SURXONDARYODA SHAMOLDAN ELEKTR ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH YO‘LGA QO‘YILMOQDA
Mamlakatimiz ulkan shamol resurslariga ega bo‘lib, ulardan arzon elektr energiyasi olish uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Shu bois Surxondaryo viloyatida aholi hamda sanoat ishlab chiqarishni arzon energiya bilan ta’minlash maqsadida shamol energetikasini rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun viloyat hokimi Bahodir Po‘latov hamda Turkiyaning “ETKA CO ENERJI” AŞ hamda Toshkentdagi “SHAMS” ilmiy markazi vakillari Zulfiqor Ustungar va Zafar Shermatov o‘rtasida o‘tkazilgan muloqotda ushbu kompaniya tomonidan Boysun tumanida 600 mVt. elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan shamol energiyasini ishlab chiqarish loyihasi haqida so‘z yuritildi. Muloqotda “ETKA CO ENERJI” AŞ kompaniyasi “SHAMS” ilmiy markazi bilan hamkorlikda Boysun tumanining dengiz sathidan 1500-1700 metr balandlikda joylashgan tog‘li hududida shamol elektr stansiyasini qurish  va muqobil elektr energiya ishlab chiqarish uchun umumiy qiymati 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish,  shamol energiyasi uskunalari va jihozlarini o‘rnatish, loyiha ishga tushgach ishlab chiqarilgan elektr energiyani hozirgidan 10 foiz arzonlashtirilgan holda sotish, shuningdek, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalar kelishib olindi. Ushbu yirik loyihani 2020 yilgacha foydalanishga topshirish rejalashtirilayotgan bo‘lib, buning natijasida Boysun va Sherobod tumanlaridagi iste’molchilarni muqobil elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash sifati yanada oshadi. 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
SURXONDARYODA SHAMOLDAN ELEKTR ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Muallif:
010719977
06
okt
+2
“TERMIZ” ERKIN IQTISODIY ZONASI – TARAQQIYOT TAYANCHI
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Pulatov Termiz tumani hududida yangi tashkil etilgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbariyati - “Surxon Global Trade” MChJ vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 sentyabrdagi Farmoniga muvofiq, chegaradosh mamlakatlar, xususan Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan samarali savdo va transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida viloyatimizning chegara yaqini hududida ilgari ajratilgan 3000 gektar maydonli yer uchastkasida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Uning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yil bo‘lib, keyinchalik uni uzaytirish ehtimoli ham bor.  “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbariyati - Bosh direktor Alisher Tillayev boshchiligidagi “Surxon Global Trade” MChJ vakillari bilan bo‘lgan muloqotda mahalliy xomashyo va materiallar negizida raqobatbardosh tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish, EIZ hududidagi sanoat korxonalari va infratuzilma ob’ektlarida yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bilan bog‘liq hamkorlikdagi vazifalar atroflicha muhokama etildi.
“TERMIZ” ERKIN IQTISODIY ZONASI – TARAQQIYOT TAYANCHI

Muallif:
010719977
26
sen
+3
TADBIRKORLIK TASHABBUSLARI VA LOYIHALARINI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA BAG‘IShLANDI
Bugun viloyat hokimligida tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirish, investitsiyaviy salohiyatni yanada yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.  Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Hisob palatasi vakillari, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, aloqador tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3939-sonli qarori bilan tasdiqlangan Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha guruhning asosiy vazifalari,  2018 yil 19 iyuldagi 3874-sonli qaroriga asosan, viloyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish va bu ishlarni doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur ijrosi hamda  viloyatning investitsiyaviy salohiyatini yanada yuksaltirish xususida fikr almashishdi.
TADBIRKORLIK TASHABBUSLARI VA LOYIHALARINI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA BAG‘IShLANDI

Muallif:
010719977
13
sen
+7
EKSPORTYOR KORXONALAR VAKILLARI BILAN MULOQOT
Bugun viloyat hokimligida belgilangan eksport prognoz ko‘rsatkichlarni ta’minlash va eksportni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalliy eksport qiluvchi korxonalar va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mahalliy budjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlashda viloyat eksport salohiyatining mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyati atroflicha tahlil qilindi.  Muloqot davomida eksportyor korxonalarning mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha rejalari, ushbu rejalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi, takliflari tinglandi. Aloqador tashkilotlar va tijorat banklari rahbarlariga ushbu korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish va ularga har tomonlama qulayliklar yaratish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
EKSPORTYOR KORXONALAR VAKILLARI BILAN MULOQOT

Muallif:
010719977
11
sen
+4
ZAMONAVIY UY-JOY QURILISHI KO‘LAMINI KENGAYTIRISH MAQSADIDA
Viloyatimiz shahar va qishloqlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi uy-joylar qurish hisobiga aholining hayot darajasi va sifatini oshirish, hududlarda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun viloyat hokimligida Afg‘onistonning “Inigue Builders construction company” MChJ ta’sischilari  Ahmad Jovid Sultoniy, Aminulloh Anvariy va Abduljabbor Abdulg‘affor bilan o‘tkazilgan muloqotda ham arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish masalasi muhokama etildi. Unda Termiz shahrining 4-kichik dahasida zamonaviy qurilish materiallari asosida ko‘p qavvatli uy-joylar kompleksini bunyod etishga kirishish, uning rejasida maktabgacha ta’lim muassasasi, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, sport maydonchalari va muhandislik tarmoqlari, hovli qismida bolalar maydoni, uy egalari dam olishlari uchun sharoitlarni e’tiborga olish borasida so‘z yuritildi.
ZAMONAVIY UY-JOY QURILISHI KO‘LAMINI KENGAYTIRISH MAQSADIDA

Muallif:
010719977
11
sen
+2
ANGORDA MINERAL O‘G‘IT ISHLAB CHIQARADIGAN YIRIK KORXONA TASHKIL ETILADI
Tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda mineral o‘g‘itlarning ahamiyati katta. “Naturein Co.LTD” Janubiy Koreya Respublikasidagi mineral o‘g‘it ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniyalardan biridir. Viloyat hokimligida ushbu kompaniya vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyatimizning Angor tumanida umumiy loyiha qiymati 18 mln. dollarga teng bo‘lgan mineral o‘g‘it ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rnatish, korxona foydalanishga topshirilgach qator yangi ish o‘rni yaratish masalalari kelishib olindi.
ANGORDA MINERAL O‘G‘IT ISHLAB CHIQARADIGAN YIRIK KORXONA TASHKIL ETILADI

Muallif:
010719977
10
sen
+5
QUYOSH BATAREYALARI O‘RNATILADI
Mamlakatimizda muqobil energiya manbalari, eng avvalo quyosh energiyasidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyat hokimligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Headwall Power LLC” kompaniyasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda ham viloyatimizning muqobil energiya manbalari sohasidagi salohiyati, quyosh energetikasini rivojlantirish, shu jumladan quyosh elektrstansiyalarini bunyod etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Muloqot chog‘ida “Headwall Power LLC” kompaniyasining qayta tiklanadigan energetika sohasidagi muvaffaqiyatli loyihalari haqida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu kompaniya tomonidan Qiziriq tumanida quvvati 300 megavatdan 1 gigavatgacha bo‘lgan, umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollarlik loyihalarni amalga oshirish, bunda birinchi bosqichda Bandixon massivida 490 ta xonadonga tajriba tariqasida quyosh panellarini o‘rnatishga kelishib olindi.
QUYOSH BATAREYALARI O‘RNATILADI

Muallif:
010719977
10
sen
+4
SARMOYADORLAR BILAN UCHRASHUV
Bugun viloyat hokimligida “Inno construction”, “Smart Items”, “Hayat Grant” hamda “Frut-Miks” korxonalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.“Inno construction” o‘zbekistonlik ishbilarmonlar tomonidan Shotlandiyada, “Smart Items” esa Birlashgan Arab Amirliklarida ochilgan korxonalar bo‘lib, katta hajmdagi qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishga ixtisoslashgan. Sherobod tumanidagi “Hayat Grant” MChJ sifatli qurilish ishlarini bajarishda “Inno construction” korxonasi bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan. Uchrashuvda viloyatda amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik ishlarida ushbu korxonalarning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, sarmoya kiritish bo‘yicha yaratilgan qulaylik va imtiyozlardan samarali foydalanishlariga ko‘maklashish masalalari muhokam etildi. Muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi Toshkentdagi “Frut-Miks” korxonasining viloyatimizda filialini ochish, vohada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijga eksport qilishda shart-sharoitlar yaratishga ham kelishib olindi.
SARMOYADORLAR BILAN UCHRASHUV

Muallif:
010719977
01
sen
+6
TERMIZDA YIRIK TO‘QIMACHILIK KORXONASI ISHGA TUSHDI
Surxon vohasining tabiiy iqlim sharoiti to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan xomashyo yetishtirish uchun juda qulay. Viloyat mirishkorlari paxta parvarishida boy tajriba to‘plagan. Shu sababli, mahalliy sharoitda yetishtirilgan sifatli paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga e'tibor kuchaytirilmoqda. Bugun Termiz shahrida foydalanishga topshirilgan “Amudar Teks” O‘zbekiston-Angliya qo‘shma korxonasi yiliga 7 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. 10 million dollardan ortiq qiymatdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinadi. Uning ishga tushirilishi 700 ta ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Tantanali ochilish marosimida ushbu to‘qimachilik korxonasi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi ta'kidlandi. Ishda fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarning bir guruhiga esdalik sovg‘alari topshirildi. Mehmonlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
TERMIZDA YIRIK TO‘QIMACHILIK KORXONASI ISHGA TUSHDI

Muallif:
010719977
31
avg
+5
TOJIKISTON DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
Viloyat hokimligida eng ulug', eng aziz bayram – O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligiga bag'ishlab Termiz shahrida bo'lib o'tadigan bayram tantanalariga taklif etilgan Xatlon viloyati raisining birinchi o'rinbosari Sulaymon Ziyozoda boshchiligidagi Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda O'zbekiston va Tojikiston Respublikalari davlat rahbarlarining Toshkentda bo'lib o'tgan oliy darajadagi uchrashuvlari chog'ida imzolangan Surxondaryo hamda Xatlon viloyatlari o'rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik to'g'risidagi bitim o'zaro aloqalarni rivojlantirishga keng yo'l ochilganligi e'tirof etildi. Tomonlar bir-birlariga esdalik sovg'alarini ulashdilar.
TOJIKISTON DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

Muallif:
010719977
28
avg
+2
AFG'ONISTON DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
Viloyat hokimligida mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag'ishlab Termiz shahrida bo'lib o'tadigan bayram tantanalariga taklif etilgan Afg'oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi a'zolari hamda Rossiya Federatsiyasi, Hindiston va Tojikiston Respublikalarining Mozori Sharifdagi diplomatik korpuslari vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
AFG'ONISTON DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

Muallif:
010719977
27
avg
+5
UZUN TUMANIDA YANGI MAHALLA MARKAZI, SAVDO KOMPLEKSI VA DEHQON BOZORI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Uzun tuman Kengashining zamonaviy usulda barpo etilgan binosi, “Uzun Ravnaq Fayz” savdo kompleksi va tuman dehqon bozorining bugun  foydalanishga topshirilishi eng ulug‘, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga ajoyib tuhfa bo‘ldi. Tumanning 165 ming nafardan ortiq aholisi istiqomat qilayotgan 45 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi Kengash binosida 700 million so‘mlik qurilish-montaj va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Mahalla markazida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar xalqimizga malakali va sifatli xizmat ko‘rsatishga to‘la imkon beradi. “Uzun Ravnaq Fayz” savdo kompleksi qurilishiga esa 15 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanib, bu yerda sotuvchi va xaridorlar uchun qator qulayliklar yaratildi. 138 ta savdo shaxobchasi tashkil etilib, turli arzon va sifatli buyumlar savdosi yo‘lga qo‘yildi, 450 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Foydalanishga topshirilgan tuman dehqon bozori pavilonlarida go‘sht, sut, tuxum va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda xo‘jalik mollari sotishga mo‘ljallangan 596 ta savdo rastasi mavjud. Barcha inshootlar toza ichimlik suvi bilan ta’minlanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash ombori, avtomobil to‘xtash joyi qurilgani sotuvchi va xaridorlarga yanada qulaylik yaratmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun 7,5 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. 750 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi. Bir so‘z bilan aytganda, viloyatimiz shahar va tumanlarida amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik, yaratuvchanlik, tashabbuskorliklarning barchasi odamlarning hayotidan mamnun, jamiyatdan rozi bo‘lib yashashiga qaratilgani bilan yanada quvonarlidir.
UZUN TUMANIDA YANGI MAHALLA MARKAZI, SAVDO KOMPLEKSI VA DEHQON BOZORI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Muallif:
010719977
23
avg
+6

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK