Sangardak sharsharasi haqida eshitganmisiz?
Bir vaqtning o‘zida yilning to‘rt faslini kuzatish mumkin bo‘lgan joy haqida eshitganmisiz? Zarrin quyosh nurlari ostida jimjimador yomg‘ir yog‘ishini-chi? Qattiq shamol aralash naqd jala quyib turgan paytda bobo quyosh samoda jilmayib turishini-chi?!  Bunday noyob mo‘jizani bir vaqtning o‘zida kuzatish mumkin bo‘lgan joy uzoqlarda emas, yurtimizda. Bu rang-barang nabotot va turfa hayvonot olami, minglab bulog‘u chashmalari bilan nom qozongan Surxondaryo viloyatidagi Sangardak darasi va sharsharasidir.  Sharsharadan o‘ynoqlab tushayotgan suv jozibasiga qishin-yozin ko‘rk bag‘ishlab turuvchi sumbula o‘tlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Tabiatning bu go‘zal tuhfasi qish faslida ham sharsharaga o‘zgacha xusn bag‘ishlab turadi. Suvi muzlab, billur shodalari singari bahaybat sumalak hosil qiladigan sharshara bag‘ridagi sumbula o‘tlari shunchaki o‘smaydi. Mahalliy aholining aytishicha, qadimda go‘zallikda tenggi yo‘q bir hurliqo sevgisiga erisholmagach, tog‘ sharsharasi “unguri”, ya’ni bag‘riga kirib g‘oyib bo‘lgan. Uning mayda o‘rilgan sochlari o‘rnidan sumbula o‘sib chiqadi. Hozirgacha bu sumbula o‘tlar sharshara bag‘rida devor bo‘lib o‘sib turganiga guvoh bo‘lish mumkin. Uning bargidagi marjon tomchilar o‘sha suluv qizning ko‘z yoshlari emish.  Dengiz sathidan 2000 metr balandlikdan otilib tushuvchi sharshara tabiatning fusunkor mo‘jizasidir. Atrofdagi qoyalarga urilib yuksaklikdan oqadigan sharshara ko‘zni quvontiradi. Misli kamalakdek tovlanib, sachrayotgan zilol suv bahri dilingizni ochib, xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Uning suvi sovuq bo‘lsa-da, salomatlikka ziyon qilmaydi, aksincha, vujudni tetiklashtiradi.  Sharsharaning tovushi asabni tinchlantirib, yurakka quvvat beradi.                                                                                                                                Jonibek Qo‘zimurodov (surat), O‘zA
Sangardak sharsharasi haqida eshitganmisiz?

Muallif:
Matbuot xizmati
24
iyul
+4
ISTIQBOLLI LOYIHALAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov Avstriyaning “Parsalpine Gmbh” kompaniyasi rahbari Ahmad Ramzaniyni qabul qildi. Hozirda “Parsalpine Gmbh” kompaniyasi Muzrabot tumanida qiymati 35 mln. dollarga teng bo‘lgan yuqori sifatli ketchup ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Uchrashuv chog‘ida ushbu istiqbolli loyiha asosida olib kelingan 6 ming tonnalik muzlatgich jihozlari imkoniyatlari, zavod va muzlatgich binolari qurilishining borishi, 1 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona faoliyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, kompaniya bilan imzolangan memorandumga muvofiq, tumanda qo‘shimcha yana umumiy qiymati 15 mln. dollarga teng bo‘lgan tayyor tekstil mahsulotlari hamda ohakdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar atroflicha muhokama etildi.
ISTIQBOLLI LOYIHALAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

Muallif:
Matbuot xizmati
24
iyul
+4
O‘zbekiston harbiylari Denovda maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulot o‘tkazdi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, prokuratura, DXX Chegara qo‘shinlari hamkorligida hududning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.  – Ikki kunlik maxsus tadbirda Mudofaa vazirligining hududdagi harbiy xizmatchilari, tuman hokimligi, prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, boshqa mutasaddi idoralar va keng jamoatchilik vakillari ham faol ishtirok etdi, – deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari, kapitan F.Toshboyev. – O‘quv mashg‘ulot jarayonida shartli ravishda garovga olingan bino va inshootlarni, shaxslarni qutqarish ishlari tezkorlik bilan bajarildi.  Xonadonlardagi ijtimoiy vaziyat atroflicha o‘rganildi. Shaxsiy tarkibning jangovar shaylik darajasi oshirilib, tuman hududini mudofaa qilishga, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga e’tibor qaratildi. Shu maqsadda ichki va tashqi xalqalar tashkil etilib, blok-postlarda Mudofaa vazirligi va ichki ishlar idoralarining sohaviy xizmat xodimlaridan iborat shaxsiy tarkibning tunu-kun xizmat olib borishi tashkil etildi. Aholining tinch, osayishta va farovon turmushini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbir doirasida Mehr-oqibat mahalla fuqarolar yig‘inida tezkor profilaktik qidiruv o‘tkazildi. Guliston mahallasi hududida viloyat IIB harbiy safarbarlik bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi IIV maxsus operatsiyalar muvofiqlashtirish boshqarmasi Surxondaryo viloyati buyicha maxsus otryadi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi va Milliy Gvardiyaning Surxondaryo viloyati harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilgan shartli ravishda garovga olingan shaxslarni ozod qilish bo‘yicha maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti ham soha xodimlarining professional mahorati va jangovar shaylik darajasini keng namoyon etdi. 
O‘zbekiston harbiylari Denovda maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulot o‘tkazdi

Muallif:
Matbuot xizmati
24
iyul
+2
KICHIK TURIZM ZONALARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi “Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 324-sonli qarorlari tasdiqlangandan so‘ng viloyatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini ko‘paytirish va ularning viloyatimizdagi sayohat kunlarini uzaytirish maqsadida viloyatimizning tog‘li hududlarida “kichik turizm zonalari”ni tashkil qilish vazifasi belgilab qo‘yildi.
KICHIK TURIZM ZONALARI

Muallif:
Matbuot xizmati
24
iyul
+4
Viloyat hokimi Milliy gvardiya harbiy qismida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Xabaringiz bor, qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, aholini turli terrorchilik xatarlaridan, jinoiy va boshqa noqonuniy hatti-harakatlardan himoya qilishda muhim bo‘g‘inga aylandi. Bugun viloyatimiz hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Bahodir Po‘latov harbiy qo‘shin faoliyatining samaradorligini oshirish, o‘z Vataniga sadoqatli, yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Milliy gvardiyaning viloyatdagi harbiy qismiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida viloyatimiz hokimi harbiy qism infrastrukturasi, shaxsiy tarkibning kundalik faoliyati, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Harbiy qismda joylashgan binolarni kapital ta’mirlash, harbiy-ma’muriy sektori faoliyatini samarali tashkil etish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash bilan bog‘liq vazifalarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Viloyat hokimi Milliy gvardiya harbiy qismida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Muallif:
Matbuot xizmati
23
iyul
+3
BUNYODKORLIK ISHLARIMIZ XALQIMIZ MANFAATLARIGA XIZMAT QILSIN
Bugun viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov Termiz shahrida olib borilayotgan keng miqyosdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Xususan, ehtiyojmand oilalarning uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Sulton Saodat ko‘chasida bunyod etilayotgan 10 ta yetti qavatli arzon uy-joylar, ularning atrofidagi ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va mahalla markazi qurilishi, shuningdek, shaharning turli hududlarida milliy gvardiya bo‘linmasi, ichki ishlar va harbiy qismlar, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamda madaniyat va san’at fidoyilari uchun barpo qilinayotgan ko‘pqavatli yangi uy-joylar qurilishi bilan qiziqdi. Tanishuv asnosida ushbu ob’ektlarni barpo etishdan maqsad xalqimiz turmush farovonligini oshirish, aholiga savdo va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat ekanligi ta’kidlanib, ularni zamonaviy arxitektura asosida qurish, atrofini obodonlashtirish, odamlarga qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, viloyatimiz hokimi Termiz shahrida yangi barpo etilgan San’at saroyi va amfiteatrda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Milliy va zamonaviy me’morchilik uyg‘unligida bunyod etilayotgan yangi jome masjidi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda tug‘ruqxona majmuasi yangi binolari qurilishi, hayvonot bog‘ida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan ham tanishib, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, shahar qiyofasini yanada yaxshilash, aholining dam olishi uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratish, yo‘l bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.
BUNYODKORLIK ISHLARIMIZ XALQIMIZ MANFAATLARIGA XIZMAT QILSIN

Muallif:
Matbuot xizmati
22
iyul
+3
VILOYAT HOKIMI AFG‘ONISTONLIK ISHBILARMONLAR BILAN UCHRASHDI
Bugun O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar yangi bosqichda rivojlanib bormoqda. Xususan, surxondaryolik va qo‘shni mamlakat ishbilarmon doiralarining teng sheriklikka asoslangan munosabatlarini kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar bunga yaqqol misoldir.Viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov hamda “Afghan-German company” qo‘shma korxonasi ta’sischilari Samiulloh Samkanay va Abdulvahob Kaimiy o‘rtasida o‘tkazilgan muloqot ham qurilish sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlandi. Muloqot davomida viloyatimizdagi qulay ishbilarmonlik muhiti, mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qator imtiyoz va qulayliklar haqida ma’lumotlar berildi. Uning yakunida qurilish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan “Afghan-German company” qo‘shma korxonasi bilan umumiy qiymati 10 mln. dollarga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish evaziga Termiz shahrida zamonaviy turar-joy komplekslari va mehmonxona qurishga kelishib olindi.
VILOYAT HOKIMI AFG‘ONISTONLIK ISHBILARMONLAR BILAN UCHRASHDI

Muallif:
Matbuot xizmati
21
iyul
+3
HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI
Viloyat hokimligida tadbirkor va fermerlarning muammo va takliflarini o‘rganishga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Bahodir Po‘latov, nazorat qiluvchi organlar, sohaga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari, tadbirkor va fermerlar ishtirok etdi. Muloqot avvalida mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilgan kafolatlar, soha xodimlarining yurt taraqqiyoti, aholi farovonligini yuksaltirishdagi munosib hissasi haqida so‘z yuritildi. Shunga qaramay, ayrim holatlarda tadbirkorlar bilan ishlash, ularning masalasini o‘z vaqtida hal etish yoki so‘roviga javob berish borasida ham sansalorlik, e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilayotganligi ta’kidlandi. Jonli va ochiq ruhda o‘tgan muloqotda tadbirkor va fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan viloyat hokimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qildilar. Ularning muammosi yoki so‘rovi nima sababdan ijobiy hal etilmayotganiga mutasaddilardan izoh so‘raldi. Muloqot davomida ko‘tarilgan muammo va takliflarning asosiy qismi shu yerda hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi, ijrosi nazoratga olindi. - Ham o‘zi, ham davlat manfaati uchun yangi g‘oya va tashabbus bilan chiqayotgan ishbilarmonga ko‘mak berish, uni qo‘llab-quvvatlash har bir rahbar, mutasaddining bugungi kundagi eng muhim vazifasi bo‘lmog‘i lozim - dedi viloyat hokimi uchrashuv yakunida.
HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI

Muallif:
Matbuot xizmati
21
iyul
+1
MAQSADIMIZ - SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH VA ADOLAT MEZONLARIGA AMAL QILISH
Xabaringiz bor, oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bu yil yangicha tartibda o‘tkaziladi. Ushbu jarayonda uning adolatli, xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash auditoriya nazoratchilari zimmasiga har qachongidan katta mas’uliyat yuklamoqda. Bugun viloyat hokimining o‘rinbosari Ro‘zimurod Choriyev, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari hamda test sinovlarini o‘tkazish davrida nazoratchi sifatida jalb etilgan xalq ta’limi tizimi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqda so‘z yuritildi. Unda so‘zga chiqqanlar bu yil auditoriya nazoratchilari ham videokameralar orqali kuzatib borilishi, qoidani buzayotgan abituriyentga e’tiborsiz bo‘lsa, ularga nisbatan ham chora ko‘rilishi, ushbu jarayonda nazoratchilar tomonidan sog‘lom raqobat muhitining ta’minlanishi oliy ta’lim muassasalariga o‘qish uchun bilimli, iqtidorli va munosib nomzodlarni tanlab olishga zamin yaratishini ta’kidlashdi. Yig‘ilish so‘ngida test sinovlari nazoratini sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berildi. Ushbu mas’uliyatli jarayonda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ulardan kafolat xatlari olindi.
MAQSADIMIZ - SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH VA ADOLAT MEZONLARIGA AMAL QILISH

Muallif:
Matbuot xizmati
21
iyul
+2
MAS’ULIYATLI JARAYONGA TAYYORGARLIK QIZG‘IN
Bugun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha joriy yilning 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik ishlarining borishiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov hamda aloqador korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. Ta’kidlanganidek, test sinovlari belgilangan kunlarda Termiz olimpiya zahiralari kolleji, “Surxon” sport majmuasi hamda viloyat ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining katta sig‘imdagi binolarida ikki smenada o‘tkaziladi. Yig‘ilishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan bino va ularning hududlarini jihozlash, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulay shart-sharoitlar yaratish, test jarayonining oshkora va shaffofligini ta’minlash, uni videokuzatuvlar orqali onlayn tizimda jamoatchilikka, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalariga ko‘rsatib borish, jarayonning nazoratini amalga oshiruvchi mas’ul shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va boshqa qator tashkiliy masalalar atroflicha tahlil qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.
MAS’ULIYATLI JARAYONGA TAYYORGARLIK QIZG‘IN

Muallif:
Matbuot xizmati
20
iyul
+1
Viloyat hokimi “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi hamda “KarvonSaroy” mehmonxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Termiz shahrida tashkil etilgan “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari bilan qo‘shni davlatlar ishbilarmonlar doirasining hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda o‘ziga xos do‘stlik ko‘prigi vazifasini o‘tamoqda. Bugun viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov xorijlik  tadbirkorlar uchun bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishish maqsadida ushbu zamonaviy markaz hamda uning negizida tashkil qilingan “KarvonSaroy” mehmonxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida markazdagi bojxona terminali binosi, mahsulotlarni saqlash omborxonalari, shuningdek, sharqona va zamonaviy me’morlik an’analarini o‘zida mujassam etgan to‘rt yulduzli mehmonxona faoliyati bilan tanishildi.  “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi xorijlik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlash, tijorat ishlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta’kidlanib, markazdagi logistika, mehmonxonadagi servis xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Viloyat hokimi “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi hamda “KarvonSaroy” mehmonxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Muallif:
Matbuot xizmati
20
iyul
+3
VILOYAT HOKIMI NOGIRONLIGI BO‘LGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
Mamlakatimizda yosh avlodni tarbiyalash borasidagi davlat siyosati mazmun-mohiyatini o‘zida ifoda etgan “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida his qilishi uchun huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy jihatdan zarur shart-sharoitlar yaratib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda kecha viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov Sariosiyo tumanida bo‘lib, nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida imkoniyati cheklangan yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolari eshitilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi. Yigit-qizlarning bir qator taklif va tashabbuslari ham qo‘llab-quvvatlanib, ularni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, shu kunning o‘zida ularga 25 ta nogironlik aravachasi, 15 ta zamonaviy tikuv mashinkasi, 30 dan ziyod qo‘ltiqtayoqlar va eshitish moslamalari topshirildi. To‘kin dasturxon yozilib, konsert dasturi namoyish etildi. Tashrif asnosida viloyatimiz hokimi tumandagi “Farhod” ayollar muruvvat uyida ham bo‘lib, bu yerda istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan ayollarning salomatligini mustahkamlash, hayot darajasini yuksaltirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Muassasadagi mavjud ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bemorlarga esdalik sovg‘alari ulashildi, dasturxon yozilib, osh tarqatildi.  Shuningdek, tumanda o‘tkazilgan uchrashuvlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari hamda kitob yarmarkalari, yosh tadbirkor, fermer va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi, taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida gala konsert ham bo‘lib o‘tdi. Bir so‘z bilan aytganda, viloyatimiz yoshlari ulkan ijodiy, intellektual, ijtimoiy-siyosiy salohiyatga ega. Bugun ularni qo‘llab-quvvatlab, kuch va salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida safarbar etish eng muhim vazifalarimizdan biridir.
VILOYAT HOKIMI NOGIRONLIGI BO‘LGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

Muallif:
Matbuot xizmati
19
iyul
+4

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK