SURXONDARYO BAXSHI-SHOIR, OQIN VA JIROVLARNI IJODIY BELLASHUVGA CHORLAYDI
Joriy yilning 28-29 iyul kunlari Oltinsoy tumanining so‘lim Vaxshivor qishlog‘ida Surxondaryo viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida “Baxshi-shoir, oqin va jirovlarning” Respublika festivali bo‘lib o‘tadi. Festivalni o‘tkazishdan maqsad xalqimizning nomoddiy meroslaridan bo‘lgan baxshichilik va dostonchilik san’ati ijrochiligini rivojlantirish, yurtimizning munosib vorislari bo‘lgan yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat olib borayotgan baxshi-shoirlar, oqinlar, jirovlar va xalfalarning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishish, shuningdek baxshichilik san’atini keng targ‘ib etishdan iboratdir. Festivalda Shoberdi Boltayev, Abdunazar Poyonov singari 30 dan ortiq surxondaryolik, shuningdek, respublikamizning turli viloyatlaridan taklif etilgan mohir baxshi-shoir, oqin va jirovlar kuylanayotgan asarlarning janr xususiyati, matn va ohang uyg‘unligi, ijro mahorati va sahnada o‘zini tutish madaniyati, so‘z o‘yinlari, maqol va xalq iboralaridan unumli foydalanish, improvizatsiya qobiliyati kabi mezonlar bo‘yicha ijodiy bellashadilar. Bellashuvda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan ishtirokchilar hamkor tashkilotlarning diplom va faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Siz ham ushbu festivalga tashrif buyuring, undan oladigan taassurotlaringiz arzirli va ko‘ngilga xush yoquvchi bo‘lajak!
SURXONDARYO BAXSHI-SHOIR, OQIN VA JIROVLARNI IJODIY BELLASHUVGA CHORLAYDI

Muallif:
Matbuot xizmati
27
iyul
+2
Sangardak sharsharasi haqida eshitganmisiz?
Bir vaqtning o‘zida yilning to‘rt faslini kuzatish mumkin bo‘lgan joy haqida eshitganmisiz? Zarrin quyosh nurlari ostida jimjimador yomg‘ir yog‘ishini-chi? Qattiq shamol aralash naqd jala quyib turgan paytda bobo quyosh samoda jilmayib turishini-chi?!  Bunday noyob mo‘jizani bir vaqtning o‘zida kuzatish mumkin bo‘lgan joy uzoqlarda emas, yurtimizda. Bu rang-barang nabotot va turfa hayvonot olami, minglab bulog‘u chashmalari bilan nom qozongan Surxondaryo viloyatidagi Sangardak darasi va sharsharasidir.  Sharsharadan o‘ynoqlab tushayotgan suv jozibasiga qishin-yozin ko‘rk bag‘ishlab turuvchi sumbula o‘tlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Tabiatning bu go‘zal tuhfasi qish faslida ham sharsharaga o‘zgacha xusn bag‘ishlab turadi. Suvi muzlab, billur shodalari singari bahaybat sumalak hosil qiladigan sharshara bag‘ridagi sumbula o‘tlari shunchaki o‘smaydi. Mahalliy aholining aytishicha, qadimda go‘zallikda tenggi yo‘q bir hurliqo sevgisiga erisholmagach, tog‘ sharsharasi “unguri”, ya’ni bag‘riga kirib g‘oyib bo‘lgan. Uning mayda o‘rilgan sochlari o‘rnidan sumbula o‘sib chiqadi. Hozirgacha bu sumbula o‘tlar sharshara bag‘rida devor bo‘lib o‘sib turganiga guvoh bo‘lish mumkin. Uning bargidagi marjon tomchilar o‘sha suluv qizning ko‘z yoshlari emish.  Dengiz sathidan 2000 metr balandlikdan otilib tushuvchi sharshara tabiatning fusunkor mo‘jizasidir. Atrofdagi qoyalarga urilib yuksaklikdan oqadigan sharshara ko‘zni quvontiradi. Misli kamalakdek tovlanib, sachrayotgan zilol suv bahri dilingizni ochib, xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Uning suvi sovuq bo‘lsa-da, salomatlikka ziyon qilmaydi, aksincha, vujudni tetiklashtiradi.  Sharsharaning tovushi asabni tinchlantirib, yurakka quvvat beradi.                                                                                                                                Jonibek Qo‘zimurodov (surat), O‘zA
Sangardak sharsharasi haqida eshitganmisiz?

Muallif:
Matbuot xizmati
24
iyul
+4
KICHIK TURIZM ZONALARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi “Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 324-sonli qarorlari tasdiqlangandan so‘ng viloyatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini ko‘paytirish va ularning viloyatimizdagi sayohat kunlarini uzaytirish maqsadida viloyatimizning tog‘li hududlarida “kichik turizm zonalari”ni tashkil qilish vazifasi belgilab qo‘yildi.
KICHIK TURIZM ZONALARI

Muallif:
Matbuot xizmati
24
iyul
+4
Surxondaryo viloyatida “Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa hamkorlar tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirning viloyatdagi saralash bosqichida 40 mingga yaqin yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda. Yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan tanlovni ishtirokchilar uchun eng qulay va zamonaviy binolarda o‘tkazishga alohida e’tibor berilmoqda. Tanlovning Termiz shahar saralash bosqichi barcha zamonaviy sharoitlarga ega Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etildi. 12 iyul kuni 20-30 yoshdagi ishtirokchilar tanlovning saralash bosqichida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. 13 iyul kuni 15-19 yoshli kitobxon o‘g‘il-qizlar saralandi. Bugun esa 10-14 yoshdagi yosh kitobxonlar o‘z bilimini dastlabki sinovdan o‘tkazayotir.Tanlovning Termiz shahar saralash bosqichida 4 mingga yaqin yoshlar ishtirok etadi.
Surxondaryo viloyatida “Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Muallif:
Matbuot xizmati
14
iyul
+2
Denovlik urush qatnashchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi
Tadbir keng jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazildi. Urush va mehnat faxriylariga bayramona dasturxon yozildi. Ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.
Denovlik urush qatnashchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi

Muallif:
Matbuot xizmati
06
may
+12
“Chag‘oniyon” kitob markazi foydalanishga topshirildi
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai ”.
“Chag‘oniyon” kitob markazi foydalanishga topshirildi

Muallif:
Matbuot xizmati
05
may
+7
Sherobodlik ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga prezident sovg‘alari topshirildi
Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 16 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosi doirasida viloyatimizda qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Sherobodlik ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga prezident sovg‘alari topshirildi

Muallif:
Matbuot xizmati
05
may
+8
"Boysun bahori" ochiq folklor festivali
Boysun tumanidagi xushmanzara Padang qishlog‘ida an’anaviy “Boysun bahori” ochiq folklor festivali o‘tkazilmoqda. Padang qishlog‘ida har yilgidan-da o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rilib, 20 dan ortiq davlat hamda Respublikamizning turli hududlaridan kelgan mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratildi. 
"Boysun bahori" ochiq folklor festivali

Muallif:
Matbuot xizmati
29
apr
+6
Termizda «Art galereya» foydalanishga topshirildi
Mamlakatimiz o‘zining boy badiiy merosi bilan jahon san’ati va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan qadimiy sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida milliy badiiy an’analarning o‘ziga xosligini saqlab kelayotgani dunyoning yetakchi san’at mutaxassislari tomonidan e’tirof etilgan.
Termizda «Art galereya» foydalanishga topshirildi

Muallif:
Matbuot xizmati
27
apr
+7
Qadriyat-e’tibor va e’zoz ramzi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017 yil 14 iyuldagi qarori bilan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. 
Qadriyat-e’tibor va e’zoz ramzi

Muallif:
Matbuot xizmati
26
apr
+7
Teatr – ma’naviyat o‘chog‘i
Teatrni hayot maktabiga qiyoslaydilar. Bu ibora zamirida katta hikmat mujassam. Kundalik hayotimizda yuz berayotgan voqea-hodisalar, zamonamiz qahramonlari siymosini sahnada ko‘rishning zavqi bo‘lakcha.
Teatr – ma’naviyat o‘chog‘i

Muallif:
Matbuot xizmati
02
apr
+6
Navro‘z: Do‘stlik va hamjihatlikning timsoli.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan qo‘shni davlatga borish-kelishdagi to‘siqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berildi. Qo‘shnichilik munosabatlari, do‘stlik rishtalari hamda hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda.
Navro‘z: Do‘stlik va hamjihatlikning timsoli.

Muallif:
Matbuot xizmati
25
mart
+8

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK