ISTE’DODLAR KAMOL TOPMOQDA
Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatida o‘qitish jarayoniga ilg‘or metod va usullar, yangi pedagogik texnologiyalarning tatbiq qilinganligi, dars va mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligi o‘g‘il-qizlarning fanlarga qiziqishini oshirmoqda. Pirovardida, ta’lim sifati va samaradorligi yuksalib, ularning nufuzli davlat mukofotlari bilan taqdirlanishiga, turli xalqaro ko‘rik-tanlov hamda intellektual musobaqalarda zafar quchishiga zamin yaratmoqda.  Xususan, 2018 yilning mart oyida maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi Shaymardonova Muxlisa Usmonovna o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgani uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan bo‘lsa, iyul oyida Bolgariyaning Burgas shahrida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada 8-sinf o‘quvchisi Iskandar Bo‘riyevning bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritishi ta’lim muassasasidagi sa’y-harakatlarning amaliy samarasidir. Kuni kecha viloyat hokimligida  video selektr shaklida o‘tkazilgan  “Hokimlik soati” da bu yoshlarning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi.  Ularning o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilanib, viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday e’tiboru e’tirof vohada yana ming-minglab iste’dodning sayqal topishi, mahoratlar charxlanishi, buloqlar ko‘z ochishida muhim ahamiyat kasb etadi.
ISTE’DODLAR KAMOL TOPMOQDA

Muallif:
010719977
12
sen
+7
“PAXTA TERIMI - 2018” MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
Joriy yilda paxta xomashyosi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, urug‘lik chigit, mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash mahsulotlari o‘z vaqtida dala boshiga yetkazilib berilganligi, suvdan oqilona foydalanilganligi, dehqonu-fermerlarimizning fidokorona mehnatlari evaziga dalalarda mo‘l hosil to‘planishiga erishildi. Galdagi asosiy vazifa fidokorona mehnat hamda katta xarajat evaziga yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etishdan iborat. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan majburiy mehnat sohasida amalga oshirilgan qator huquqiy o‘zgarishlar sababli joriy paxta yig‘im-terimi mavsumi davrida ham majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi. Unda ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolarga esa iqtisodiy manfaatga asoslangan sharoit yaratib berish zarur. Shunga muvofiq, bugun Termiz shahridagi Bobur nomli istirohat bog‘ida “Paxta terimi - 2018” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Unda fuqarolarga terilgan 1 kg. paxta uchun terimchilarga belgilangan rejani bajarganligiga qarab 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha, viloyatning Qiziriq va Muzrabot tumanlarida 950 so‘mdan 1300 so‘mgacha terim pullari berilishi, shuningdek, otryad tomonidan terilgan 80 tonna paxta xom ashyosi uchun otryad rahbarlariga 1 mln. so‘m, 80 tonnadan oshirilgan har tonna uchun 50 ming so‘mdan ish haqi to‘lab borilishi tushuntirildi. Yarmarka yakuniga ko‘ra, paxta yig‘im-terimiga ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan 430 nafar fuqaro Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ro‘yxatga olindi.
“PAXTA TERIMI - 2018” MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

Muallif:
010719977
12
sen
+8
O‘RGANISH NATIJALARI, TAHLIL VA NAZORAT
Mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muhitni o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida 10 kun davomida Angor tumanida faoliyat olib borgan Respublika Ishchi guruhi kecha o‘z ishini yakunladi. O‘rganish natijalariga bag‘ishlab, bugun tumanda o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.Ikromov, viloyat va tuman hokimliklari mutasaddilari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, Respublika, viloyat va tuman ishchi guruhlari a’zolari mavjud 36 ta mahalladagi 21 718 ta xonadonning 21 391 tasi (98,5 foiz)da bo‘lishib, ularning muammolarini o‘rganishdi. Uyma-uy yurish natijasida aholi tomonidan turli yo‘nalishlarda jami 7085 ta masala ko‘tarildi. Ushbu masalalarning 1930 tasi o‘rganish davomida joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlarini ijobiy hal etilish bo‘yicha aniq manbalari va ijrochilari belgilangan yo‘l xaritasi shakllantirilmoqda. Fuqarolardan tushgan murojaatlar asosan gaz, elektr energiya va toza ichmlik suvi bilan ta’minlash, umumfoydalanish va ichki yo‘llarni ta’mirlash, sog‘liqni saqlash, bank kreditini ajratish, ishga joylashish masalalariga oid bo‘lib, aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mutasaddilarning   hisobotlari tinglandi.  O‘rganish davomida tumanga 300 dona maishiy gaz balonlari keltirilib, 150 tasi tarqatilganligi, 4 dona yangi transformator va 40 dona temir-beton tayanch o‘rnatilganligi, 4 ta ichimlik suvi qudug‘i va minorasi ishga tushirilib, 150 m suv quvurlari tortilishi natijasida 467 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi va boshqa bir qator bajarilgan ishlar e’tirof etildi. Yig‘ilishda aniqlangan kamchilik va muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
O‘RGANISH NATIJALARI, TAHLIL VA NAZORAT

Muallif:
010719977
11
sen
+2
“DUSHANBE-TERMIZ” XALQARO AVTOBUSINING ILK YO‘LOVCHILARI TERMIZGA KELDI
      Joriy yilning 8 centabrdan boshlab “Termiz-Dushanbe” hamda “Denov-Dushanbe” yo‘nalishlarida xalqaro avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi haqida avval xabar bergan edik. Bugun esa Tojikistonning Dushanbe shahridan yo‘lga chiqqan xalqaro avtobus dastlab Sariosiyo tumanining “Chumchuqlijar” chegara-nazorat punktida tantanali ravishda kutib olindi. Mazkur chegara-nazorat punktida yaratilgan qulay sharoitlar “Dushanbe-Termiz” xalqaro avtobusining birinchi yo‘lovchilari bo‘lgan 28 nafar delegatsiya a’zolarini quvontirdi.
“DUSHANBE-TERMIZ” XALQARO AVTOBUSINING ILK YO‘LOVCHILARI TERMIZGA KELDI

Muallif:
010719977
11
sen
+5
ULUG‘LAR DUOSI – EL MUDDAOSI
Odatda biror ishni boshlashdan avval ota-onamizning, yoshi ulug‘ insonlarning maslahat va duolarini olamiz. Zero, maslahatli to‘y tarqamaydi, nuroniy otaxonu onaxonlarning duosi bilan boshlangan ish esa xayrli bo‘ladi. Bugun Termiz tumanidagi Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohida ham shunday bo‘ldi. Dehqonu-fermerlarimizning fidokorona mehnatlari evaziga viloyatimiz dalalarida yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib-terib olish ishlarini boshlashdan avval yoshi ulug‘ insonlar, voha faollari uchun dasturxon yozilib, osh tarqatildi. Nuroniylar fidokorona mehnat evaziga yetishtirilgan paxta hosilini yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan yuqori sifatda yig‘ib-terib olishda kuch-quvvat, xirmonlarimizning barakali, xalqimiz nasibasi ziyoda bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.
ULUG‘LAR DUOSI – EL MUDDAOSI

Muallif:
010719977
10
sen
+3
QUMQO‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Bugun Qumqo‘rg‘on tumanining “Surxon sohili” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul ham fuqarolarning kundalik hayotdagi mavjud muammolarni qonun doirasida hal qilish, amaliy yordam ko‘rsatish, huquq va manfaatlarini himoya qilib, adolat mezonini qaror toptirishga qaratildi. Unda ishtirok etgan fuqarolar viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilariga yechimini topolmayotgan masalalar bo‘yicha savollar berishdi.  Qabulda aholidan 193 ta  murojaat tushdi. Ularning aksariyati seldan talofot ko‘rgan xonadonlarni ta’mirlash, kommunal soha, yo‘l qurilishi, sog‘liqni saqlash, suv ta’minotiga aloqador bo‘lib, joyida hal qilish imkoni bo‘lgan og‘zaki murojaatlar yuzasidan ularning talablari qanoatlantirildi. Atroflicha o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan davlat idoralariga muddat belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.
QUMQO‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Muallif:
010719977
04
sen
+2
BILASIZMI?
Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori respublika bo‘yicha yagona bo‘lib, uning narxlari 2018/2019 o‘quv yili uchun quyidagicha belgilangan: umumta'lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun – bepul; 2-sinflari uchun 12 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 26 900 so‘mni; 3-sinflar uchun 11 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 13 200 so‘mni; 4-sinflar uchun 11 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 15 300 so‘mni; 5-sinflar uchun 13 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 7 400 so‘mni; 6-sinflar uchun 15 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 14 600 so‘mni; 7-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 13 700 so‘mni; 8-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 8 900 so‘mni; 9-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 9 400 so‘mni; 10-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 22 800 so‘mni; 11-sinflar uchun 19 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 41 800 so‘mni tashkil qiladi.
BILASIZMI?

Muallif:
010719977
01
sen
+4
ShUKR BILAN NE'MATLAR ZIYODA BO‘LADI
Allohning bizga bergan ne'matlari behisob. Yurtimiz istiqloli, tinch va xotirjam o‘tayotgan kunlarimiz, to‘kin-sochin hayotimiz – Uning bizga bergan bebaho ne'matlaridandir. Agar shukr qilsak va qadriga yetsak, bu ne'matlar ziyoda bo‘ladi. Bugun Termiz shahridagi muhtasham San'at saroyi joylashgan ko‘rkam bog‘da shu ne'matlar shukronasi uchun osh tarqatildi. Viloyat faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari to‘kin dasturxon atrofida yurtdagi tinchlik va omonlik, qut-baraka, oilalardagi farovonlik va xotirjamlikning ziyoda bo‘lishini tilab, duoga qo‘l ochdilar. San'atkorlar ijrosidagi mumtoz kuy va qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh berdi.
ShUKR BILAN NE'MATLAR ZIYODA BO‘LADI

Muallif:
010719977
31
avg
+5
OSIYO O‘YINLARI-2018: SURXONDARYOLIK KURASHCHILAR MUVAFFAQIYATI
Shu kunlarda Indoneziyadan ketma-ket xushxabarlar kelmoqda. Ushbu mamlakatning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 11-kunida vohadoshlarimiz – Sariosiyo tumanidan Muhsin Isomiddinov +90kg vazn toifasida eronlik Jafar Pahlavonijagharni, Termiz tumanidan bo‘lgan Gulnora Sulaymonova 52 kg vaznda hindistonlik Pinski Balharni yirik hisobda mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Xuddi kechagi kun kabi bugun ham kurashchilarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqladi. Osiyo o‘yinlarining 13-kunida 90 kg vaznlilar o‘rtasidagi bahslarning hal qiluvchi finalida ikki nafar Surxondaryolik polvonlar o‘zaro kuch sinashdi. Termiz davlat universiteti talabasi, jarqo‘rg‘onlik Shermuhammad Jandriev hamda denovlik Yahyo Imomov o‘rtasida kechgan ushbu qiziqarli bahsda Jandriev g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. Imomov esa kumush medal bilan taqdirlandi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo o‘yinlarida 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza olib, mamlakatimiz delegatsiyasining eng sermahsul jamoasiga aylanishdi.
OSIYO O‘YINLARI-2018: SURXONDARYOLIK KURASHCHILAR MUVAFFAQIYATI

Muallif:
010719977
31
avg
+4
DAVLATIMIZNING YUKSAK MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 avgustdagi farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi arafasida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlaridagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan yurtimiz taraqqiyotiga  munosib hissa qo‘shgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Ular orasida 13 nafar vohadoshimiz ham bor. Bugun viloyat hokimligida ana shu yuksak mukofotlarni o‘z egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz vakillariga bildirilgan bunday e'tibor butun surxondaryoliklarga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom namunasi ekanligi e'tirof etildi. “O‘zbekiston xalq baxshisi” faxriy unvoni sohibi, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon tongi” ashula va raqs badiiy havaskorlik jamoasi baxshisi Baxshiqul Tog‘aev,  “Shuhrat” medali sohibi, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri rejissyori Farhod Boltaev, “Jasorat” medali sohibasi, Termiz shahridagi “Gulbahor nurli kelajak” MChJ to‘quvchisi Fotima Akbarova va boshqalar kamtarona mehnatlarini yuqori baholab, davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rgani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.
DAVLATIMIZNING YUKSAK MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI

Muallif:
010719977
31
avg
+3
HARBIYLAR OILALARIGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI
Bugun Termiz shahridagi “Totuvlik” ko‘chasida joylashgan 1-yopiq harbiy shaharchada vatan himoyachilari uchun bunyod etilgan ko‘p qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqanlar harbiy xizmatchilarning oila a'zolari uchun yaratilayotgan bunday qulayliklar ularning jangovar va intellektual tayyorgarlikda erishayotgan muvaffaqiyatlarida muhim omil bo‘layotganini ta'kidlashib, ularga yangi uylarning kalitini topshirdilar. Darhaqiqat, ushbu shaharchada harbiy qism xizmatchilari uchun o‘tgan yili bitta ko‘p qavatli uy qurib foydalanishga topshirilgandi. Uning ro‘parasida qad rostlagan 32 xonadondan iborat mazkur uy ham bu boradagi ishlar izchil davom ettirilayotganini ko‘rsatadi. Ikki va uch xonali xonadonlardan iborat ko‘rkam uy harbiylar oilalarining farovon hayot kechirishi uchun barcha zarur sharoitlar bilan ta'minlangan. Hovlidagi sport maydonchalari bolajonlarning quvnoq qiy-chuvlari bilan to‘lganidan uy bekalari nihoyatda mamnun. Mehmonlar yangi uylarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar. San'atkorlar ijrosidagi konsert tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
HARBIYLAR OILALARIGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI

Muallif:
010719977
31
avg
+2
SURXONDARYODA ISTIQLOL AYYOMI KO'TARINKI RUHDA NISHONLANMOQDA
Bugun mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag'ishlab Termiz shahridagi “San'at saroyi” amfiteatrida viloyatning asosiy bayram tantanalari bo'lib o'tdi. Tadbirga ishlab chiqarish ilg'orlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylarimiz, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda qo'shni davlatlardan kelgan mehmonlar taklif etildi.
SURXONDARYODA ISTIQLOL AYYOMI KO'TARINKI RUHDA NISHONLANMOQDA

Muallif:
010719977
29
avg
+6

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK