Saylovlarda yangicha tartib
( O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasi - muhokamada ) Joriy yil 9 sentabr kuni viloyat hokimligida “O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasining muhokamasi” xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlari deputatlari ishtirokida videoselektor tarzida bo‘lib o‘tdi. 2018 yil 25 avgustdan 5 sentyabrga qadar viloyatning 7 ta tumanida “O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasining muhokamasi” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini qo‘ygan edi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash, davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Unda deputatlar, senatorlar, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, siyosiy partiyalar, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va kotibiyatining mas’ul xodimlari, shuningdek, saylov huquqi sohasidagi tajribali mutaxassislar, ekspertlar, olimlar va amaliyotchilar ishtirok etishdi. O‘tkazilgan davra suhbatlari jarayonida saylov qonunchiligi mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o‘rin tutishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Loyihada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar missiyalarining tavsiyalari ham inobatga olinganligi qayd etib o‘tildi. Saylov kodeksi loyihasida O‘zbekiston Respublikasining saylovlar to‘g‘risidagi amaldagi “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunlarni unifikatsiyalash ko‘zda
Saylovlarda yangicha tartib

Muallif:
Matbuot xizmati
13
sen
+5
SAN’AT BAYRAMIDA SURXONDARYOLIKLARNING FAOL ISHTIROKI ALOHIDA E’TIROF ETILDI
Joriy yilning 6-10 sentabr kunlari Shahrisabz shahrida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk marotaba Xalqaro maqom san’ati anjumani ko‘tarinki ruhda o‘tkazilganligidan xabaringiz bor. Ushbu san’at bayramida Surxondaryo viloyati jamoasi ham faol ishtirok etdi. Xususan, Oqsaroy atrofidagi maydonda vohamizning turmush tarzi, an’ana va urf-odatlarini ifoda etuvchi etnografik shaharcha barpo etildi. Undagi mo‘‘jaz sahnada teatrlashtirilgan tomoshalar, folklor jamoalarining chiqishlari, hunarmandlar ko‘rgazma-yarmarkasiga qo‘yilgan vohaning boy tarixidan darak beruvchi qadimiy so‘zana va liboslar, gilamlar, milliy cholg‘ular, sopol buyumlar namunalari hamda milliy taomlar namoyishi 73 davlatdan kelgan 300 dan ziyod ishtirokchi va mehmonlarga hayrat ulashdi. O‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini targ‘ib etish, uni asrab-avaylash, yosh avlodni mumtoz navolarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘lgan ushbu ushbu anjumanda Surxondaryo viloyati jamoasining faol ishtiroki, uning teatrlashtirilgan tomoshalari, folklor chiqishlari va ko‘rgazma-yarmarkasi yuksak saviyada tashkil etilgani alohida e’tirof etildi. Surxondaryo viloyati hokimligi I-Xalqaro maqom san’ati anjumani tashkiliy qo‘mitasining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
SAN’AT BAYRAMIDA SURXONDARYOLIKLARNING FAOL ISHTIROKI ALOHIDA E’TIROF ETILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
13
sen
+7
TADBIRKORLIK TASHABBUSLARI VA LOYIHALARINI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA BAG‘IShLANDI
Bugun viloyat hokimligida tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirish, investitsiyaviy salohiyatni yanada yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.  Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Hisob palatasi vakillari, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, aloqador tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3939-sonli qarori bilan tasdiqlangan Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha guruhning asosiy vazifalari,  2018 yil 19 iyuldagi 3874-sonli qaroriga asosan, viloyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish va bu ishlarni doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur ijrosi hamda  viloyatning investitsiyaviy salohiyatini yanada yuksaltirish xususida fikr almashishdi.
TADBIRKORLIK TASHABBUSLARI VA LOYIHALARINI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA BAG‘IShLANDI

Muallif:
Matbuot xizmati
13
sen
+7
ISTE’DODLAR KAMOL TOPMOQDA
Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatida o‘qitish jarayoniga ilg‘or metod va usullar, yangi pedagogik texnologiyalarning tatbiq qilinganligi, dars va mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligi o‘g‘il-qizlarning fanlarga qiziqishini oshirmoqda. Pirovardida, ta’lim sifati va samaradorligi yuksalib, ularning nufuzli davlat mukofotlari bilan taqdirlanishiga, turli xalqaro ko‘rik-tanlov hamda intellektual musobaqalarda zafar quchishiga zamin yaratmoqda.  Xususan, 2018 yilning mart oyida maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi Shaymardonova Muxlisa Usmonovna o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgani uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan bo‘lsa, iyul oyida Bolgariyaning Burgas shahrida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada 8-sinf o‘quvchisi Iskandar Bo‘riyevning bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritishi ta’lim muassasasidagi sa’y-harakatlarning amaliy samarasidir. Kuni kecha viloyat hokimligida  video selektr shaklida o‘tkazilgan  “Hokimlik soati” da bu yoshlarning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi.  Ularning o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilanib, viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday e’tiboru e’tirof vohada yana ming-minglab iste’dodning sayqal topishi, mahoratlar charxlanishi, buloqlar ko‘z ochishida muhim ahamiyat kasb etadi.
ISTE’DODLAR KAMOL TOPMOQDA

Muallif:
Matbuot xizmati
12
sen
+7
MUZRABOTDA KUZGI G‘ALLA URUG‘INI EKISH BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Boshoqli don ekinlarining ekish muddatlarini to‘g‘ri belgilash zarur tadbirlardan biri bo‘lib, kelgusi yil hosili taqdirini belgilaydi. Hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda kuzgi bug‘doy urug‘ini ekish ishlarining maqbul muddatlarda o‘tkazilishi urug‘ni bir tekis undirib olish, qishki tinim davriga kirish uchun tayyorgarlik holatining yaxshi o‘tishi, me’yorida qishlash va yuqori hosil berishini ta’minlaydi. Shu munosabat bilan bugun Muzrabot tumanida kuzgi g‘alla urug‘ini ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, aloqador tashkilot, korxona va fermer xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdi. O‘tkazilgan seminarda tumandagi 6000 gektar ochiq maydon, 8000 gektar g‘o‘za qatori orasiga kuzgi bug‘doy ekish agrotexnikasi bo‘yicha tegishli maslahat va tavsiyalar berildi. Seminarda ochiq maydon hamda g‘o‘za qatori orasiga g‘alla ekish ishlari ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.
MUZRABOTDA KUZGI G‘ALLA URUG‘INI EKISH BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Muallif:
Matbuot xizmati
12
sen
+6
“PAXTA TERIMI - 2018” MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
Joriy yilda paxta xomashyosi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, urug‘lik chigit, mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash mahsulotlari o‘z vaqtida dala boshiga yetkazilib berilganligi, suvdan oqilona foydalanilganligi, dehqonu-fermerlarimizning fidokorona mehnatlari evaziga dalalarda mo‘l hosil to‘planishiga erishildi. Galdagi asosiy vazifa fidokorona mehnat hamda katta xarajat evaziga yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etishdan iborat. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan majburiy mehnat sohasida amalga oshirilgan qator huquqiy o‘zgarishlar sababli joriy paxta yig‘im-terimi mavsumi davrida ham majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi. Unda ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolarga esa iqtisodiy manfaatga asoslangan sharoit yaratib berish zarur. Shunga muvofiq, bugun Termiz shahridagi Bobur nomli istirohat bog‘ida “Paxta terimi - 2018” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Unda fuqarolarga terilgan 1 kg. paxta uchun terimchilarga belgilangan rejani bajarganligiga qarab 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha, viloyatning Qiziriq va Muzrabot tumanlarida 950 so‘mdan 1300 so‘mgacha terim pullari berilishi, shuningdek, otryad tomonidan terilgan 80 tonna paxta xom ashyosi uchun otryad rahbarlariga 1 mln. so‘m, 80 tonnadan oshirilgan har tonna uchun 50 ming so‘mdan ish haqi to‘lab borilishi tushuntirildi. Yarmarka yakuniga ko‘ra, paxta yig‘im-terimiga ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan 430 nafar fuqaro Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ro‘yxatga olindi.
“PAXTA TERIMI - 2018” MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
12
sen
+7
EKSPORTYOR KORXONALAR VAKILLARI BILAN MULOQOT
Bugun viloyat hokimligida belgilangan eksport prognoz ko‘rsatkichlarni ta’minlash va eksportni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalliy eksport qiluvchi korxonalar va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mahalliy budjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlashda viloyat eksport salohiyatining mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyati atroflicha tahlil qilindi.  Muloqot davomida eksportyor korxonalarning mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha rejalari, ushbu rejalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi, takliflari tinglandi. Aloqador tashkilotlar va tijorat banklari rahbarlariga ushbu korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish va ularga har tomonlama qulayliklar yaratish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
EKSPORTYOR KORXONALAR VAKILLARI BILAN MULOQOT

Muallif:
Matbuot xizmati
11
sen
+4
O‘RGANISH NATIJALARI, TAHLIL VA NAZORAT
Mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muhitni o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida 10 kun davomida Angor tumanida faoliyat olib borgan Respublika Ishchi guruhi kecha o‘z ishini yakunladi. O‘rganish natijalariga bag‘ishlab, bugun tumanda o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.Ikromov, viloyat va tuman hokimliklari mutasaddilari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, Respublika, viloyat va tuman ishchi guruhlari a’zolari mavjud 36 ta mahalladagi 21 718 ta xonadonning 21 391 tasi (98,5 foiz)da bo‘lishib, ularning muammolarini o‘rganishdi. Uyma-uy yurish natijasida aholi tomonidan turli yo‘nalishlarda jami 7085 ta masala ko‘tarildi. Ushbu masalalarning 1930 tasi o‘rganish davomida joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlarini ijobiy hal etilish bo‘yicha aniq manbalari va ijrochilari belgilangan yo‘l xaritasi shakllantirilmoqda. Fuqarolardan tushgan murojaatlar asosan gaz, elektr energiya va toza ichmlik suvi bilan ta’minlash, umumfoydalanish va ichki yo‘llarni ta’mirlash, sog‘liqni saqlash, bank kreditini ajratish, ishga joylashish masalalariga oid bo‘lib, aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mutasaddilarning   hisobotlari tinglandi.  O‘rganish davomida tumanga 300 dona maishiy gaz balonlari keltirilib, 150 tasi tarqatilganligi, 4 dona yangi transformator va 40 dona temir-beton tayanch o‘rnatilganligi, 4 ta ichimlik suvi qudug‘i va minorasi ishga tushirilib, 150 m suv quvurlari tortilishi natijasida 467 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi va boshqa bir qator bajarilgan ishlar e’tirof etildi. Yig‘ilishda aniqlangan kamchilik va muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
O‘RGANISH NATIJALARI, TAHLIL VA NAZORAT

Muallif:
Matbuot xizmati
11
sen
+2
“DUSHANBE-TERMIZ” XALQARO AVTOBUSINING ILK YO‘LOVCHILARI TERMIZGA KELDI
      Joriy yilning 8 centabrdan boshlab “Termiz-Dushanbe” hamda “Denov-Dushanbe” yo‘nalishlarida xalqaro avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi haqida avval xabar bergan edik. Bugun esa Tojikistonning Dushanbe shahridan yo‘lga chiqqan xalqaro avtobus dastlab Sariosiyo tumanining “Chumchuqlijar” chegara-nazorat punktida tantanali ravishda kutib olindi. Mazkur chegara-nazorat punktida yaratilgan qulay sharoitlar “Dushanbe-Termiz” xalqaro avtobusining birinchi yo‘lovchilari bo‘lgan 28 nafar delegatsiya a’zolarini quvontirdi.
“DUSHANBE-TERMIZ” XALQARO AVTOBUSINING ILK YO‘LOVCHILARI TERMIZGA KELDI

Muallif:
Matbuot xizmati
11
sen
+5
ZAMONAVIY UY-JOY QURILISHI KO‘LAMINI KENGAYTIRISH MAQSADIDA
Viloyatimiz shahar va qishloqlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi uy-joylar qurish hisobiga aholining hayot darajasi va sifatini oshirish, hududlarda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun viloyat hokimligida Afg‘onistonning “Inigue Builders construction company” MChJ ta’sischilari  Ahmad Jovid Sultoniy, Aminulloh Anvariy va Abduljabbor Abdulg‘affor bilan o‘tkazilgan muloqotda ham arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish masalasi muhokama etildi. Unda Termiz shahrining 4-kichik dahasida zamonaviy qurilish materiallari asosida ko‘p qavvatli uy-joylar kompleksini bunyod etishga kirishish, uning rejasida maktabgacha ta’lim muassasasi, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, sport maydonchalari va muhandislik tarmoqlari, hovli qismida bolalar maydoni, uy egalari dam olishlari uchun sharoitlarni e’tiborga olish borasida so‘z yuritildi.
ZAMONAVIY UY-JOY QURILISHI KO‘LAMINI KENGAYTIRISH MAQSADIDA

Muallif:
Matbuot xizmati
11
sen
+2
ULUG‘LAR DUOSI – EL MUDDAOSI
Odatda biror ishni boshlashdan avval ota-onamizning, yoshi ulug‘ insonlarning maslahat va duolarini olamiz. Zero, maslahatli to‘y tarqamaydi, nuroniy otaxonu onaxonlarning duosi bilan boshlangan ish esa xayrli bo‘ladi. Bugun Termiz tumanidagi Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohida ham shunday bo‘ldi. Dehqonu-fermerlarimizning fidokorona mehnatlari evaziga viloyatimiz dalalarida yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib-terib olish ishlarini boshlashdan avval yoshi ulug‘ insonlar, voha faollari uchun dasturxon yozilib, osh tarqatildi. Nuroniylar fidokorona mehnat evaziga yetishtirilgan paxta hosilini yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan yuqori sifatda yig‘ib-terib olishda kuch-quvvat, xirmonlarimizning barakali, xalqimiz nasibasi ziyoda bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.
ULUG‘LAR DUOSI – EL MUDDAOSI

Muallif:
Matbuot xizmati
10
sen
+3
ANGORDA MINERAL O‘G‘IT ISHLAB CHIQARADIGAN YIRIK KORXONA TASHKIL ETILADI
Tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda mineral o‘g‘itlarning ahamiyati katta. “Naturein Co.LTD” Janubiy Koreya Respublikasidagi mineral o‘g‘it ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniyalardan biridir. Viloyat hokimligida ushbu kompaniya vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyatimizning Angor tumanida umumiy loyiha qiymati 18 mln. dollarga teng bo‘lgan mineral o‘g‘it ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rnatish, korxona foydalanishga topshirilgach qator yangi ish o‘rni yaratish masalalari kelishib olindi.
ANGORDA MINERAL O‘G‘IT ISHLAB CHIQARADIGAN YIRIK KORXONA TASHKIL ETILADI

Muallif:
Matbuot xizmati
10
sen
+4

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK