VILOYAT HOKIMLIGI VA PROKURATURASI XODIMLARI PAXTA YIG‘IM-TERIMI HASHARIDA
Surxondaryo viloyati hokimligi hamda prokuraturasining ko‘ngilli  xodimlari birgalikda shanba, yakshanba kunlari paxta terimiga chiqib, paxtakorlarga yaqindan yordam berishmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad dehqon va fermerlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan paxta hosilini nest-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olishga munosib hissa qo‘shishdir. Bugun ham Sho‘rchi tumanining Obodon hududidagi Qorjov Toshmirov nomli fermer xo‘jaligi dalalarida bo‘lgan soha xodimlari terimchilar bilan uchrashishdi, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, birgalikda paxta hasharida qatnashishdi. – Bugun nafaqat faol hasharchilarni moddiy rag‘batlantirdik, muammolari bilan qiziqdik, balki o‘zimiz ham ularning safida turib puxta terdik, – deydi Surxondaryo viloyati hokimligi ishlar boshqaruvchisi Ilhom Ummatov. – Yig‘im-terim mavsumida terimchilarimiz faollik ko‘rsatmoqda. Hozir ham dalalarda hosilning mo‘lligi, terilgan paxta uchun terim pullari oshirilib, o‘z vaqtida berilayotgani ularning ishtiyoqini oshirmoqda. Ilg‘or hasharchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanayotgani ish sur’atining yaxshi bo‘lishini ta’minlamoqda. Ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda o‘tgan bugungi hashar davomida tashabbuskor terimchilar tomonidan 3,5 tonna paxta hosili terib olindi.
VILOYAT HOKIMLIGI VA PROKURATURASI XODIMLARI PAXTA YIG‘IM-TERIMI HASHARIDA

Muallif:
010719977
20
okt
+6
DAVLAT TILI — FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ!
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida ham turli adabiy kechalar, davra suhbatlari, bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Ona tili va adabiyoti” fan oyligi doirasi o‘g‘il-qizlar ongu shuuriga milliy istiqlol g‘oyasi va umumbashariy qadriyatlarga, shu jumladan, ona tiliga mehr-muhabbat, Vatanga sadoqat, millatlararo bag‘rikenglik kabi yuksak tuyg‘ularni singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Bugun Termiz shahridagi A.Navoiy xiyobonida o‘tkazilgan bayram tadbirida ham viloyat hokimligi, ijodiy va jamoat tashkilotlari, ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, san’at sohasi vakillari, talaba-yoshlar jam bo‘ldilar. So‘zga chiqqanlar til bor ekan millat barhayot, til bor ekan yurtning istiqboli nurli va charog‘on bo‘lishini ta’kidlashdi. O‘zbek tilining tarixi, uning rivoji hamda milliy adabiyotimiz ravnaqiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar haqida so‘z yuritildi. Tadbirda Termiz davlat universiteti talabalari ona tilimizning jozibadorligini tarannum etuvchi  eng sara she’rlar, g‘azallardan namunalar o‘qishdi. Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari badiiy sahna ko‘rinishlari orqali so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy siymosini gavdalantirishdi. Mumtoz kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘ydilar
DAVLAT TILI — FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ!

Muallif:
010719977
20
okt
+3
Mahalladan «spravka» so‘rash bekor qilindi
Hukumat qaroriga muvofiq, 2018 yil 15 oktyabrdan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi: • shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini; • shaxsning ishsizligini; • bolani, yolg‘iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligini tasdiqlovchi hujjatlar; • shaxsning tavsifnomasi. Endilikda davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini va uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlar zarur bo‘lsa, mazkur ma’lumotlar tegishincha Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan olinadi. 2020 yil 1 yanvardan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida oila tarkibi, qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlar tegishli tashkilot tomonidan FHDYo organlaridan mustaqil ravishda olinadi.
Mahalladan «spravka» so‘rash bekor qilindi

Muallif:
010719977
04
okt
0
O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARGA
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, qadrli o‘qituvchi va murabbiylar! Avvalo Sizlarni, sizlar orqali viloyatimizning barcha o‘qituvchi va murabbiylarini, biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan mehridaryo ustozlarni  umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ta’birlari bilan aytganda, “Har bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma’noda fidoyi kasb egalaridir”. Bugungi kunda pedagoglarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar zamirida ana shu fidoyi kasb egalarining mashaqqatli va sharafli mehnatini yuksak qadrlashdek ezgu maqsad mujassam. Mamlakatimiz ta’lim sohasida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, umumiy o‘rta ta’limda 11 yillik tizimga o‘tilishi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining optimallashtirilishi, yangi oliy ta’lim muassasasi va filiallarning tashkil etilishi, turli yo‘nalishlar bo‘yicha kechki va sirtqi bo‘limlarning ochilishi, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ining kengaytirilishi, nodavlat ta’lim xizmati ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilishi kelajagimiz  poydevorining yanada mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Viloyatimizda yangidan bunyod etilayotgan, rekonstruksiya qilinib, mukammal ta’mirlanayotgan ta’lim muassasalari va ularda yaratilayotgan keng shart-sharoitlar bugun barchamizni, ayniqsa, ustozlarimizni yangidan-yangi marralarga da’vat etmoqda. Farzandlarimizning bilim samaradorlini oshirish hisobidan qator yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori natijalarning qo‘lga kiritilayotgani Siz soha fidoyilarining samarali mehnatlaringiz mahsulidir. Muhtaram ustozlar! Kuni kecha muhtaram Prezidentimizning Farmonlariga binoan, O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh soha xodimlari qatorida viloyatimizdan 8 nafar o‘qituvchi va murabbiylarning turli darajadagi davlat mukofotlariga munosib topilgani qalbimizga olam-olam quvonch bag‘ishladi. Fursatdan foydalanib, taqdirlanganlarni ushbu yuksak mukofotlar, Sizlarni esa kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Bayramingiz muborak
O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARGA

Muallif:
010719977
01
okt
+1
SURXONDARYO VILOYATIDA OLIY TA’LIM
Termiz davlat universiteti 👉  1954 yilda tashkil topgan va 1992 yilda universitet maqomi berilgan Termiz davlat universitetida  2018/2019 o‘quv yilida 43 bakalavriat va 18 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.  👉  Bugungi kunda oliygohda 12 ta fakultet, 39 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib, jami 11000 nafarga yaqin talaba, jumladan, ularning 8500  nafardan ortig‘i kunduzgi, 1000 nafardan ortig‘i maxsus sirtqi, 300 nafardan ortig‘i sirtqi, 160 nafari magistratura bo‘limlarida, 1000 dan ortig‘i ikkinchi oliy ta’lim shakli asosida tahsil olmoqda Talabalarga 12 nafar fan doktori, professor, 120 nafardan ortiq fan nomzodi, dotsent, 450 nafardan ortiq katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda.  👉  Universitetda talabalarning tahsil olishi uchun 9 ta o‘quv binosi, 4 ta talabalar turar joyi, shuningdek, qurilishi, jihozlanishi va adabiyot fondi bo‘yicha Respublikada yetakchi bo‘lgan, bir paytning o‘zida 365 nafar talabaga xizmat qila oladigan Axborot resurs markazi, ochiq va yopiq sport majmualari mavjud.  👉  Universitet jamoasi 2017/2018 o‘quv yilida ilmiy, o‘quv, ma’aviy-ma’rifiy va sport sohasida qator yutuqlarni qo‘lga kiritib, Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi reytingda 57 o‘rnidan 17 o‘ringa ko‘tarilishga erishdi.  👉  Universitetda jahonning yirik oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Chikago universiteti Sharqshunoslik instituti, Fransiya Fanlar Akademiyasi SNRS-UMR (ilmiy-tadqiqot) markazi, Germaniyaning Gissen universiteti, Buyuk Britaniyaning Rittl universiteti, Chexiyaning Karlova universiteti, Yaponiyaning Risshio universiteti, Soko universiteti, Rossiya Fanlar Akademiyasining Arxeologiya instituti va shu kabi qator universitetlar bilan ilmiy va o‘quv sohada keng hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan.  👉  O‘z tuzilmasida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi, Akademik litsey va Denov filiali bo‘lgan Termiz davlat universiteti bugun dunyoga tobora yuz tutmoqda.
SURXONDARYO VILOYATIDA OLIY TA’LIM

Muallif:
010719977
01
okt
0
Viloyatda ta'lim sohasi
SURXONDARYO VILOYATIDA MAKTABGACHA TA’LIM 👉  Viloyatda hozirda 333 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ularning 328 tasi davlat, 5 tasi davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridir.  35 454 nafar bolani qamrab olgan ushbu muassasalarda jami 3123 nafar pedagog mehnat qilmoqda. 👉  2018 yilda 17380 o‘ringa mo‘ljallangan 242 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. Ularning 158 tasi (12 570 o‘rinli) ajratilgan yer maydonlarida, 84 tasiga (4810 o‘rinli) “nol” xarid qiymatida berilgan bino va inshootlarda tashkil etilmoqda. SURXONDARYO VILOYATIDA XALQ TA’LIMI 👉  Viloyatda hozirda 865 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda  36 948 nafar o‘qituvchi 470 303 nafar o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.  👉  2018 yilda 78 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan,  31 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi binolari kapital rekonstruksiya qilindi, 4 tasi kapital ta’mirdan chiqarildi, 2 ta maktab binolari yangidan qurilayapti, 33 tasida zamonaviy sport zallari barpo etildi. Ushbu ishlar uchun budjetdan  74 mlrd. 965 mln. so‘m mablag‘ sarflandi. 👉  Investitsiya dasturi asosida joriy yilda 167 ta maktabga yangi jihozlar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikalari olib kelinadi.        2018 yilda viloyatimiz xalq ta’limi tizimi o‘quvchi yoshlari va pedagoglari Respublika va Xalqaro miqyosda quyidagi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar: 👉  "Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi", “Yilning eng obod ta’lim muassasasi” ko‘rik-tanlovlarida 1-o‘rin; 👉  "Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2018", "Konstitutsiya - baxtimiz poydevori", "Islom Karimov asarlari bilimdoni" ko‘rik-tanlovlarida 2-o‘rin; 👉  "Bilimlar bellashuvi"da 3-o‘rin; 👉  "Huquq bilimdonlari", "Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovlarida 5-o‘rin. 👉  ikki nafar o‘quvchimiz matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan 14-Xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi.  👉  Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi Iskandar Bo‘riyev Bolgariyaning Burgas shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritdi. 👉  Joriy yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar
Viloyatda ta'lim sohasi

Muallif:
010719977
30
sen
0
VILOYAT HOKIMINING SAYYOR QABULI: MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILIB
Viloyat hokimi sayyor qabuli, fuqarolar murojaati yechimi yo'lida Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov Muzrabot tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda fuqarolarning murojaatlari, masalalarini ko‘rib chiqish va hal etish uchun viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar hamda 100 dan ziyod idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.
VILOYAT HOKIMINING SAYYOR QABULI: MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILIB

Muallif:
010719977
18
sen
+6
TERMIZ SHAHRIDA YANGI UY-JOYLAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Viloyatimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Termiz shahridagi Farovon massivida ham qurib, foydalanishga topshirilgan jami 450 xonadondan iborat yetti qavatli 10 ta uy-joy shular jumlasidandir. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yangi uy sohiblari hamda ularning yaqinlari ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqanlar uy egalarini qizg‘in tabriklab, mamlakatimizda yangi uy-joylar qurish hisobiga aholining hayot darajasi va sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tishdi. “Saodatbonu-Aziza-Termiz” MChJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan ikki va uch xonali xonadonlardan iborat mazkur ko‘rkam uylar oilalarning farovon hayot kechirishi uchun barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan. Hovlidagi sport maydonchalari bolajonlarning quvnoq qiy-chuvlari bilan to‘lganidan uy bekalari nihoyatda mamnun. Mehmonlar yangi uylarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Tadbir sanatkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
TERMIZ SHAHRIDA YANGI UY-JOYLAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Muallif:
010719977
15
sen
+3
DENOV TUMANIDA HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI
Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, bu borada ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, faoliyati davomida uchrayotgan to‘siqlar, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi Denov tumanida tashkil etildi. Dastlab tuman markazidagi “Afrosiyob” istirohat bog‘ida tadbirkorlik sub’ektlari vakillarining zamonaviy savdo majmuasi, statsionar davolash markazi, hammom qurilishi, tomat pastalari, semichka yog‘, ayollar va bolalar paypoqlari, xo‘jalik sovuni va sochiq mahsulotlari ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlashni tashkil etish va boshqa istiqbolli investitsiyaviy loyihalari, eksport takliflari bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi. Shundan so‘ng tuman hokimligi binosida tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, viloyat tijorat banklari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha guruh faoliyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi. Muloqot davomida muammoga duch kelayotgan tadbirkorlar birma-bir tinglandi. Ular tomonidan aytilgan taklif va murojaatlarni qisqa muddatda qonuniy asosda hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi F.Jalilov ishtirok etdi.
DENOV TUMANIDA HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI

Muallif:
010719977
15
sen
+6
“OILA” MARKAZINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tubdan rekonstruksiya qilingan yangi binosining tantanali ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori D.Toshmuhammedova ishtirok etdi. Uch qavatli muhtasham binoda viloyat va Termiz shahar markazlarining samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Birinchi qavat “Oila” markazi bilan hamkorlikda ishlaydigan nodavlat tashkilotlarga ajratilgan. Ikkinchi qavatda shahar “Oila” markazi, boy kitob fondiga ega “Oila” kutubxonasi, o‘quv zallari, trenirlar uchun maxsus jihozlangan xonalar hamda fuqarolarni qabul qilish xonasi joylashgan. “Oila” markazining viloyat boshqarmasi uchinchi qavatga joylashgan. Bu yerda keng, yorug‘ faollar zali ham bunyod etilib, zamonaviy usulda jihozlangan. Yer to‘lada oshxona va omborxona qurilgan. Barcha qavatlarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgani, xonalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya jihozlari bilan ta’minlangani ham xodimlarning ish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  Tadbir ishtirokchilari zamonaviy qiyofada qad rostlagan ko‘rkam binoda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
“OILA” MARKAZINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Muallif:
010719977
15
sen
+6
Saylovlarda yangicha tartib
( O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasi - muhokamada ) Joriy yil 9 sentabr kuni viloyat hokimligida “O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasining muhokamasi” xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlari deputatlari ishtirokida videoselektor tarzida bo‘lib o‘tdi. 2018 yil 25 avgustdan 5 sentyabrga qadar viloyatning 7 ta tumanida “O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasining muhokamasi” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini qo‘ygan edi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash, davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Unda deputatlar, senatorlar, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, siyosiy partiyalar, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va kotibiyatining mas’ul xodimlari, shuningdek, saylov huquqi sohasidagi tajribali mutaxassislar, ekspertlar, olimlar va amaliyotchilar ishtirok etishdi. O‘tkazilgan davra suhbatlari jarayonida saylov qonunchiligi mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o‘rin tutishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Loyihada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar missiyalarining tavsiyalari ham inobatga olinganligi qayd etib o‘tildi. Saylov kodeksi loyihasida O‘zbekiston Respublikasining saylovlar to‘g‘risidagi amaldagi “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunlarni unifikatsiyalash ko‘zda
Saylovlarda yangicha tartib

Muallif:
010719977
13
sen
+5

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK