» » Termizda Janubiy Koreya kinolari festivali ochildi
Murojaat yo`llash

Bugun Termiz shahrida boshlangan Koreya madaniyati kunlari doirasida kinofestival ochildi. “Yoshlar markazi”da tashkil etilgan ushbu marosimda Surxondaryo viloyati hokimligi mutasaddilari, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, qator yirik kompaniyalari “Koryo” raqs ansambli vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari va san’atsevar tomoshabinlar ishtirok etdi.


Unda so‘zga chiqqan viloyat hokimining o‘rinbosari Ro‘zimurod Choriyev hamda Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U ushbu kinofestival o‘zbek va koreys xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida ezgu g‘oyalarni targ‘ib qilishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidlashdi.


Madaniy anjuman Li Xvan Gyon tomonidan suratga olingan "Yettinchi kameradagi mo‘jiza" filmi bilan boshlandi. Unda oilaviy munosabatlar, yoshlar hayoti, sadoqat va inson irodasi haqida hikoya qilinadi.

Viloyatimiz kino ixlosmandlari 6 dekabrga qadar davom etadigan tadbir kunlari Janubiy koreyalik kinoijodkorlarning “G‘aroyib tush” va “Faqat sen” filmlarini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishadi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK