SHAHAR VA TUMANLARNI RIVOJLANTIRISH BOSH REJASI
VILOYAT HOKIMI SHAHAR VA TUMANLARNI RIVOJLANTIRISH BOSH REJASI LOYIHALARI BILAN TANISHDI Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov tuman va shaharlar markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Loyihalar taqdimotida Dastur doirasida uy-joylar  qurish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada rivojlantirish sohalaridagi o‘nlab loyihalarning amalga oshirilishi haqida so‘z yuritildi. Viloyat hokimi Termiz shahrida “Termiz city”, “Smart city”, “Yashil dunyo bozori” hamda “O‘zbek-afg‘on erkin savdo majmuasi”ni tashkil etish, shuningdek, Uzun, Sho‘rchi va boshqa tumanlarda qurilishi rejalashtirilayotgan qator loyihalarni yanada mukammallashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
SHAHAR VA TUMANLARNI RIVOJLANTIRISH BOSH REJASI

Muallif:
Matbuot xizmati
02
noya
+2
TERMIZDA QAMISHDAN SIFATLI QZP VA LQZP (DSP) MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARILMOQDA
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov Termiz shahridagi “Surxon KSP Grand” MChJ faoliyati bilan tanishdi. Yaqin kunlarda to‘liq quvvatda foydalanishga topshiriladigan mazkur korxonada viloyat hududida o‘sadigan qamish qayta ishlanib, qurilish inshootlari uchun zarur arzon va sifatli QZP va LQZP (DSP)  mahsulotlari ishlab chiqariladi. Umumiy qiymati 5 million dollar bo‘lgan mazkur korxonada 250 nafar kishi doimiy, 2000 nafar kishi mavsumiy  ish bilan ta’minlangan. Yiliga 30 ming kub metr qamish zarrachali va laminatsiya qilingan plitalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zamonaviy va  energiya tejamkor dastgohlar yordamida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlarida foydalanishi bilan birga, xorijga ham eksport qilinadi. Viloyat hokimi korxona ish jarayonini ko‘zdan kechirib, foydalanishga topshirilgunga qadar bu yerda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.
TERMIZDA QAMISHDAN SIFATLI QZP VA LQZP (DSP)  MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARILMOQDA

Muallif:
Matbuot xizmati
01
noya
+2
“TERMIZ CITY” KOMPLEKSINI QURISH BO‘YICHA MEMORANDUM IMZOLANDI
Termiz shahrini obodonlashtirish, uning arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash, aholi va mehmonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Termiz city” majmuasini bunyod etish rejalashtirilayotganligi haqida avval xabar bergan edik. Kecha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov hamda Germaniyaning Latviyada joylashgan “KEMA International Devolopment Ltd” kompaniyasi vakili Normund Kalnensh o‘rtasida ushbu loyiha taklifini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, zamonaviy kompleksni shaharning uchta hududida qurish rejalashtirilgan bo‘lib, 2019 yilning yanvar oyidan Beruniy va Istiqlol ko‘chalari tutashgan 4,2 gektar bo‘sh yer maydonida 1-hudud qurilish ishlari boshlanadi. Bu yerda biznes markaz, mehmonxona, 2 ta 18 qavatli, 1 ta 22 qavatli uy, restoran va boshqa ob’ektlarni bunyod etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu ishlar uchun bosh pudratchi - “KEMA International Devolopment Ltd” kompaniyasi dastlab 240 million dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Bundan tashqari, germaniyalik hamkorlar bilan bir vaqtning o‘zida Sherobod tumanida qiymati 400 million dollar bo‘lgan, yiliga 2,5 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi zavodni bunyod etish ham rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, “Termiz city” kompleksini shaharning 3 ta hududida qurish belgilangan bo‘lib, bu ishlarga mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning yetakchi loyiha institutlari, chet ellik investorlar jalb etilishi ko‘zda tutilgan.
“TERMIZ CITY” KOMPLEKSINI QURISH BO‘YICHA MEMORANDUM IMZOLANDI

Muallif:
Matbuot xizmati
28
okt
+3
SURXONDARYODA DORI-DARMON VOSITALARI VA TIBBIYOT BUYUMLARI ISHLAB CHIQARILADI
Bugun viloyat hokimligida Toshkentdagi tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Noble Star” MChJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Suhbat jarayonida vohamizda o‘sadigan turli xil dorivor o‘simliklardan ko‘plab turdagi dori-darmon vositalari hamda tibbiyotda qo‘llaniladigan bir martalik shprits, shuningdek, maxsus xalat, poyabzal, qo‘lqop singari tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. “Yangi tashkil etilgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasida mahalliy xomashyodan raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi viloyat aholisini sifatli dori-darmon vositalari  va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi”, deyildi muloqotda.
SURXONDARYODA DORI-DARMON VOSITALARI  VA TIBBIYOT BUYUMLARI ISHLAB CHIQARILADI

Muallif:
Matbuot xizmati
01
okt
+2
HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA
Surxondaryo viloyati hokimligida tadbirkor va ishbilarmonlarni o‘ylantirayotgan muammolarini hal qilish hamda yangi istiqbolli g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi o‘tkazib kelinayotgani yaxshi samara bermoqda. Bugun ham faoliyati davomida muammoga duch kelgan tadbirkorlar   birma-bir tinglandi. Muloqot jarayonida yosh ishbilarmonlar Jasur Amonovga nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktabini ochish uchun Termiz shahar hududidan “nol” qiymatida bo‘sh bino,  Azizbek Bo‘riyevga jamoat transporti innovatsion “Aqlli bekat”ini qurish uchun yer maydoni ajratish, “Koskan Termiz” xususiy korxonasiga olib boruvchi umumiy foydalanish yo‘lini ta’mirlash, “Polvontosh” MChJning yangi qurilgan Avtomobillarga gaz to‘ldirish shaxobchasiga gaz tarmog‘ini olib kirishda yuzaga kelayotgan muammoni bartaraf etish, shuningdek, boshqa tadbirkorlar tomonidan aytilgan taklif va murojaatlarni ham o‘rganib chiqib, qisqa muddatda qonuniy asosda hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA

Muallif:
Matbuot xizmati
14
sen
+8
MUZRABOTDA KUZGI G‘ALLA URUG‘INI EKISH BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Boshoqli don ekinlarining ekish muddatlarini to‘g‘ri belgilash zarur tadbirlardan biri bo‘lib, kelgusi yil hosili taqdirini belgilaydi. Hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda kuzgi bug‘doy urug‘ini ekish ishlarining maqbul muddatlarda o‘tkazilishi urug‘ni bir tekis undirib olish, qishki tinim davriga kirish uchun tayyorgarlik holatining yaxshi o‘tishi, me’yorida qishlash va yuqori hosil berishini ta’minlaydi. Shu munosabat bilan bugun Muzrabot tumanida kuzgi g‘alla urug‘ini ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, aloqador tashkilot, korxona va fermer xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdi. O‘tkazilgan seminarda tumandagi 6000 gektar ochiq maydon, 8000 gektar g‘o‘za qatori orasiga kuzgi bug‘doy ekish agrotexnikasi bo‘yicha tegishli maslahat va tavsiyalar berildi. Seminarda ochiq maydon hamda g‘o‘za qatori orasiga g‘alla ekish ishlari ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.
MUZRABOTDA KUZGI G‘ALLA URUG‘INI EKISH BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Muallif:
Matbuot xizmati
12
sen
+6
ZAMONAVIY YO’L KO’RSATKICHLARI SAYYOHLIK OBYEKTLARIGA YO’L BOSHLAR
Viloyatimizda turistik obyektlarga olib boruvchi yo’l ko’rsatkichlari o’rnatilmoqda. Shu kunga qadar 27 ta turistik obyektlarga olib boruvchi yo’llarga yo’l ko’rsatkichlari o’rnatildi. Yil yakuniga qadar yana 18 ta turistlar tashrif buyuradigan obyektlarga olib boruvchi yo’llarga yo’l ko’rsatkichlari o’rnatiladi. Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi
ZAMONAVIY YO’L KO’RSATKICHLARI SAYYOHLIK OBYEKTLARIGA YO’L BOSHLAR

Muallif:
Matbuot xizmati
30
avg
+3
SAYYOHLAR UCHUN YANGI AVTOBUSLAR OLIB KELINMOQDA
Viloyatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlarga hamda viloyatimiz aholisining Respublikamiz bo'ylab sayohat qilishlari uchun qulay transport xizmatini ko'rsatish maqsadida joriy yilda tadbirkorlarimiz tomonidan 18 ta xorijda ishlab chiqarilgan avtobus va mikroavtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan. Shu kunga kadar tadbirkorlarimiz tomonidan jami 12 ta shundan 9 ta avtobus va 3 ta mikroavtobuslar olib kelinib, xorijdan tashrif buyurayotgan sayyohlar va viloyatimiz aholisining Respublikamiz bo'ylab sayohatlari uchun o'z xizmatlarini ko'rsatishni boshladilar. Yil yakuniga qadar yana 6 ta xorijda ishlab chiqarilgan zamonoviy avtobuslar tadbirkorlarimiz tomonidan olib kelinadi. Turizmni  rivojlantirish  davlat  qo'mitasi Surxondaryo  viloyati  hududiy  boshqarmasi
SAYYOHLAR UCHUN YANGI AVTOBUSLAR OLIB KELINMOQDA

Muallif:
Matbuot xizmati
30
avg
+5
MATBUOT ANJUMANI: VILOYAT IQTISODIYOTINING OLTI OYLIK NATIJALARI TAHLIL QILINDI
Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumani “Viloyat iqtisodiyotining olti oylik natijalari: muammo va yechimlar tahlili”ga bag‘ishlandi. Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov, hokimlikning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha majmuasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Anjumanda joriy yilning birinchi yarmida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlar samarasi muhokama etildi.  Ta’kidlanganidek, iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijasida viloyat iqtisodiyotining  barcha tarmoqlarida ijobiy o‘sish tendensiyasi kuzatildi. Dastur doirasida tijorat banklari tomonidan 238 ta loyihalarga 1 trln. 568 mlrd. 832 mln.so‘m kredit mablag‘lari ajratib berildi. Umumiy qiymati 351 mlrd. 218 mln. so‘m mablag‘ hisobiga 158 ta loyiha amalga oshirilib, 1860 ta ish o‘rinlari yaratildi.  Sherobod tumanida “Paxtaoy tekstil” MChJ tomonidan tikuvchilik mahsulotlari, Jarqo‘rg‘on tumanida “Farovon Tekstil Eksport Import” MChJ tomonidan erkaklar shimi va turli xil choyshablar ishlab chiqarish loyihalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, yaqin kunlarda  Termiz shahrida “Amudaryo teks” qo‘shma korxonasining yiliga 7 ming tonna bo‘yalgan ip-kalava ishlab chiqarish, Sherobod tumanida “Olmaliq kon metallurgiya” kombinatining yiliga 1,5 mln.tonna sement ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi. Jarqo‘rg‘on tumanida “Surxon teks” qo‘shma korxonasini kengaytirish hisobidan yillik ishlab chiqarish quvvati 9,0 ming tonnaga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, viloyatning eksport salohiyatini yuksaltirish, “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, muammolar va ularning yechimlari haqida ham so‘z yuritildi. Matbuot anjumanida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari va tashkilotlar rahbarlari jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardilar.
MATBUOT ANJUMANI: VILOYAT IQTISODIYOTINING OLTI OYLIK NATIJALARI TAHLIL QILINDI

Muallif:
Matbuot xizmati
18
avg
+2

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK