SHEROBODDA QURILISHBOP PARDOZLASH PLITALARI ISHLAB CHIQARISH YO‘LGA QO‘YILDI
Sherobod tumanida “Komfort inert servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatining granit va gabbro toshlaridan qurilishbop pardozlash plitalari ishlab chiqarish loyihasi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar viloyat qurilish sohasida hayotga tadbiq etilayotgan bunday yirik loyihalar mamlakatimiz taraqqiyoti, farovonligining ifodasi ekanligi, pardozlash plitalari korxonasi vohada qurilish materiallariga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish bilan bir qatorda, uning eksport salohiyati yuksalishiga ham zamin yaratishini ta’kidlashdi. Umimiy qiymati 5,1 million dollar bo‘lgan mazkur korxonada 205 nafar kishi doimiy  ish bilan ta’minlangan. Yiliga 300 ming kvadrat metr granit va gabro mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zamon talablariga mos texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlarida foydalanilishi bilan birga, xorijga ham eksport qilinadi.
SHEROBODDA QURILISHBOP PARDOZLASH PLITALARI ISHLAB CHIQARISH YO‘LGA QO‘YILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
04
noya
+6
“TERMIZ CITY” ZAMONAVIY KOMPLEKSINI QURISH TAKLIFI MUHOKAMA ETILDI
Surxondaryo viloyati hokimligida Termiz shahrini obodonlashtirish, uning arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash, aholi va mehmonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Termiz city” majmuasini bunyod etish loyiha taklifi muhokama etildi. Viloyat hokimi Bahodir Po‘latov hamda Germaniyaning “Kema” kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Termiz shahridagi “Arch Design Service” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha taklifiga ko‘ra, “Termiz city” zamonaviy kompleksini shaharning 3 ta - Islom Karimov hamda yangi qurilayotgan Loyihaviy 7-7 ko‘chalari kesishuvidagi 11 gektar, A.Navoiy nomli ko‘cha yoqasida barpo etilayotgan “Yashil dunyo” savdo kompleksi yonidagi 25 gektar, Beruniy va Istiqlol ko‘chalari tutashgan bo‘sh yer maydonidagi 4,2 gektar hududida qurish rejalashtirilgani aytildi. Majmuada biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxona va ofislar, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l-u favvoralar, yer osti avtoturargohlari, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarni bunyod etish ko‘zda tutilgani, bu ishlar uchun bosh pudratchi - Germaniyaning “Kema” kompaniyasi 2 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishi, shuningdek, mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning yetakchi loyiha institutlari, chet ellik investorlar jalb etilishi ta’kidlandi. Ikki yilga mo‘ljallangan ushbu loyiha taklifini o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangandan so‘ng amalga oshirishga kelishib olindi.
“TERMIZ CITY” ZAMONAVIY KOMPLEKSINI QURISH TAKLIFI MUHOKAMA ETILDI

Muallif:
Matbuot xizmati
26
okt
+14
ROSSIYA KOMPANIYASI SURXONDARYODA 472 MLN DOLLARGA ISSIQXONA BARPO QILADI
Rossiyaning eng yirik sabzavot ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan “Eko-kultura” kompaniyasi 2019 yilda Surxondaryoda pomidor ishlab chiqarishga ixtisoslashgan agrokompleksni ishga tushiradi.  Umumiy maydoni 314 gektarni tashkil etadigan issiqxona qurilishi uchun 472 million dollar yo‘naltiriladi.  Bundan tashqari kompaniya 92 million dollarni 1000 gektar bog‘ barpo qilish uchun sarflaydi. Bu yerda yetishtiriladigan mahsulotlarning 40 foizi Rossiya, 60 foizi esa Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi davlatlarga eksport qilinadi.
ROSSIYA KOMPANIYASI SURXONDARYODA 472 MLN DOLLARGA ISSIQXONA BARPO QILADI

Muallif:
Matbuot xizmati
25
okt
+5
SURXONDARYODA YIRIK TO‘QIMACHILIK KORXONASI ISHGA TUSHDI
Bugun Surxondaryo viloyatida mahalliy sharoitda yetishtirilgan sifatli paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yana bir yangi korxona foydalanishga topshirildi. Denov tumanidagi “Shashmoxkashob Tekstil” MChJ yiliga 6 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. 10 million dollardan ortiq qiymatdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinadi. Uning ishga tushirilishi 300 ta ish o‘rni yaratish imkonini berdi. 2019 yilda mazkur korxonani kengaytirish hisobidan yiliga 7 mln. pogonometr trikotaj va to‘quvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha yana 350 yangi o‘rni yaratish ko‘zda tutilmoqda. “Shashmoxkashob Tekstil” MChJning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Bahodir Po‘latov ushbu to‘qimachilik korxonasi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidladi. Ishda fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarning bir guruhiga esdalik sovg‘alari topshirildi. Mehmonlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
SURXONDARYODA YIRIK TO‘QIMACHILIK KORXONASI ISHGA TUSHDI

Muallif:
Matbuot xizmati
24
okt
+6
ROSSIYALIK ISHBILARMONLAR SURXONDARYODA
Joriy yilning 18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan  “O‘zbekiston-Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi doirasida Surxondaryo hamda Novosibirsk viloyatlari rahbarlari, ishbilarmon doira vakillari ishtirokida qator uchrashuvlar o‘tkazilganligi haqida avval xabar bergan edik.  Uchrashuvlar chog‘ida hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha bitim,  investitsion loyihalarni amalga oshirish va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha jami 390,8 mln. dollarlik 14 ta shartnoma imzolanib, kelgusida 2 ta ulgurji-ta’minot markazi, 1 ta savdo uyini tashkil etishga kelishib olindi. Forumdan so‘ng “TX Sibirskiy Gigant” MChJ direktori Aleksandr Mansurov boshchiligidagi bir guruh rossiyalik ishbilarmonlar Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ular Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskani, “Gold Agro Fresh” agrofirmasidagi issiqxona majmuasi, “Gold Dreid Fruits” MChJning meva-sabzavotni qayta ishlash va saqlash faoliyati, “Termez Cargo Centre” MChJ tomonidan tashkil etilgan Xalqaro logistika markazi hamda Sherobod tumanida tashkil etilgan anorzorlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif so‘ngida “TX Sibirskiy Gigant” MChJ bilan Rossiya bug‘doyini “SURXON IMPORT EKSPORT AGRO” MChJda qayta ishlagan holda Afg‘oniston Islom Respublikasiga eksport qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
ROSSIYALIK ISHBILARMONLAR SURXONDARYODA

Muallif:
Matbuot xizmati
21
okt
+4
O‘ZBEKISTON-ROSSIYA: SURXONDARYO VA NOVOSIBIRSK VILOYATLARI O‘RTASIDA HAMKORLIK BITIMI IMZOLANDI
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi o‘z ishini davom ettirmoqda. Anjuman bugun ikki mamlakat vazirlik va idoralari, hududlari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida tashkil qilingan “Salohiyatlarni namoyish etamiz” mavzusidagi biznes nonushta bilan boshlandi. Unda mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni o‘rnatish, iqtisodiy zonalar istiqbollari kabi masalalari yuzasidan fikr almashildi. Anjumanda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov ham viloyatning investitsiya salohiyati va uni ro‘yobga chiqarish borasida erishilayotgan natijalar, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazdi. Taqdimotdan so‘ng Surxondaryo viloyati hokimi hamda Novosibrsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida hududlararo hamkorlik bitimi imzolandi.
O‘ZBEKISTON-ROSSIYA: SURXONDARYO VA NOVOSIBIRSK VILOYATLARI O‘RTASIDA HAMKORLIK BITIMI IMZOLANDI

Muallif:
Matbuot xizmati
19
okt
+6
MEVA-SABZAVOTLARIMIZ XUSHTA’M, SIFATI YUQORI
MEVA-SABZAVOTLARIMIZ XITOYLIK ISHBILARMONLAR E’TIROFIDA: XUSHTA’M, SIFATI YUQORI, EKOLOGIK TOZA Amaliy tashrif bilan viloyatimizda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasi delegatsiyalari a’zolari Oltinsoy, Denov, Uzun va Sariosiyo tumanlariga tashrif buyurishdi. Xitoylik ishbilarmonlarning Oltinsoy tumanidagi “East West Surxon”, Denov tumanidagi “Shashmohkashob”, “Rahmon-Taraqqiyot-Omad”, “Denov vino-aroq”, Uzun tumanidagi “Uzun Agro Rebbit”, Sariosiyo tumanidagi “UzAgroLider”, “Rayim Alibek Mirzo”, “Abdurahmon-Abdug‘affor-Davr” singari xo‘jalik subyektlari faoliyati bilan tanishuvi hamkorlik uchun muhim qadam bo‘ldi. Tanishuv jarayonida mahalliy va xorijlik tadbirkorlar meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishning iqtisodiy texnologiyalari, mahsulotni qayta ishlash va eksportini takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Eslatib o‘tamiz, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq yetakchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat Sichuan provinsiyasi delegatsiyasi a’zolarining viloyatimizdagi tashrifi yakunida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan memorandumlar imzolash ko‘zda tutilgan.
MEVA-SABZAVOTLARIMIZ XUSHTA’M, SIFATI YUQORI

Muallif:
Matbuot xizmati
11
okt
+3
XITOYLIK ISHBILARMONLARNING VILOYATIMIZGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA
Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasidan viloyatimizga tashrif buyurgan bir guruh ishbilarmon doira vakillari Jarqo‘rg‘on,  Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida bo‘lishdi. Tashrif davomida mehmonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va eksportga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Surxon Golden Trade” MChJning Jarqo‘rg‘on tumanidagi sexida yeryong‘oqni saralash jarayoni, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Asadbek Imkon Maks” chorvachilik kompleksining  naslli qoramollarni ko‘paytirish orqali mahsuldorlikni oshirish,  Sho‘rchi tumanidagi “Mo‘min tekstil” MChJning to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Eslatib o‘tamiz, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq yetakchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat Sichuan provinsiyasi delegatsiyasi a’zolarining viloyatimizdagi tashrifi davomida Denov, Oltinsoy, Boysun, Sherobod, Angor tumanlaridagi yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, meva-sabzavotchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan ham yaqindan tanishishlari rejalashtirilgan. 5 kunlik tashrif yakunida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilish sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan memorandumlar imzolash ko‘zda tutilgan.
XITOYLIK ISHBILARMONLARNING VILOYATIMIZGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA

Muallif:
Matbuot xizmati
10
okt
+3
XITOYLIK ISHBILARMONLAR SURXONDARYODA
Joriy yilning 31 iyul – 3 avgust kunlari Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga uyushtirgan amaliy safari davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, kecha Sichuan provinsiyasining bir guruh ishbilarmon doira vakillari viloyatimizga tashrif buyurdi. Tashrifning birinchi kuni Termiz shahri va tumanidagi tarixiy  obidalar va qadamjolar, mustaqillik davrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan xorijlik mehmonlar ishtirokida bugun viloyat hokimligida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq yetakchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat delegatsiya a’zolariga mamlakatimizda ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar, eksport uchun yaratilgan qulaylik haqida ma’lumot berildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so‘z yuritildi. 213 ta kompaniyani o‘zida birlashtirgan, 40 ming nafardan ziyod ishchi-xodim mehnat qilayotgan ZiGong Guo Ming Food Co., Ltd. assotsiatsiyasi prezidenti Chjou Guoming tabiiy iqlim sharoiti, malakali ishchi kadrlari va qulay jug‘rofiy joylashuvi Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi salohiyatining asosi ekanligini ta’kidlar ekan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilish sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yaxshi samara berishini e’tirof etdi. 5 kunlik tashrif davomida mehmonlarning viloyatdagi yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishlari rejalashtirilgan.
XITOYLIK ISHBILARMONLAR SURXONDARYODA

Muallif:
Matbuot xizmati
08
okt
+2
SURXONDARYODA SHAMOLDAN ELEKTR ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH YO‘LGA QO‘YILMOQDA
Mamlakatimiz ulkan shamol resurslariga ega bo‘lib, ulardan arzon elektr energiyasi olish uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Shu bois Surxondaryo viloyatida aholi hamda sanoat ishlab chiqarishni arzon energiya bilan ta’minlash maqsadida shamol energetikasini rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun viloyat hokimi Bahodir Po‘latov hamda Turkiyaning “ETKA CO ENERJI” AŞ hamda Toshkentdagi “SHAMS” ilmiy markazi vakillari Zulfiqor Ustungar va Zafar Shermatov o‘rtasida o‘tkazilgan muloqotda ushbu kompaniya tomonidan Boysun tumanida 600 mVt. elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan shamol energiyasini ishlab chiqarish loyihasi haqida so‘z yuritildi. Muloqotda “ETKA CO ENERJI” AŞ kompaniyasi “SHAMS” ilmiy markazi bilan hamkorlikda Boysun tumanining dengiz sathidan 1500-1700 metr balandlikda joylashgan tog‘li hududida shamol elektr stansiyasini qurish  va muqobil elektr energiya ishlab chiqarish uchun umumiy qiymati 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish,  shamol energiyasi uskunalari va jihozlarini o‘rnatish, loyiha ishga tushgach ishlab chiqarilgan elektr energiyani hozirgidan 10 foiz arzonlashtirilgan holda sotish, shuningdek, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalar kelishib olindi. Ushbu yirik loyihani 2020 yilgacha foydalanishga topshirish rejalashtirilayotgan bo‘lib, buning natijasida Boysun va Sherobod tumanlaridagi iste’molchilarni muqobil elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash sifati yanada oshadi. 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
SURXONDARYODA SHAMOLDAN ELEKTR ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Muallif:
Matbuot xizmati
06
okt
+2

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK