SURXONDARYO VILOYATI DELEGATSIYASI XITOYDA
Xitoy O‘zbekistonning eng yirik iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlaridan biridir. Sichuan viloyati esa zamonaviy sanoatni rivojlantirish sur’ati bo‘yicha Xitoyda yetakchi o‘rinni egallaydi. Ushbu viloyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yib, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov boshchiligidagi delegatsiya Chendu shahriga jo‘nab ketgandi. Safarning birinchi kuni viloyatimiz hokimi Sichuan viloyati gubernatori In Li hamda Chendu shahri meri Lo Syan bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida hududlararo savdo-iqtisodiy va sayyohlik sohasidagi  munosabatlarni yanada kengaytirish, ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolash masalalari kelishib olindi. Bugun esa viloyat delegatsiyasi hamda Sichuan ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu forumda viloyatimizning iqtisodiy va eksport salohiyati, investitsiyaviy muhit, sarmoya jalb etish bo‘yicha puxta va ishonchli strategiyasi, qulay jo‘g‘rofiy joylashuvi haqida ma’lumotlar berildi. O‘z navbatida xitoylik ishbilarmonlar Surxondaryoda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar hamda investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart sharoitlar va imtiyozlarni yuqori baholab, o‘zaro manfaatli va istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishga katta qiziqish bildirishdi. Forum yakunida sanoat va qurilish mahsulotlari, energiya tejovchi texnologiyalar, elektronika, tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator investitsiyaviy shartnomalar imzolandi. Joriy yilning 3 avgustiga qadar davom etadigan safar davomida Sichuan viloyatidagi yirik sanoat korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.
SURXONDARYO VILOYATI DELEGATSIYASI XITOYDA

Muallif:
Matbuot xizmati
01
avg
+2
SHEROBOD SEMENT ZAVODI DASTLABKI MAHSULOTINI ISHLAB CHIQARDI
Sherobod tumanining “Vandob” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barpo etilayotgan sement zavodi vohamizda qurilish sanoatini zamon talablari darajasida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kecha ushbu sanoat korxonasida bo‘lib, jadal sur’atlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdik. Bosh pudratchi Turkiyaning “Dal Teknik” kompaniyasi vakillari Ali Abatay va Erkan Durak bilan bo‘lgan muloqotda ta’kidlanganidek, loyiha qiymati 212,8 million dollar bo‘lgan ushbu sanoat korxonasida yiliga 1,5 million tonna portlandsement ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Korxona ishga tushgach, bu yerda mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi. Mahsulotning asosiy qismi ichki talabni qondirishga yo‘naltiriladi. Quvonarlisi, kuni kecha zavod dastlabki mahsulotini ishlab chiqardi. Muloqot chog‘ida “Dal Teknik” kompaniyasi vakillari zavod tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu portlandsement namunasini taqdim etishdi. Muloqot yakunida qurilish-montaj ishlarini yanada jadallashtirish, sifati hamda Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik bayramiga tuhfa sifatida foydalanishga topshirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.
SHEROBOD SEMENT ZAVODI DASTLABKI MAHSULOTINI ISHLAB CHIQARDI

Muallif:
Matbuot xizmati
26
iyul
+7
VILOYAT HOKIMI AFG‘ONISTONLIK ISHBILARMONLAR BILAN UCHRASHDI
Bugun O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar yangi bosqichda rivojlanib bormoqda. Xususan, surxondaryolik va qo‘shni mamlakat ishbilarmon doiralarining teng sheriklikka asoslangan munosabatlarini kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar bunga yaqqol misoldir.Viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov hamda “Afghan-German company” qo‘shma korxonasi ta’sischilari Samiulloh Samkanay va Abdulvahob Kaimiy o‘rtasida o‘tkazilgan muloqot ham qurilish sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlandi. Muloqot davomida viloyatimizdagi qulay ishbilarmonlik muhiti, mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qator imtiyoz va qulayliklar haqida ma’lumotlar berildi. Uning yakunida qurilish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan “Afghan-German company” qo‘shma korxonasi bilan umumiy qiymati 10 mln. dollarga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish evaziga Termiz shahrida zamonaviy turar-joy komplekslari va mehmonxona qurishga kelishib olindi.
VILOYAT HOKIMI AFG‘ONISTONLIK ISHBILARMONLAR BILAN UCHRASHDI

Muallif:
Matbuot xizmati
21
iyul
+3
Sherobodda yangi bozor faoliyatini boshladi
Sherobod tumani markazidagi Do’stlik mahallasida tadbirkor Sherzod To’ranazarov tomonidan yangi qurilish mollari bozori qurilib, foydalanishga topshirildi. 
Sherobodda yangi bozor faoliyatini boshladi

Muallif:
Matbuot xizmati
01
iyul
+7
Avstriya
Avstriyaning poytaxti Vena shahri bo‘lib, sanoati rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Avstriya hududining asosiy qismi Alp tog‘lari bilan o‘ralgan bo‘lib, zamonaviy turizm markazidir. Avstriya o‘zining arxitekturasi va barokko usulidagi imoratlari bilan dunyo sayyohlarini o‘ziga maftun etib kelmoqda.
Avstriya

Muallif:
Matbuot xizmati
17
may
+23
Boysunda maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimi takomillashtirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida shahar va qishloqlarimizda zamonaviy qiyofadagi maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilmoqda.
Boysunda maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi

Muallif:
Matbuot xizmati
09
apr
+5
Yana maqolalarni yuklash
1 2 3

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK