BOYSUNLIKLARNING ASRIY ORZUSI USHALDI: “XO‘JAMAYXONA” BULOG‘IDAN SUV KELTIRILDI
Mamlakatimiz rahbarining joriy yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qiziriq tumanida videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda 83 yoshni qarshilagan Xonim bobo Toshboyev boysunliklar nomidan so‘z olib, tumandagi o‘zgarishlar uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildirgan holda Boysun tuman markazi va qishloq aholi yashash punktlarini “Xo‘jamayxona” bulog‘idan suv bilan ta’minlashda amaliy yordam so‘raganini barchamiz yaxshi eslaymiz. Shundan so‘ng “Xo‘jamayxona” bulog‘idan tuman markazi hamda 14 ta qishloq aholi yashash punktiga toza ichimlik suvi keltirish ishlari boshlab yuborildi. Muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirish uchun 58,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilib,  uzunligi 36 km magistral ichimlik suv quvuri, quvvati 11,5 ming m/sutka bo‘lgan suv olish inshooti, suv ko‘tarish nasos stansiyasi, “Gaza” suv taqsimlash inshooti qurildi. Viloyat mahalliy budjetidan ajratilgan qariyib 3,9 milliard so‘m mablag‘ hisobiga “Inkabod”, “Dashtig‘oz”, Pulhokim” qishloq aholi punktlariga dastlabki ichimlik suvi yetkazib berildi.  Kecha Boysun tumanida ushbu asosiy magistral ichimlik suv quvuri yotqizilganligi hamda 3 ta qishloq aholi punktlariga dastlabki ichimlik suvi yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgani munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir” degan ezgu g‘oya kundalik shiorimizga aylangani, tumanda bunday yirik loyihaning amalga oshirilayotganligidan ko‘zlangan maqsad xalqimizni hayotdan rozi qilish, uning farovon yashashi uchun barcha sharoitlarni yaratishdan iborat ekanligini ta’kidlashdi. Eslatib o‘tamiz, hozirda tuman markazi hamda 11 ta qishloq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Buning uchun Hukumatimiz tomonidan yana 18,3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
BOYSUNLIKLARNING ASRIY ORZUSI USHALDI: “XO‘JAMAYXONA” BULOG‘IDAN SUV KELTIRILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
04
noya
+6
FUQAROLAR QABULI: MUAMMO VA YECHIM
Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latovning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi hamda “Telegram” messenjeridagi raqamiga  murojaat yo‘llab, shaxsan qabul qilishni so‘ragan fuqarolar uchun bugun hokimlik binosida navbatdagi qabul o‘tkazildi. Unda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masalalarni birgalikda ko‘rib chiqish va hal etish uchun viloyat, tegishli tuman hokimliklari mutasaddilari, aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi. Viloyat hokimi 38 nafar fuqaroning ichki yo‘llarni ta’mirlash, yo‘lovchi tashish transportlari faoliyatini samarali tashkil etish, uy-joy bilan ta’minlash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aliment undirish, bandlik va boshqa masalalarga oid murojaatlarini diqqat bilan eshitib, ularni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rdi.
FUQAROLAR QABULI: MUAMMO VA YECHIM

Muallif:
Matbuot xizmati
03
noya
+2
TASHRIFDAN SO‘NG BOG‘CHANING YORITISH VA ISITISH TIZIMLARIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI
2018 yilning 31 oktabr kuni Termiz shahridagi qator ijtimoiy ob’ektlar qatorida 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud ahvol o‘rganilganda bog‘cha tarbiyalanuvchilari elektr simlari izdan chiqqan, isitish tizimi ishlamaydigan qorong‘u va sovuq xonalarda mashg‘ulotlar o‘tkazishayotgani tanqid qilingan edi. Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, muassasada nosoz yoritish chiroqlari soz holatga keltirilgan. Jumladan, 8 ta guruhning mashg‘ulot va yotoqxonalari, musiqa va ma’muriy xonalardagi yoritish chiroqlari o‘rniga 24 ta zamonaviy led-lampa hamda 50 ta akfa lampochkalar o‘rnatilgan. Hozirda isitish tizimi to‘liq ishga tushirilib, guruhlardagi haroratning tegishli me’yor talablariga javob berishi to‘liq ta’minlangan.
TASHRIFDAN SO‘NG BOG‘CHANING YORITISH VA ISITISH TIZIMLARIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
03
noya
+1
MARKAZIY DEHQON BOZORI HAMDA “AQLLI” BEKATLARDA ANIQLANGAN KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI
Joriy yilning 31 oktabr kuni Termiz shahridagi qator ijtimoiy ob’ektlar qatorida Markaziy dehqon bozori hamda  innovatsion “Aqlli” bekatlardagi mavjud ahvol o‘rganilganda bozorda yaroqlilik muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotganligi, sovuq va yomg‘irli kunda “Aqlli” bekatlarning ayrimlariga qulf osilgani tanqid qilingan edi. Termiz shahar hokimligining ma’lum qilishicha, tashrifdan so‘ng Markaziy dehqon bozorida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining  sifati va yaroqlilik muddati, shuningdek, savdo xodimlarining sanitariya talablariga rioya qilishini doimiy nazorat qilib borish uchun shahar Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazidan 2 nafar  xodim ajratilib, ularning mas’uliyati va javobgarligi oshirilgan. Innovatsion “Aqlli” bekatlarning esa yo‘lovchilar sovuq, qor va yomg‘irdan saqlanishlari, konditsioner, bepul Wi-fi internet tarmog‘i, bank to‘lov terminali va boshqa yaratilgan sharoitlardan foydalanishlari uchun belgilangan vaqtda ochiq turishi ta’minlanib, doimiy nazoratga olingan.
MARKAZIY DEHQON BOZORI HAMDA “AQLLI” BEKATLARDA ANIQLANGAN KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
02
noya
+3
SHIFOXONANING ISITISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI
TASHRIFDAN SO‘NG SHIFOXONANING ISITISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI Joriy yilning 31 oktabr kuni Termiz shahridagi qator ijtimoiy ob’ektlar qatorida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida isitish tizimi ishlamayotganligi, palatalarning sovuqligidan bemorlar, ayniqsa, bolalar qiynalayotganligi tanqid qilingan edi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, tashrifdan so‘ng ushbu muassasada bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilgan. 2 ta qozonxonadagi kamchiliklar bartaraf etilib, barcha ob’ektlar, xususan, Chaqaloqlar patologiyasi va nevrologiya bo‘limlarini issiqlik bilan ta’minlash to‘liq yo‘lga qo‘yildi.
SHIFOXONANING ISITISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
02
noya
+2
TASHRIFDAN SO‘NG MAKTABNING BARCHA SINF XONALARI ISITILDI
Joriy yilning 31 oktabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov Termiz shahridagi bir qator muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlardagi mavjud ahvol, ularning qishki mavsumga tayyorgarlik  holatini o‘rganganligi haqida kecha xabar bergan edik. Xususan, 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinfxonalar sovuqligi va o‘quvchilar qishki kiyimida to‘garak mashg‘ulotlari o‘tayotganligi tanqid qilingan edi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, tashrifdan so‘ng bugun ushbu maktabda bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Qozonxonalardagi kamchiliklar bartaraf etilib, barcha sinf xonalar isitila boshlangan. Maktab hovlisida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Eslatib o‘tamiz, o‘rganish davomida ijtimoiy ob’ektlarda aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish ishlari shaxsan nazoratga olingan.
TASHRIFDAN SO‘NG MAKTABNING BARCHA SINF XONALARI ISITILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
01
noya
+2
QUMQO‘RG‘ONLIK YOSH MATEMATIKLAR TAQDIRLANGANLAR SAFIDA
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan internet – olimpiadada surxondaryolik yigit-qizlar ham muvaffaqiyatli  ishtirok etdi, deb xabar beradi Xalq ta’limi boshqarmasi viloyat hokimligi matbuot xizmatiga. Onlayn tarzda o‘tkaziladigan sinov natijalariga ko‘ra, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 14-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatining 7-sinf o‘quvchisi Mirkamol Payanov hamda   8-sinf o‘quvchilari Husan Xudoyqulov va Ilhom Ziyodullayev II darajali, 9-sinf o‘quvchisi O‘rol Doniyarov I darajali diplomlar bilan taqdirlandilar. Iste’dodli bu yosh matematiklar va ularning o‘qituvchilarininufuzli bilimlar bellashuvida erishgan muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklaymiz.
QUMQO‘RG‘ONLIK YOSH MATEMATIKLAR TAQDIRLANGANLAR SAFIDA

Muallif:
Matbuot xizmati
01
noya
+1

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK