» » Mehrga muhtoj insonlar doimo ardoqda
Murojaat yo`llash

Har yili 3 dekabr sanasining mamlakatimizda xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanishi xalqimizning qalbi mehr va saxovatga to‘la ekanligidan dalolat beradi. Yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar davlatimiz tomonidan muhofazaga olingan, ularga doimo g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. O‘zgalar mehri va yordamiga muhtojlarning uylariga borib, holidan xabar olinadi, moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatiladi.

Sana munosabati bilan Surxondaryoda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarni har taraflama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularning xonadonlariga borilib, holidan xabar olinmoqda, xayriya va saxovat yordamlarini ko‘rsatilmoqda.


Xususan, bugun Termiz shahridagi “Grand Almaz” tantanalar saroyida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri imkoniyati cheklangan kishilar bee’tibor emasliklari, ular uchun barcha qatori imkoniyat yaratilganligining dalili sifatida namoyon bo‘ldi. Ularga viloyat hokimligi va hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari, ko‘plab protez-ortopediya mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, hassa va qo‘ltiq tayoqlar hadiya etildi.

To‘kin dasturxon, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada joziba bag‘ishlab, barchaga xush kayfiyat ulashdi.


Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari O‘ktam Qobilov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK