SURXONDARYO VILOYATIDA OLIY TA’LIM
Termiz davlat universiteti 👉  1954 yilda tashkil topgan va 1992 yilda universitet maqomi berilgan Termiz davlat universitetida  2018/2019 o‘quv yilida 43 bakalavriat va 18 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.  👉  Bugungi kunda oliygohda 12 ta fakultet, 39 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib, jami 11000 nafarga yaqin talaba, jumladan, ularning 8500  nafardan ortig‘i kunduzgi, 1000 nafardan ortig‘i maxsus sirtqi, 300 nafardan ortig‘i sirtqi, 160 nafari magistratura bo‘limlarida, 1000 dan ortig‘i ikkinchi oliy ta’lim shakli asosida tahsil olmoqda Talabalarga 12 nafar fan doktori, professor, 120 nafardan ortiq fan nomzodi, dotsent, 450 nafardan ortiq katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda.  👉  Universitetda talabalarning tahsil olishi uchun 9 ta o‘quv binosi, 4 ta talabalar turar joyi, shuningdek, qurilishi, jihozlanishi va adabiyot fondi bo‘yicha Respublikada yetakchi bo‘lgan, bir paytning o‘zida 365 nafar talabaga xizmat qila oladigan Axborot resurs markazi, ochiq va yopiq sport majmualari mavjud.  👉  Universitet jamoasi 2017/2018 o‘quv yilida ilmiy, o‘quv, ma’aviy-ma’rifiy va sport sohasida qator yutuqlarni qo‘lga kiritib, Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi reytingda 57 o‘rnidan 17 o‘ringa ko‘tarilishga erishdi.  👉  Universitetda jahonning yirik oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Chikago universiteti Sharqshunoslik instituti, Fransiya Fanlar Akademiyasi SNRS-UMR (ilmiy-tadqiqot) markazi, Germaniyaning Gissen universiteti, Buyuk Britaniyaning Rittl universiteti, Chexiyaning Karlova universiteti, Yaponiyaning Risshio universiteti, Soko universiteti, Rossiya Fanlar Akademiyasining Arxeologiya instituti va shu kabi qator universitetlar bilan ilmiy va o‘quv sohada keng hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan.  👉  O‘z tuzilmasida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi, Akademik litsey va Denov filiali bo‘lgan Termiz davlat universiteti bugun dunyoga tobora yuz tutmoqda.
SURXONDARYO VILOYATIDA OLIY TA’LIM

Muallif:
Matbuot xizmati
01
okt
0
Viloyatda ta'lim sohasi
SURXONDARYO VILOYATIDA MAKTABGACHA TA’LIM 👉  Viloyatda hozirda 333 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ularning 328 tasi davlat, 5 tasi davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridir.  35 454 nafar bolani qamrab olgan ushbu muassasalarda jami 3123 nafar pedagog mehnat qilmoqda. 👉  2018 yilda 17380 o‘ringa mo‘ljallangan 242 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. Ularning 158 tasi (12 570 o‘rinli) ajratilgan yer maydonlarida, 84 tasiga (4810 o‘rinli) “nol” xarid qiymatida berilgan bino va inshootlarda tashkil etilmoqda. SURXONDARYO VILOYATIDA XALQ TA’LIMI 👉  Viloyatda hozirda 865 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda  36 948 nafar o‘qituvchi 470 303 nafar o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.  👉  2018 yilda 78 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan,  31 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi binolari kapital rekonstruksiya qilindi, 4 tasi kapital ta’mirdan chiqarildi, 2 ta maktab binolari yangidan qurilayapti, 33 tasida zamonaviy sport zallari barpo etildi. Ushbu ishlar uchun budjetdan  74 mlrd. 965 mln. so‘m mablag‘ sarflandi. 👉  Investitsiya dasturi asosida joriy yilda 167 ta maktabga yangi jihozlar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikalari olib kelinadi.        2018 yilda viloyatimiz xalq ta’limi tizimi o‘quvchi yoshlari va pedagoglari Respublika va Xalqaro miqyosda quyidagi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar: 👉  "Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi", “Yilning eng obod ta’lim muassasasi” ko‘rik-tanlovlarida 1-o‘rin; 👉  "Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2018", "Konstitutsiya - baxtimiz poydevori", "Islom Karimov asarlari bilimdoni" ko‘rik-tanlovlarida 2-o‘rin; 👉  "Bilimlar bellashuvi"da 3-o‘rin; 👉  "Huquq bilimdonlari", "Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovlarida 5-o‘rin. 👉  ikki nafar o‘quvchimiz matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan 14-Xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi.  👉  Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi Iskandar Bo‘riyev Bolgariyaning Burgas shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritdi. 👉  Joriy yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar
Viloyatda ta'lim sohasi

Muallif:
Matbuot xizmati
30
sen
0
ELNI AZIZ QILAR ELDA AZIZLAR
O‘qituvchi — kelajak me’mori. Uning mashaqqatli mehnati doimo el-yurt ardog‘ida. 1 oktyabrning mamlakatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni - umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi ham bu mo‘tabar kasb egalariga bo‘lgan yuksak e’tibor namunasidir. Uning zamirida o‘qituvchilarning sharafli va mas’uliyatli mehnatini e’zozlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishdek ezgu maqsad mujassam. Ushbu sana munosabati bilan bugun Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida o‘tkazilgan bayram tadbiriga viloyatning barcha hududlaridan ilg‘or o‘qituvchilar, ijodiy-ma’rifiy tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan pedagoglar, faxriy ustozlar taklif etildi. Tadbir avvalida mamlakatimiz ta’lim sohasida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga baxshida etayotgan ustoz va murabbiylarimizning zahmatli mehnati e’tirof etildi. Soha rivoji uchun kamarbasta bo‘lgan xodimlardan bir guruhiga viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan qayta sahnalashtirilgan “Alisher Navoiy” spektakli namoyishi boshlanganda tomoshabinlar O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muhammadali Abdiqunduzovning chiqishini gulduros qarsaqlar bilan olqishlashdi. Muvaffaqiyatli sahnalashtirilgan spektakl davomida insonlar baxtu-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodonligi uchun ulkan hissa qo‘shgan Alisher Navoiy obrazi talqini o‘qituvchi va murabbiylarni ulug‘ shoir shaxsiga yanada yaqinlashtirdi. Shundan so‘ng bayram tadbiri to‘kin dasturxon atrofida davom etdi. Ilmu ma’rifat charog‘bonlari – o‘qituvchi va murabbiylarga bildirilgan samimiy tilaklaru tabriklar qo‘shiq va raqslar guldastasiga ulanib ketdi. San’at ustalari va iste’dodli yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert namoyishi bayram tarovatiga o‘zgacha kayfiyat, quvonch bag‘ishladi. Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov ishtirok etdi.
ELNI AZIZ QILAR ELDA AZIZLAR

Muallif:
Matbuot xizmati
29
sen
+1
“TERMIZ” ERKIN IQTISODIY ZONASI – TARAQQIYOT TAYANCHI
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Pulatov Termiz tumani hududida yangi tashkil etilgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbariyati - “Surxon Global Trade” MChJ vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 sentyabrdagi Farmoniga muvofiq, chegaradosh mamlakatlar, xususan Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan samarali savdo va transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida viloyatimizning chegara yaqini hududida ilgari ajratilgan 3000 gektar maydonli yer uchastkasida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Uning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yil bo‘lib, keyinchalik uni uzaytirish ehtimoli ham bor.  “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbariyati - Bosh direktor Alisher Tillayev boshchiligidagi “Surxon Global Trade” MChJ vakillari bilan bo‘lgan muloqotda mahalliy xomashyo va materiallar negizida raqobatbardosh tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish, EIZ hududidagi sanoat korxonalari va infratuzilma ob’ektlarida yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bilan bog‘liq hamkorlikdagi vazifalar atroflicha muhokama etildi.
“TERMIZ” ERKIN IQTISODIY ZONASI – TARAQQIYOT TAYANCHI

Muallif:
Matbuot xizmati
26
sen
+3
DUSHANBE SAFARI: YAXSHI QO‘SHNICHILIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA
Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi elchisi taklifiga ko‘ra, elchixona tashabbusi bilan Dushanbe shahrida mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. “Tojikiston” mehmonxonasining marosimlar zalida tashkil etilgan  bayram tadbiriga Tojikiston hukumati a’zolari, xorijiy diplomatik korpus vakillari, o‘zbek millatga mansub fuqarolar va o‘zbekistonlik talaba-yoshlar ham tashrif buyurdi. Ikki davlat o‘rtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuvlarning mantiqiy davomi bo‘lgan ushbu tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni eng ulug‘, eng aziz bayram bilan bilan qutlashib, mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida dadil odimlayotgan do‘st va qardosh o‘zbek xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilashdi. Bayram tadbirida ikki davlat tilida yangragan kuy-qo‘shiqlar va ijro etilgan raqslar barcha mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shundan so‘ng do‘stona va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot va uchrashuvlarda chegaraoldi mintaqalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
DUSHANBE SAFARI: YAXSHI QO‘SHNICHILIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

Muallif:
Matbuot xizmati
20
sen
+7
VILOYAT HOKIMINING SAYYOR QABULI: MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILIB
Viloyat hokimi sayyor qabuli, fuqarolar murojaati yechimi yo'lida Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov Muzrabot tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda fuqarolarning murojaatlari, masalalarini ko‘rib chiqish va hal etish uchun viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar hamda 100 dan ziyod idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.
VILOYAT HOKIMINING SAYYOR QABULI: MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILIB

Muallif:
Matbuot xizmati
18
sen
+6
TERMIZ SHAHRIDA YANGI UY-JOYLAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Viloyatimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Termiz shahridagi Farovon massivida ham qurib, foydalanishga topshirilgan jami 450 xonadondan iborat yetti qavatli 10 ta uy-joy shular jumlasidandir. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yangi uy sohiblari hamda ularning yaqinlari ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqanlar uy egalarini qizg‘in tabriklab, mamlakatimizda yangi uy-joylar qurish hisobiga aholining hayot darajasi va sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tishdi. “Saodatbonu-Aziza-Termiz” MChJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan ikki va uch xonali xonadonlardan iborat mazkur ko‘rkam uylar oilalarning farovon hayot kechirishi uchun barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan. Hovlidagi sport maydonchalari bolajonlarning quvnoq qiy-chuvlari bilan to‘lganidan uy bekalari nihoyatda mamnun. Mehmonlar yangi uylarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Tadbir sanatkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
TERMIZ SHAHRIDA YANGI UY-JOYLAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
15
sen
+3
DENOV TUMANIDA HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI
Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, bu borada ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, faoliyati davomida uchrayotgan to‘siqlar, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi Denov tumanida tashkil etildi. Dastlab tuman markazidagi “Afrosiyob” istirohat bog‘ida tadbirkorlik sub’ektlari vakillarining zamonaviy savdo majmuasi, statsionar davolash markazi, hammom qurilishi, tomat pastalari, semichka yog‘, ayollar va bolalar paypoqlari, xo‘jalik sovuni va sochiq mahsulotlari ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlashni tashkil etish va boshqa istiqbolli investitsiyaviy loyihalari, eksport takliflari bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi. Shundan so‘ng tuman hokimligi binosida tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, viloyat tijorat banklari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha guruh faoliyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi. Muloqot davomida muammoga duch kelayotgan tadbirkorlar birma-bir tinglandi. Ular tomonidan aytilgan taklif va murojaatlarni qisqa muddatda qonuniy asosda hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi F.Jalilov ishtirok etdi.
DENOV TUMANIDA HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI

Muallif:
Matbuot xizmati
15
sen
+6
“OILA” MARKAZINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tubdan rekonstruksiya qilingan yangi binosining tantanali ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori D.Toshmuhammedova ishtirok etdi. Uch qavatli muhtasham binoda viloyat va Termiz shahar markazlarining samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Birinchi qavat “Oila” markazi bilan hamkorlikda ishlaydigan nodavlat tashkilotlarga ajratilgan. Ikkinchi qavatda shahar “Oila” markazi, boy kitob fondiga ega “Oila” kutubxonasi, o‘quv zallari, trenirlar uchun maxsus jihozlangan xonalar hamda fuqarolarni qabul qilish xonasi joylashgan. “Oila” markazining viloyat boshqarmasi uchinchi qavatga joylashgan. Bu yerda keng, yorug‘ faollar zali ham bunyod etilib, zamonaviy usulda jihozlangan. Yer to‘lada oshxona va omborxona qurilgan. Barcha qavatlarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgani, xonalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya jihozlari bilan ta’minlangani ham xodimlarning ish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  Tadbir ishtirokchilari zamonaviy qiyofada qad rostlagan ko‘rkam binoda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
“OILA” MARKAZINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
15
sen
+6
HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA
Surxondaryo viloyati hokimligida tadbirkor va ishbilarmonlarni o‘ylantirayotgan muammolarini hal qilish hamda yangi istiqbolli g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi o‘tkazib kelinayotgani yaxshi samara bermoqda. Bugun ham faoliyati davomida muammoga duch kelgan tadbirkorlar   birma-bir tinglandi. Muloqot jarayonida yosh ishbilarmonlar Jasur Amonovga nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktabini ochish uchun Termiz shahar hududidan “nol” qiymatida bo‘sh bino,  Azizbek Bo‘riyevga jamoat transporti innovatsion “Aqlli bekat”ini qurish uchun yer maydoni ajratish, “Koskan Termiz” xususiy korxonasiga olib boruvchi umumiy foydalanish yo‘lini ta’mirlash, “Polvontosh” MChJning yangi qurilgan Avtomobillarga gaz to‘ldirish shaxobchasiga gaz tarmog‘ini olib kirishda yuzaga kelayotgan muammoni bartaraf etish, shuningdek, boshqa tadbirkorlar tomonidan aytilgan taklif va murojaatlarni ham o‘rganib chiqib, qisqa muddatda qonuniy asosda hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA

Muallif:
Matbuot xizmati
14
sen
+8
XODIMLAR SHAXSIY SIFAT VA QOBILIYATLARI BILAN BARCHAGA O‘RNAK BO‘LSIN
Bugun viloyat hokimligida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining kasb etikasi qoidalariga qat’iy rioya etish, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarish majburiyati, davlat xizmatida suiste’molliklarning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari apparat xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda idoraviy Odob-axloq qoidalariga muvofiq, xodimlarga o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish, nojo‘ya xulq-atvordan o‘zini tiyish, mansab vakolatini suiste’mol qilishga va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatlari yuklatilgan bo‘lsada, ba’zi xodimlar tomonidan ushbu majburiyatlarga rioya etmaslik holatlari kuzatilayotganligi tanqid qilindi. Ta’kidlanganidek, xodimlar tomonidan xizmat vazifasini bajarishda fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olmaslik, ularni mensimaslik, dabdababozlik, murojaatlar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor bermaslik, yer ajratish bilan bog‘liq suiste’molchiliklar, xizmat mavqeidan boshqa tashkilotlar faoliyatiga noqonuniy ta’sir ko‘rsatish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yish kabi salbiy holatlar davlat organining nufuziga zarar yetkazishga sabab bo‘ladigan vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Ushbuni inobatga olib, yig‘ilishda ijro etuvchi hokimiyat organlari barcha xodimlarining kasb etikasi va estetik madaniyatiga rioya qilish mas’uliyatini yanada oshirish, mehnat intizomini ta’minlash, mas’ul lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarga talablarni kuchaytirish, mansab vakolatini suiste’mol qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
XODIMLAR SHAXSIY SIFAT VA QOBILIYATLARI BILAN BARCHAGA O‘RNAK BO‘LSIN

Muallif:
Matbuot xizmati
14
sen
+6

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK