O‘ZBEKISTON VA TOJIKISTON STRATEGIK SHERIK DAVLATLARGA AYLANDI
Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Prezidentlar O‘zbekiston va Tojikiston – strategik sherik davlatlar haqidagi shartnomani imzoladi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomada uzoq muddatli va barqaror sheriklik munosabatlari o‘rnatish maqsadi, o‘zaro hamkorlikning strategik yo‘nalishlari belgilangan. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini ham imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. Shuningdek, sanoat, standartlash va sertifikatlash, chegaradan o‘tkazish, ta’lim hujjatlarini tan olish, geodeziya va geologiya, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir 27 ta hujjat imzolandi. Jumladan, Surxondaryo viloyati bilan Xatlon viloyati, Samarqand viloyati bilan So‘g‘d viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik to‘g‘risida bitimlar qabul qilindi. Davlat rahbarlari bo‘lib o‘tgan muzokaralar va erishilgan kelishuvlardan mamnunligini, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ular orasida alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. “O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlaridagi katta o‘zgarishlar haqida ko‘p gapirish mumkin. Lekin eng muhim yutuq – amaliy ishlarimiz millionlab odamlarga naf keltirayotgani, ularning qalbida iliqlik uyg‘otayotganidir. Biz bundan buyon ham xalqlarimiz do‘stligining buzilmas ko‘prigini har tomonlama mustahkamlashga harakat qilamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev. Tojikiston Prezidentining davlat tashrifi davom etmoqda.
O‘ZBEKISTON VA TOJIKISTON STRATEGIK SHERIK DAVLATLARGA AYLANDI

Muallif:
Matbuot xizmati
17
avg
+3
TADBIRKORLAR UCHUN “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI
Surxondaryo viloyatining eksport va investitsiyaviy salohiyatini rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida viloyat hokimligida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da Uzun tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, viloyat tijorat banklari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirda tadbirkorlar temir beton mahsulotlari zavodi, qushxona kompleksi, baliqchilik bilan shug‘ullanadigan korxona, gidroponika texnologiyalarini qo‘llagan holda issiqxona qurish, intensiv bog‘ yaratish, zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etishga oid istiqbolli investitsiyaviy loyihalari, eksport takliflari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdi. Taqdimotlar yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Ochiq eshiklar kuni” doirasida viloyatda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Unda “Gold Agro Fresh” MChJning Qiziriq tumanida anorzorlar barpo etish, Termiz tumanida zamonaviy issiqxona qurish, meva-sabzavotlarni saqlash, konveksion quritish va shok usulida muzlatishni tashkil etish, “Avtosanoatagrotexservis” MChJning Qiziriq tumanida parrandachilik kompleksini qurish, “PRB Investment Co.” MChJning Boysun tumanida sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha biznes loyihalari qo‘llab-quvvatlanib, ularni amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
TADBIRKORLAR UCHUN “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
15
avg
+6
TERMIZDA UROLOGIYA MARKAZI FILIALI OCHILDI
Viloyat aholisiga ko‘rsatilayotgan urologiya xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi Termiz filialining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimligi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbar-xodimlari,  keng  jamoatchilikvakillari ishtirok etdi.  Tadbirda ta’kidlanganidek, so‘ngi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifat jihatidan zamonaviy, jahon andozalariga mos keladigan darajaga olib chiqilmoqda. Yangi tashkil etilgan shifo maskani ushbu sa’y-harakatlar samarasidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatidagi iqlim sharoiti va ekologik holat urologik xastaliklarning keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Shu bois, aholi o‘rtasida buyrak-tosh kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar soni anchaginani tashkil etadi. Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining urologiya va tuman tibbiyot birlashmalaridagi xirurgiya bo‘limlarida bunday bemorlarning kamgina qismiga xizmat ko‘rsatib kelingan bo‘lsa, ko‘pchiligi uzoq yo‘l bosib  poytaxt klinikalariga  borishga majbur bo‘lishayotgan edi. Endi bu muammolarga barham beriladigan bo‘ldi. Zamonaviy davolash-diagnostika asbob-uskunalar bilan jihozlangan 40 o‘rinli urologiya va 10 ta “Sun’iy buyrak” apparati mavjud bo‘lgan gemodializ bo‘limiga ega ushbu filial endilikda yuqori malakali mahalliy kadrlar maktabi yaratilishi hisobiga urologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va sifatli davolash, asoratlangan urologik kasalliklar tufayli yuzaga keladigan buyrak yetishmovchiligining oldini olish, gemodializ yordami samaradorligini oshirish imkonini beradi.
TERMIZDA UROLOGIYA MARKAZI FILIALI OCHILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
15
avg
+1
MACHAYDA SAYYOR QABUL
Odamlar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularning dardini eshitish, og‘irini yengil qilish fuqarolarning davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qiladi. Bugun tog‘li Boysun tumanining eng olis, chekka qishloqlaridan biri O‘rta Machay qishlog‘ida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham bu yaqqol o‘z ifodasini topdi. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, Boysun tumani hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etgan sayyor qabulda Machay va uning atrofida joylashgan qishloqlar aholisidan 117 ta  murojaat tushdi. Fuqarolarning asosan kommunal soha, yo‘l qurilishi, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimiga aloqador bu murojaatlari diqqat bilan tinglanib, masalaga daxldor boshqarmalar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida chuqur tahlil qilgan holda bartaraf etish choralari ko‘rildi.  Aksariyat murojaatlarda keltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘z joyida hal etilib, murojaatchining talabi qondirildi. Ma’lum muddat, ya’ni atroflicha o‘rganish taqozo etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar, murojaat egalariga tushunchalar berildi.
MACHAYDA SAYYOR QABUL

Muallif:
Matbuot xizmati
14
avg
+1
QURILISH SOHASI XODIMLARI KASB BAYRAMI NISHONLANDI
Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan o‘tgan yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda. Bu yil mazkur ayyom 11 avgust sanasiga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan viloyatimiz shahar va tumanlarida ham soha xodimlariga atalgan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Xususan, viloyat markazida o‘tkazilgan bayram tantanasi avvalida soha fidoyilarining tinimsiz mehnati va izlanishlari samarasida shahardagi Ibn Sino ko‘chasida yangidan bunyod etilgan va barcha zamonaviy sharoitlarga ega besh qavatli turar-joy inshooti, Amir Temur nomli ko‘chada joylashgan viloyat qurilish bosh boshqarmasining qayta rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi. Shundan so‘ng Termiz shahridagi “Grand Almaz” marosimlar saroyida qurilish sohasi xodimlariga atalgan bayram tantanasi tashkil etildi. Tadbirga usta binokorlar, me’mor va loyihachilar, pudratchi tashkilotlar vakillari, mehnat faxriylari, soha ilg‘orlari taklif etildi. Unda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda viloyatimizda bunyod etilgan bino va inshootlarning barchasi yurtimizda qurilish sanoatini izchil rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mahsuli ekanligi, davlatimiz rahbari tomonidan quruvchilarning mehnati yuksak baholanib, soha xodimlari kunining rasman belgilab qo‘yilishi Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yanada ko‘proq ishlash va izlanishga rag‘bat uyg‘otishini ta’kidlashdi. Tadbirda qurilish sohasi xodimlaridan bir guruhi viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Taniqli san’atkorlar ijrosidagi konsert namoyishi yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.
QURILISH SOHASI XODIMLARI KASB BAYRAMI NISHONLANDI

Muallif:
Matbuot xizmati
11
avg
+1
MAS’ULIYATSIZLIK – MO‘L HOSIL OLISH KUSHANDASI
Mamlakatimizda joriy yilning 5 sentyabrigacha e’lon qilingan “G‘o‘za parvarishida zarbdor 40 kunlik” qizg‘in davom etayotgan shu kunlarda viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov fermer xo‘jaliklari dalalarida bo‘lib, hosilga hosil qo‘shishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarning borishi bilan yaqindan tanishmoqda. Xususan, kecha Denov tumanidagi fermer xo‘jaliklari dalalarida bo‘lgan chog‘ida Bobur nomli SIU hududida joylashgan “Abdurahmon-Qut-Baraka” fermer xo‘jaligi rahbari Sayfullo Jabborov viloyat hokimiga 22,5 gektar ekin maydoni uchun jami 12,5 tonna ammiakli o‘g‘it ajratilishi belgilanganligi, ammo ta’minotchi tashkilot - “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ tuman filiali tomonidan uning bor-yo‘g‘i 8 tonna 200 kilogrammi yetkazib berilganligini aytib, g‘o‘za maydonlarini qo‘shimcha oziqlantirish uchun qolgan mineral o‘g‘itning ham olinishida amaliy yordam so‘raydi. Surishtiruv jarayonida haqiqatdan ham “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ Denov tumani filiali tomonidan ushbu fermerga paxta hosilini yetishtirish uchun ajratilgan 4 tonna 300 kg. ammiakli selitraning yetkazib berilmaganligi tasdiqlandi. Viloyat hokimi tomonidan mutasaddilarga fermerning murojaatini zudlikda ijobiy hal etish, mazkur holat yuzasidan kerakli hujjatlarni tayyorlab, ta’minotchi tashkilotning mol-mulkini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, uning natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun tuman prokuraturasiga tegishli taqdimnoma kiritish bo‘yicha qat’iy topshiriq berildi. Albatta, bunday mas’uliyatsizlik, har qanday noqonuniy hatti-harakat javobsiz qoldirilmaydi, aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Lekin, g‘o‘za agrotexnikasi talabini muddatida va sifatli bajarish fermer uchun juda muhim yumush bo‘lib turgan ayni pallada ta’minotchi tashkilot - “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ tuman filiali rahbari Alisher Alimardonovning bu qilmishi boshqalarga ham ibrat bo‘lishi uchun shu kunning o‘zida viloyat hokimligida “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ hamda uning tumanlardagi filliallari, aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda viloyat hokimi tomonidan mutasaddilarga bu to‘g‘rida qat’iy ogohlantirishlar berilib, tegishli kafolat xatlari olindi.
MAS’ULIYATSIZLIK – MO‘L HOSIL OLISH KUSHANDASI

Muallif:
Matbuot xizmati
11
avg
+3
PROFILAKTIK TADBIRLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILADI
Viloyat hokimligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda ishchi guruh a’zolari, viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari mas’ul xodimlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida Surxondaryo viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo qator mahallalarda profilaktik tadbirlar samaradorligining yetarli darajada ta’minlanmaganligi ayrim turdagi jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘lgan.  Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi shahar va tumanlarda bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida  jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganadi. 10 kun davom etadigan o‘rganish jarayonida huquq tartibot idoralarining jamoatchilik bilan hamkorlikda joylarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, aholining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan olib borayotgan ishlari natijadorligiga alohida e’tibor qaratiladi. Mas’ullarning mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, huquqbuzarlik sodir etishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish bilan bog‘liq ko‘nikmasini oshirish choralari ko‘riladi.
PROFILAKTIK TADBIRLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILADI

Muallif:
Matbuot xizmati
10
avg
0
MUROJAATLAR QONUNIY YECHIMINI TOPMOQDA
2018 yilning 29 iyul kuni Uzun tumanining olis Bobotog‘ hududida joylashgan “Oqmachit” qishlog‘ida viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar hamda 100 dan ziyod idora va tashkilotlar rahbarlari sayyor qabul o‘tkazgani haqida avval xabar bergan edik. 13 ming 800 nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan hududdagi “Oqmachit”, “Tolto‘g‘ay”, “Bobotog‘” va “Yangi obod” mahallalari aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitilgan muloqotlar chog‘ida ko‘pchilik tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Bobotog‘ hududi bilan Tojikiston Respublikasining Rudakiy tumani fuqarolarining o‘zaro borish-kelish munosabatlariga yanada yengillik yaratish maqsadida ushbu hududlarni bog‘lab turuvchi yangi chegara bojxona postini ochish taklifi berilgandi. Haqiqatdan ham, ushbu ikki hududlarni bog‘lab turuvchi  avtomobil va piyoda o‘tkazish chegara posti 1975-1998 yillarda faoliyat yuritgan. Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalarining chegarasidan oqib o‘tuvchi “Kofirnahang” daryosi ustida “Do‘stlik” osma ko‘prigi mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda ko‘prik taxtalari olib tashlangan va o‘tish joyi beton g‘isht bilan to‘sib qo‘yilgan. Ushbu ko‘prik bilan Ro‘dakiy tumani oralig‘i atigi 2 km ni tashkil etadi, ushbu ko‘prik yopilganligi sababli u yerga borish uchun 100 km ortiq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Sayyor qabul chog‘ida aholidan tushgan taklif inobatga olinib, Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlovi bilan Bobotog‘ hududi hamda Tojikiston tomoni o‘rtasidagi “Do‘stlik” ko‘prigi orqali harakatlanuvchi avtomobil va piyoda o‘tkazish chegara postini yaqin kunlarda ochish maqsadida hozirda yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yanada rivojlantirish, fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish bilan bog‘liq zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
MUROJAATLAR QONUNIY YECHIMINI TOPMOQDA

Muallif:
Matbuot xizmati
09
avg
0
HARBIY QISMDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Termiz shahridagi harbiy qismlardan birida 12-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi va harbiy qism hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma’nan barkamol, harbiy-vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.  Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ochiq eshiklar kunida dastlab yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.  – Menda ayniqsa, avtomat, snayper, granatomyot kabi qurollar, harbiy muhandislik anjom-aslahalari katta qiziqish uyg‘otdi, – deydi 12–Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi B.Mamayev. – Ularni o‘z qo‘llarim bilan ushlab ko‘rdim. Kelajakda harbiy bo‘lishni ko‘nglimga tukkanman. Bu tadbir sohaga qiziqish va intilishimni, Vatan himoyachisi bo‘lishdek sharafli kasbga mehrimni yanada oshirdi. Tadbir doirasida o‘g‘il-qizlar harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda navqiron avlodga harbiy qism yoshlari erishayotgan yutuqlar xususida atroflicha ma’lumot berildi.  Harbiy qism askarlari turli tanlov va sport musobaqalarida faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallamoqda. Jumladan, harbiy qism jamoasi “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining okrug bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ham harbiy qism askarlari g‘olib bo‘ldi. Sport musobaqalarida erishilayotgan yutuqlar ham e’tiborga sazovor. Ayni paytda harbiy qism o‘g‘lonlari sportning boks, qo‘l jangi va regbi turlari bo‘yicha mamlakat ochiq chempionatida ishtirok etishga puxta hozirlik ko‘rayotir.  Muddatli harbiy xizmat burchini o‘tayotgan askarlar yotoqxonasida yaratilgan sharoitlar, kompyuter va fotoelektron trenajyor-o‘quv xonalari, kutubxona, elektron kutubxona, oshxona va sport majmuasi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.  – Harbiy libos kiyishni orzu qilaman, – deydi 12–Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Zabarjad Bahromova. – Bu yerdagi sharoitlar bilan tanishib, o‘zimga munosib kasb tanlayotganimga yana bir bor ishonch hosil qildim. Fotoelektron trenajor o‘quv xonasidagi
HARBIY QISMDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Muallif:
Matbuot xizmati
08
avg
0
SURXONDARYOLIK FERMERLAR BILAN UCHRASHUV
2018 yilning 4-5 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev va Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov Muzrabot, Sherobod, Jarqo‘rg‘on hamda Denov tumanlarida viloyatimizning ilg‘or fermerlari, sektorlar va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi. Tadbirlarda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, oqsoqollar, h ududlardagi sektorlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, fermerlar ishtirok etdi. Uchrashuvlarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida 31 iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomorqasidan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Bu yil viloyatda 3 ming 48 fermer xo‘jaligi 78 ming 500 gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarishlamoqda. Ayni paytda paxtadan mo‘l hosil yetishtirish uchun vohada tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ob-havo me’yoridan issiq kelayotgani bois sharbat usulida tungi sug‘orish, kultivatsiya, g‘o‘zani chilpish va boshqa dala yumushlarini sifatli tashkil etishga etibor qaratilmoqda. Biroq, ayrim hududlarda g‘o‘za parvarishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda, ayrim sektor rahbarlari mas’uliyatni chuqur his etmayotir. G‘o‘za parvarishi uchun zarbdor pallada bu boradagi ishlarni sifatli bajarish hosilga hosil qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uchrashuvlarda shular haqida fikr almashilib, galdagi vazifalar belgilab olindi. Tadbirlarda bir guruh fermerlar, hududlardagi fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar rahbarlariga Prezidentimiz nomidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
SURXONDARYOLIK FERMERLAR BILAN UCHRASHUV

Muallif:
Matbuot xizmati
06
avg
0
XITOY SAFARI YAKUNLARI
Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov rahbarligidagi delegatsiya a’zolarining joriy yil 31 iyul – 3 avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga uyushtirgan amaliy safari samarali kechdi.
XITOY SAFARI YAKUNLARI

Muallif:
Matbuot xizmati
05
avg
+8
ER YIGITGA EL DUOSI QANOT
Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va xolisona hal etishga xizmat qilmoqda. Murojaat etayotgan fuqarolarning ariza va shikoyati belgilangan tartibda xolislik tamoyillari asosida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilayotganidan aholi mamnun.  Bunda esa, tabiiyki, ushbu qabulxona mudiri vazifasida ishlab kelgan Baxtiyor Jamolovning hissasi katta. 1,5 yildan oshiqroq vaqt mobaynida ushbu vazifada samarali faoliyat ko‘rsatib kelgan B.Jamolov davlatimiz rahbarining tegishli farmoyishiga muvofiq, 2018 yilning 1 avgustidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan bugun viloyat hokimligida o‘tkazilgan xayrlashuv chog‘ida  B.Jamolovning Prezidentimiz tashabbusi bilan viloyatimizda tashkil etilgan Xalq qabulxonasida aholi bilan bevosita muloqot qilishni samarali yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni sifat jihatidan tubdan yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoyalashdagi xizmatlari e’tirof etildi. Surxondaryo viloyati hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirilib, yurtboshimiz tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashda muvaffaqiyatlar tilandi.
ER YIGITGA EL DUOSI QANOT

Muallif:
Matbuot xizmati
05
avg
+2

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK