VA JIROVLARNI IJODIY BELLASHUVGA CHORLAYDI

Muallif:
Matbuot xizmati
27
iyul
+2
VILOYAT HOKIMI O‘RINBOSARI LAVOZIMIGA YANGI TAYINLOV
Bugun viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi. Ushbu vazifada ishlab kelayotgan Muhammadiyev Olim Boboqulovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Axunov Ulug‘bek Abdumutalovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
VILOYAT HOKIMI O‘RINBOSARI LAVOZIMIGA YANGI TAYINLOV

Muallif:
Matbuot xizmati
27
iyul
+1

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK