» » Hududlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi
Murojaat yo`llash

Bugun, 4 dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘plab sohalarni qamrab olgan hamkorlik aloqalari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotgani, Termiz shahrida o‘tkazilayotgan Koreya madaniyati kunlari madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Hozirda Surxondaryo viloyatida esa 800 nafarga yaqin koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi. Koreys sarmoyasi asosida tashkil etilgan 8 ta qo‘shma korxona ishlab chiqarishning turli sohalarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.


Muloqot chog‘ida Surxondaryo hamda Koreya Respublikasi mintaqalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, turizm, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK