SAYYOHLAR UCHUN YANGI AVTOBUSLAR OLIB KELINMOQDA
Viloyatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlarga hamda viloyatimiz aholisining Respublikamiz bo'ylab sayohat qilishlari uchun qulay transport xizmatini ko'rsatish maqsadida joriy yilda tadbirkorlarimiz tomonidan 18 ta xorijda ishlab chiqarilgan avtobus va mikroavtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan. Shu kunga kadar tadbirkorlarimiz tomonidan jami 12 ta shundan 9 ta avtobus va 3 ta mikroavtobuslar olib kelinib, xorijdan tashrif buyurayotgan sayyohlar va viloyatimiz aholisining Respublikamiz bo'ylab sayohatlari uchun o'z xizmatlarini ko'rsatishni boshladilar. Yil yakuniga qadar yana 6 ta xorijda ishlab chiqarilgan zamonoviy avtobuslar tadbirkorlarimiz tomonidan olib kelinadi. Turizmni  rivojlantirish  davlat  qo'mitasi Surxondaryo  viloyati  hududiy  boshqarmasi
SAYYOHLAR UCHUN YANGI AVTOBUSLAR OLIB KELINMOQDA

Muallif:
010719977
30
avg
+5
MATBUOT ANJUMANI: VILOYAT IQTISODIYOTINING OLTI OYLIK NATIJALARI TAHLIL QILINDI
Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumani “Viloyat iqtisodiyotining olti oylik natijalari: muammo va yechimlar tahlili”ga bag‘ishlandi. Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov, hokimlikning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha majmuasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Anjumanda joriy yilning birinchi yarmida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlar samarasi muhokama etildi.  Ta’kidlanganidek, iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijasida viloyat iqtisodiyotining  barcha tarmoqlarida ijobiy o‘sish tendensiyasi kuzatildi. Dastur doirasida tijorat banklari tomonidan 238 ta loyihalarga 1 trln. 568 mlrd. 832 mln.so‘m kredit mablag‘lari ajratib berildi. Umumiy qiymati 351 mlrd. 218 mln. so‘m mablag‘ hisobiga 158 ta loyiha amalga oshirilib, 1860 ta ish o‘rinlari yaratildi.  Sherobod tumanida “Paxtaoy tekstil” MChJ tomonidan tikuvchilik mahsulotlari, Jarqo‘rg‘on tumanida “Farovon Tekstil Eksport Import” MChJ tomonidan erkaklar shimi va turli xil choyshablar ishlab chiqarish loyihalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, yaqin kunlarda  Termiz shahrida “Amudaryo teks” qo‘shma korxonasining yiliga 7 ming tonna bo‘yalgan ip-kalava ishlab chiqarish, Sherobod tumanida “Olmaliq kon metallurgiya” kombinatining yiliga 1,5 mln.tonna sement ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi. Jarqo‘rg‘on tumanida “Surxon teks” qo‘shma korxonasini kengaytirish hisobidan yillik ishlab chiqarish quvvati 9,0 ming tonnaga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, viloyatning eksport salohiyatini yuksaltirish, “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, muammolar va ularning yechimlari haqida ham so‘z yuritildi. Matbuot anjumanida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari va tashkilotlar rahbarlari jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardilar.
MATBUOT ANJUMANI: VILOYAT IQTISODIYOTINING OLTI OYLIK NATIJALARI TAHLIL QILINDI

Muallif:
010719977
18
avg
+2
MAS’ULIYATSIZLIK – MO‘L HOSIL OLISH KUSHANDASI
Mamlakatimizda joriy yilning 5 sentyabrigacha e’lon qilingan “G‘o‘za parvarishida zarbdor 40 kunlik” qizg‘in davom etayotgan shu kunlarda viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov fermer xo‘jaliklari dalalarida bo‘lib, hosilga hosil qo‘shishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarning borishi bilan yaqindan tanishmoqda. Xususan, kecha Denov tumanidagi fermer xo‘jaliklari dalalarida bo‘lgan chog‘ida Bobur nomli SIU hududida joylashgan “Abdurahmon-Qut-Baraka” fermer xo‘jaligi rahbari Sayfullo Jabborov viloyat hokimiga 22,5 gektar ekin maydoni uchun jami 12,5 tonna ammiakli o‘g‘it ajratilishi belgilanganligi, ammo ta’minotchi tashkilot - “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ tuman filiali tomonidan uning bor-yo‘g‘i 8 tonna 200 kilogrammi yetkazib berilganligini aytib, g‘o‘za maydonlarini qo‘shimcha oziqlantirish uchun qolgan mineral o‘g‘itning ham olinishida amaliy yordam so‘raydi. Surishtiruv jarayonida haqiqatdan ham “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ Denov tumani filiali tomonidan ushbu fermerga paxta hosilini yetishtirish uchun ajratilgan 4 tonna 300 kg. ammiakli selitraning yetkazib berilmaganligi tasdiqlandi. Viloyat hokimi tomonidan mutasaddilarga fermerning murojaatini zudlikda ijobiy hal etish, mazkur holat yuzasidan kerakli hujjatlarni tayyorlab, ta’minotchi tashkilotning mol-mulkini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, uning natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun tuman prokuraturasiga tegishli taqdimnoma kiritish bo‘yicha qat’iy topshiriq berildi. Albatta, bunday mas’uliyatsizlik, har qanday noqonuniy hatti-harakat javobsiz qoldirilmaydi, aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Lekin, g‘o‘za agrotexnikasi talabini muddatida va sifatli bajarish fermer uchun juda muhim yumush bo‘lib turgan ayni pallada ta’minotchi tashkilot - “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ tuman filiali rahbari Alisher Alimardonovning bu qilmishi boshqalarga ham ibrat bo‘lishi uchun shu kunning o‘zida viloyat hokimligida “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ hamda uning tumanlardagi filliallari, aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda viloyat hokimi tomonidan mutasaddilarga bu to‘g‘rida qat’iy ogohlantirishlar berilib, tegishli kafolat xatlari olindi.
MAS’ULIYATSIZLIK – MO‘L HOSIL OLISH KUSHANDASI

Muallif:
010719977
11
avg
+3
SURXONDARYOLIK FERMERLAR BILAN UCHRASHUV
2018 yilning 4-5 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev va Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov Muzrabot, Sherobod, Jarqo‘rg‘on hamda Denov tumanlarida viloyatimizning ilg‘or fermerlari, sektorlar va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi. Tadbirlarda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, oqsoqollar, h ududlardagi sektorlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, fermerlar ishtirok etdi. Uchrashuvlarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida 31 iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomorqasidan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Bu yil viloyatda 3 ming 48 fermer xo‘jaligi 78 ming 500 gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarishlamoqda. Ayni paytda paxtadan mo‘l hosil yetishtirish uchun vohada tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ob-havo me’yoridan issiq kelayotgani bois sharbat usulida tungi sug‘orish, kultivatsiya, g‘o‘zani chilpish va boshqa dala yumushlarini sifatli tashkil etishga etibor qaratilmoqda. Biroq, ayrim hududlarda g‘o‘za parvarishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda, ayrim sektor rahbarlari mas’uliyatni chuqur his etmayotir. G‘o‘za parvarishi uchun zarbdor pallada bu boradagi ishlarni sifatli bajarish hosilga hosil qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uchrashuvlarda shular haqida fikr almashilib, galdagi vazifalar belgilab olindi. Tadbirlarda bir guruh fermerlar, hududlardagi fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar rahbarlariga Prezidentimiz nomidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
SURXONDARYOLIK FERMERLAR BILAN UCHRASHUV

Muallif:
010719977
06
avg
0
BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning  kichik biznes va xususiy tadbirkorlik  bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida  Termiz shahridagi Bobur nomli istirohat bog‘ida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi. “Yoshlar - kelajagimiz” shiori ostida viloyat hokimligi, prokuraturasi,ichki ishlar boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda boshqa aloqador tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Termiz shahri va tumanlarda joylashgan 1900 dan ziyod  korxona va tashkilot o‘zlaridagi  6100 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.  Viloyatimizning barcha hududlaridan 800 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan ushbu tadbirda bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat qonunchiligi, ijtimoiy muhofaza, tadbirkorlikka yo‘naltirilgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.  Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari T.Bobolov, viloyat prokurori O‘.Saidov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI

Muallif:
010719977
30
iyul
+4
KUN TARTIBIDA: XUSUSIY BOG‘CHALAR QURILISHINING BORISHI
Joriy yilda viloyatimizda davlat-xususiy sheriklik asosida 242 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasini ochish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kungacha Termiz shahri va Qumqo‘rg‘on tumanida bittadan shunday xususiy bog‘chalar ish boshladi, qolganlarida esa tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan qurilish ishlari olib borilayapti.    Viloyat hokimligida ushbu tashabbuskor tadbirkorlar hamda davlat-xususiy sheriklik asosida ishlash uchun bitimlar tuzish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishining borishi muhokama etildi. Unda xususiy sheriklar bolalar bog‘chasi barpo etish uchun biriktirilgan bino yoki yer uchastkasi, kredit mablag‘larini ajratish va o‘zlarini o‘ylantirayotgan boshqa qator masalalar yuzasidan viloyat hokimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qildilar.    Muloqot davomida ko‘tarilgan muammo va takliflarning asosiy qismi shu yerda hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi, ijrosi nazoratga olindi.  Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida ishlash uchun bitimlar tuzish istagida bo‘lgan tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xususiy bolalar bog‘chalari ochish uchun berilgan imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.
KUN TARTIBIDA: XUSUSIY BOG‘CHALAR QURILISHINING BORISHI

Muallif:
010719977
26
iyul
+2
ISTIQBOLLI LOYIHALAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov Avstriyaning “Parsalpine Gmbh” kompaniyasi rahbari Ahmad Ramzaniyni qabul qildi. Hozirda “Parsalpine Gmbh” kompaniyasi Muzrabot tumanida qiymati 35 mln. dollarga teng bo‘lgan yuqori sifatli ketchup ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Uchrashuv chog‘ida ushbu istiqbolli loyiha asosida olib kelingan 6 ming tonnalik muzlatgich jihozlari imkoniyatlari, zavod va muzlatgich binolari qurilishining borishi, 1 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona faoliyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, kompaniya bilan imzolangan memorandumga muvofiq, tumanda qo‘shimcha yana umumiy qiymati 15 mln. dollarga teng bo‘lgan tayyor tekstil mahsulotlari hamda ohakdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar atroflicha muhokama etildi.
ISTIQBOLLI LOYIHALAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

Muallif:
010719977
24
iyul
+4
HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI
Viloyat hokimligida tadbirkor va fermerlarning muammo va takliflarini o‘rganishga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Bahodir Po‘latov, nazorat qiluvchi organlar, sohaga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari, tadbirkor va fermerlar ishtirok etdi. Muloqot avvalida mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilgan kafolatlar, soha xodimlarining yurt taraqqiyoti, aholi farovonligini yuksaltirishdagi munosib hissasi haqida so‘z yuritildi. Shunga qaramay, ayrim holatlarda tadbirkorlar bilan ishlash, ularning masalasini o‘z vaqtida hal etish yoki so‘roviga javob berish borasida ham sansalorlik, e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilayotganligi ta’kidlandi. Jonli va ochiq ruhda o‘tgan muloqotda tadbirkor va fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan viloyat hokimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qildilar. Ularning muammosi yoki so‘rovi nima sababdan ijobiy hal etilmayotganiga mutasaddilardan izoh so‘raldi. Muloqot davomida ko‘tarilgan muammo va takliflarning asosiy qismi shu yerda hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi, ijrosi nazoratga olindi. - Ham o‘zi, ham davlat manfaati uchun yangi g‘oya va tashabbus bilan chiqayotgan ishbilarmonga ko‘mak berish, uni qo‘llab-quvvatlash har bir rahbar, mutasaddining bugungi kundagi eng muhim vazifasi bo‘lmog‘i lozim - dedi viloyat hokimi uchrashuv yakunida.
HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI

Muallif:
010719977
21
iyul
+1
Viloyat hokimi “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi hamda “KarvonSaroy” mehmonxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Termiz shahrida tashkil etilgan “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari bilan qo‘shni davlatlar ishbilarmonlar doirasining hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda o‘ziga xos do‘stlik ko‘prigi vazifasini o‘tamoqda. Bugun viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov xorijlik  tadbirkorlar uchun bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishish maqsadida ushbu zamonaviy markaz hamda uning negizida tashkil qilingan “KarvonSaroy” mehmonxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida markazdagi bojxona terminali binosi, mahsulotlarni saqlash omborxonalari, shuningdek, sharqona va zamonaviy me’morlik an’analarini o‘zida mujassam etgan to‘rt yulduzli mehmonxona faoliyati bilan tanishildi.  “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi xorijlik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlash, tijorat ishlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta’kidlanib, markazdagi logistika, mehmonxonadagi servis xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Viloyat hokimi “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi hamda “KarvonSaroy” mehmonxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Muallif:
010719977
20
iyul
+3
SURXONDARYODA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI EKSPORTI YANADA OSHADI
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti ko‘lamini yanada kengaytirish, shu orqali aholi daromadlarini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lishib, rossiyalik sheriklar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida qator kelishuvlarga erishishmoqda. Xususan, kecha delegatsiya a’zolari Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatorining birinchi o‘rinbosari Sergey Ponomarenko bilan bilan uchrashib, hududlararo savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish, viloyatimizda yetishtirilayotgan 2,5 million tonnadan ortiq sarxil meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolash masalalarini kelishib oldilar.
SURXONDARYODA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI EKSPORTI YANADA OSHADI

Muallif:
010719977
18
iyul
+4
KO‘MIR SANOATI SALOHIYATINI YUKSALTIRISH YO‘LIDA
Ma’lumki, Sariosiyo tumanidagi “Sharg‘un ko‘mir” aksiyadorlik jamiyati viloyat sanoatida yetakchi o‘rin tutadi. Hozirda bu yerda “China Railway Tunnel Group” (CRTG) kompaniyasi bilan hamkorlikda modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Kecha viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov amalga oshirilayotgan ushbu bunyodkorlik ishlari, investitsion loyiha ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida bu yerga tashrif buyurdi. Geologlarning xulosasiga ko‘ra, mazkur konda 33 million tonnadan ziyod toshko‘mir zahirasi bor. Tashrif davomida viloyatimiz hokimi bu yerda ishlab chiqarilayotgan ko‘mir va ko‘mir mahsulotlari turlari, xorijlik hamkorlar va mahalliy ishchi-xodimlar uchun yaratilgan munosib mehnat sharoitlari, eski 10-shaxtaning yopilib qolgan 1500 metr masofadagi qismini tozalash, yana qo‘shimcha ko‘mirgacha bo‘lgan 2227 metr tunnel qismini qazish bilan bog‘liq ko‘zda tutilgan ishlar bilan tanishdi. Bunyodkorlik ishlari yakuniga yetkazilgach, ko‘mir qazib olishni boshlash, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, xorijdan eng zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ko‘mir qazish uskunasini olib kelish rejalashtirilgan. Natijada bu yerda ishlab chiqarish quvvati yiliga 900 ming tonnagacha yetkaziladi, qo‘shimcha 450-500dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Tashrif yakunida konni modernizatsiya qilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ko‘mir ishlab chiqarish va iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berishni samarali tashkil qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
KO‘MIR SANOATI SALOHIYATINI YUKSALTIRISH YO‘LIDA

Muallif:
010719977
17
iyul
+3
TERMIZDA TOJIKISTON RESPUBLIKASI XATLON VILOYATI TOVAR ISHLAB CHIQARUVCHILARINING KO‘RGAZMA-YARMARKASI BO‘LIB O‘TMOQDA
Xabaringiz bor, joriy yil 5-6 may kunlari Tojikiston Respublikasining  Xatlon viloyatida surxondaryolik tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulot va xizmatlari ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etilgan edi. O‘shanda Xatlon viloyati ishbilarmonlari va viloyatimiz tadbirkorlarining biznes forumi o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi va shartnomalar imzolangandi. Joriy yilning 13-14 iyul kunlari Termiz shahrida o‘tkazilayotgan xatlonlik tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulot va xizmatlari ko‘rgazma-yarmarkasi  hamda biznes forum ham ikki qo‘shni viloyat ishbilarmonlar doirasining o‘zaro hamkorlik geografiyasini kengaytirib, savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan ahamiyatlidir. Kecha bo‘lib o‘tgan ko‘rgazma-yarmarkada Xatlon viloyatining 40 dan ortiq tadbirkorlik sub’ekti yengil sanoat, qurilish materiallari, dori-darmon, chorvachilik, oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlarini namoyish qildi, turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohasidagi imkoniyatlarini taqdim etdi. Surxondaryo viloyatidagi zamonaviy korxonalarda bo‘lishib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Bugun ikki viloyat tadbirkorlari “Termez Cargo Centre” logistika markazida bo‘lib o‘tayotgan biznes forumda ishtirok etishib, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan manfaatli shartnomalar tuzishmoqda. Tadbir doirasida vohaning tarixiy obidalari va muqaddas qadamjolarini ziyorat qilish ham rejalashtirilgan.
TERMIZDA TOJIKISTON RESPUBLIKASI XATLON VILOYATI TOVAR ISHLAB CHIQARUVCHILARINING KO‘RGAZMA-YARMARKASI BO‘LIB O‘TMOQDA

Muallif:
010719977
14
iyul
+2

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK