» » Oila mustahkamligi - jamiyat tayanchi
Murojaat yo`llash

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatida inson va uning manfaatlari ustuvor ekan, ko‘zlagan maqsadlarga erishishda hayotimizning tayanchi va suyanchiga aylangan oilaning o‘rni benihoya kattadir.


Surxondaryo viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilish ham jamiyatdagi oilaviy mustahkamlikka erishishda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hududiy bo‘linmalarining rolini yanada oshirishga bag‘ishlandi.


Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda oilaning reproduktiv salomatligi yaxshilash, farovonligi va xotirjamligini oshirish, barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning o‘rnini kuchaytirish, ajrimga olib kelayotgan muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Yig‘ilish so‘ngida ijtimoiy hamkorlikda olib boriladigan ishlar, bajariladigan vazifalar belgilab olindi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK