SURXONDARYO VILOYATI TELERADIOKOMPANIYASI "YANGI ASR" RADIOSI 15 YOSHDA!
Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida “Yangi asr” radiosi tashkil etilganining 15 yilligi nishonlandi. Bu haqda Turon24 axborot agentligi muxbiri viloyat hokimligi matbuot xizmatiga xabar berdi. Hozirda mazkur radiokanal dasturlarini viloyat aholisi, Afg‘onistonning shimoliy viloyatlari, Tojikistonning g‘arbiy viloyatlari va Turkmanistonning chegaradosh sharqiy hududlari aholisi tinglaydi. Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan anjumanda viloyat hokimi o‘rinbosari Ro‘zimurod Choriyev, faxriy jurnalistlar, yozuvchi va shoirlar, madaniyat va san’at ustalari, OAV xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mazkur kanal FM 102.1 va 101.1 to‘lqinlarida o‘zbek va tojik tillarida 17 soat efir uzatadi. “Radiokanalning texnika bazasi zaruriy uskunalar bilan jihozlangan, – deydi viloyat teleradiokompaniyasi direktori Bahriddin Mingboyev. – Muxbirlar oldiga xalq bilan muloqot qilish, muammolarni ko‘tarib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Ijodiy jamoa tezkor, xolis, haqqoniy axborot yetkazish bo‘yicha hududda o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda”.
SURXONDARYO VILOYATI TELERADIOKOMPANIYASI "YANGI ASR" RADIOSI 15 YOSHDA!

Muallif:
010719977
01
noya
0
QUMQO‘RG‘ONLIK YOSH MATEMATIKLAR TAQDIRLANGANLAR SAFIDA
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan internet – olimpiadada surxondaryolik yigit-qizlar ham muvaffaqiyatli  ishtirok etdi, deb xabar beradi Xalq ta’limi boshqarmasi viloyat hokimligi matbuot xizmatiga. Onlayn tarzda o‘tkaziladigan sinov natijalariga ko‘ra, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 14-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatining 7-sinf o‘quvchisi Mirkamol Payanov hamda   8-sinf o‘quvchilari Husan Xudoyqulov va Ilhom Ziyodullayev II darajali, 9-sinf o‘quvchisi O‘rol Doniyarov I darajali diplomlar bilan taqdirlandilar. Iste’dodli bu yosh matematiklar va ularning o‘qituvchilarininufuzli bilimlar bellashuvida erishgan muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklaymiz.
QUMQO‘RG‘ONLIK YOSH MATEMATIKLAR TAQDIRLANGANLAR SAFIDA

Muallif:
010719977
01
noya
+1
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga tashrif buyuring!
Joriy yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilishi belgilandi. Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha – qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi. Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi. Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi. Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi. “Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 2964 ta bo‘sh yer uchastkalari, 721 mlrd. 933 mln. 105 ming so‘m investitsiya kiritish, 10466 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 8 mlrd. 522 mln.600 ming so‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi. Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 986 ta bo‘sh yer uchastkalari 300 mlrd. 749 mln. so‘m investitsiya kiritish, 4469 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 129 mln 900 ming so‘mga sotildi. Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 1978 ta bo‘sh yer uchastkalari 6 mlrd. 847 mln. 700 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga tashrif buyuring!

Muallif:
010719977
31
okt
+5
TERMIZDA “AQLLI” BEKATLAR SONI 8 TAGA YETDI
Bu yerda innovatsion bekatning galdagi ishga tushirilib, ular soni 8 taga yetkazildi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ning viloyatimizdagi muxbiri xabar berdi. “Aqlli” bekatlarda konditsioner, jamoat transporti harakat jadvalining tablosi, “Fuqaro-tezkor yordam xizmati” favqulodda aloqa axborot paneli, atrof-muhit monitoringi sensori, bepul Wi-fi internet tarmog‘i, video nazorati, USB elektr tarmog‘i nuqtalari, bank to‘lov terminali mavjud. Bu yerda tezkor ma’lumot to‘plash imkoniyatining borligi yo‘nalishdagi transport harakatini rejalashtirishda qo‘l keladi. Ayni chog‘da nafaqat bekat, balki uning atrofida jamoat tartibi yuzasidan tezkor ma’lumot olish imkoniyati ham mavjud. Yana bir qiziq jihati shuki, har bir bekatga quyosh elektr energiyasi paneli o‘rnatilgan bo‘lib, bu ularning yoritgichlari va USB elektr tarmog‘i nuqtalarini avtonom elektr quvvati bilan ta’minlash imkonini beradi. Yaqin kelajakda viloyat markazida bunday “aqlli” bekatlar soni 40 tadan oshishi kutilmoqda.
TERMIZDA “AQLLI” BEKATLAR SONI 8 TAGA YETDI

Muallif:
010719977
29
okt
+2
“TERMIZ CITY” KOMPLEKSINI QURISH BO‘YICHA MEMORANDUM IMZOLANDI
Termiz shahrini obodonlashtirish, uning arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash, aholi va mehmonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Termiz city” majmuasini bunyod etish rejalashtirilayotganligi haqida avval xabar bergan edik. Kecha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov hamda Germaniyaning Latviyada joylashgan “KEMA International Devolopment Ltd” kompaniyasi vakili Normund Kalnensh o‘rtasida ushbu loyiha taklifini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, zamonaviy kompleksni shaharning uchta hududida qurish rejalashtirilgan bo‘lib, 2019 yilning yanvar oyidan Beruniy va Istiqlol ko‘chalari tutashgan 4,2 gektar bo‘sh yer maydonida 1-hudud qurilish ishlari boshlanadi. Bu yerda biznes markaz, mehmonxona, 2 ta 18 qavatli, 1 ta 22 qavatli uy, restoran va boshqa ob’ektlarni bunyod etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu ishlar uchun bosh pudratchi - “KEMA International Devolopment Ltd” kompaniyasi dastlab 240 million dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Bundan tashqari, germaniyalik hamkorlar bilan bir vaqtning o‘zida Sherobod tumanida qiymati 400 million dollar bo‘lgan, yiliga 2,5 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi zavodni bunyod etish ham rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, “Termiz city” kompleksini shaharning 3 ta hududida qurish belgilangan bo‘lib, bu ishlarga mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning yetakchi loyiha institutlari, chet ellik investorlar jalb etilishi ko‘zda tutilgan.
“TERMIZ CITY” KOMPLEKSINI QURISH BO‘YICHA MEMORANDUM IMZOLANDI

Muallif:
010719977
28
okt
+4
NUFUZLI SPORT MUSOBAQALARIDA G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITGAN SPORTCHILARNI TAQDIRLASH MAROSIMI
Surxondaryoda joriy yilning 18 avgust - 2 sentabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo hamda  6-18 oktabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tgan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan samarqandlik sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  Tadbirga viloyatdagi sport federatsiyalari mutasaddilari, murabbiylar, sportchi-yoshlar hamda ularning ota-onalari taklif etildi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.  Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi. Tadbirda O‘zbekiston, Osiyo va jahon arenalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarga pul mukofotlari, murabbiylarga “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ma’lumot uchun, Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida viloyatdan jami 11 nafar sportchi ishtirok etib, ularning 8 nafari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.  Ushbu natija bilan Surxondaryo vakillari  umumjamoa hisobida respublikada 2-o‘rinni egalladi.  Argentinada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida esa mamlakatimiz sportchilari safida munosib ishtirok etgan Termiz shahridagi bolalar-o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Dildora Aliqulova sportning karate ITF yo‘nalishi bo‘yicha bronza medali bilan taqdirlandi. Tadbirda san’at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi namoyish etildi.
NUFUZLI SPORT MUSOBAQALARIDA G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITGAN SPORTCHILARNI TAQDIRLASH MAROSIMI

Muallif:
010719977
27
okt
+5
“TERMIZ CITY” ZAMONAVIY KOMPLEKSINI QURISH TAKLIFI MUHOKAMA ETILDI
Surxondaryo viloyati hokimligida Termiz shahrini obodonlashtirish, uning arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash, aholi va mehmonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Termiz city” majmuasini bunyod etish loyiha taklifi muhokama etildi. Viloyat hokimi Bahodir Po‘latov hamda Germaniyaning “Kema” kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Termiz shahridagi “Arch Design Service” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha taklifiga ko‘ra, “Termiz city” zamonaviy kompleksini shaharning 3 ta - Islom Karimov hamda yangi qurilayotgan Loyihaviy 7-7 ko‘chalari kesishuvidagi 11 gektar, A.Navoiy nomli ko‘cha yoqasida barpo etilayotgan “Yashil dunyo” savdo kompleksi yonidagi 25 gektar, Beruniy va Istiqlol ko‘chalari tutashgan bo‘sh yer maydonidagi 4,2 gektar hududida qurish rejalashtirilgani aytildi. Majmuada biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxona va ofislar, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l-u favvoralar, yer osti avtoturargohlari, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarni bunyod etish ko‘zda tutilgani, bu ishlar uchun bosh pudratchi - Germaniyaning “Kema” kompaniyasi 2 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishi, shuningdek, mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning yetakchi loyiha institutlari, chet ellik investorlar jalb etilishi ta’kidlandi. Ikki yilga mo‘ljallangan ushbu loyiha taklifini o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangandan so‘ng amalga oshirishga kelishib olindi.
“TERMIZ CITY” ZAMONAVIY KOMPLEKSINI QURISH TAKLIFI MUHOKAMA ETILDI

Muallif:
010719977
26
okt
+14
ROSSIYA KOMPANIYASI SURXONDARYODA 472 MLN DOLLARGA ISSIQXONA BARPO QILADI
Rossiyaning eng yirik sabzavot ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan “Eko-kultura” kompaniyasi 2019 yilda Surxondaryoda pomidor ishlab chiqarishga ixtisoslashgan agrokompleksni ishga tushiradi.  Umumiy maydoni 314 gektarni tashkil etadigan issiqxona qurilishi uchun 472 million dollar yo‘naltiriladi.  Bundan tashqari kompaniya 92 million dollarni 1000 gektar bog‘ barpo qilish uchun sarflaydi. Bu yerda yetishtiriladigan mahsulotlarning 40 foizi Rossiya, 60 foizi esa Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi davlatlarga eksport qilinadi.
ROSSIYA KOMPANIYASI SURXONDARYODA 472 MLN DOLLARGA ISSIQXONA BARPO QILADI

Muallif:
010719977
25
okt
+5
SURXONDARYODA YIRIK TO‘QIMACHILIK KORXONASI ISHGA TUSHDI
Bugun Surxondaryo viloyatida mahalliy sharoitda yetishtirilgan sifatli paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yana bir yangi korxona foydalanishga topshirildi. Denov tumanidagi “Shashmoxkashob Tekstil” MChJ yiliga 6 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. 10 million dollardan ortiq qiymatdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinadi. Uning ishga tushirilishi 300 ta ish o‘rni yaratish imkonini berdi. 2019 yilda mazkur korxonani kengaytirish hisobidan yiliga 7 mln. pogonometr trikotaj va to‘quvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha yana 350 yangi o‘rni yaratish ko‘zda tutilmoqda. “Shashmoxkashob Tekstil” MChJning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Bahodir Po‘latov ushbu to‘qimachilik korxonasi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidladi. Ishda fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarning bir guruhiga esdalik sovg‘alari topshirildi. Mehmonlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
SURXONDARYODA YIRIK TO‘QIMACHILIK KORXONASI ISHGA TUSHDI

Muallif:
010719977
24
okt
+6
“TASHABBUS-2018” KO‘RIK-TANLOVI
“TASHABBUS-2018” KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI Bugun Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus–2018” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.  Unda tanlovning joriy yil 6-27 sentabr kunlari o‘tkazilgan shahar va tuman bosqichlarida saralab olingan 65 nafar eng ilg‘or, tajribali, tashabbuskor tadbirkor, fermer va hunarmandlar ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilar o‘z faoliyati haqida ma’lumot berish, ishlab chiqarayotgan mahsulot va xizmatlarini namoyish etish bilan birga, o‘zaro tajriba almashdi. Hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. An’anaga muvofiq, ko‘rik-tanlov ishtirokchilari orasidan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Termiz shahridagi “SURXON KSP-GRAND” MChJ rahbari Dilmurod Aliyev sanoat sohasida,  “Denov-Diyorbek-Trans” MChJ rahbari Mahbuba Mirzayeva xizmat ko‘rsatish sohasida “Eng yaxshi tadbirkor”, “Azim Denov” xususiy korxonasi rahbari Azimjon G‘afforov  “Eng yaxshi yosh tadbirkor”, Denov tumanidagi “Rahmon-Taraqqiyot-Omad” chorvachilik-bo‘rdoqichilik korxonasi rahbari Olimjon Rahmonov “Eng yaxshi fermer”, sho‘rchilik yakka tartibdagi tadbirkor Iqlim Toshboyeva “Eng yaxshi hunarmand” sifatida e’tirof etildi. G‘oliblar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.  Tanlovda bir qator qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.  Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov ishtirok etdi.
“TASHABBUS-2018” KO‘RIK-TANLOVI

Muallif:
010719977
24
okt
+3

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK