» » Jasorat va mardlik e’tirofi
Murojaat yo`llash

Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning barqarorligi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning, xalqimiz farovonligining ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunda ichki ishlar idoralari xodimlarining ham alohida o‘rni bor.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni keng nishonlanayotgani ushbu mas’uliyatli kasb sohiblariga bo‘lgan e’tiborning yorqin namunasidir. Mazkur sana munosabati bilan Termiz shahridagi “Afruz” tantanalar saroyida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Bahodir Po‘latov, viloyat prokurori Ulug‘bek Qosimov, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Satvoldiyev va boshqalar ichki ishlar tizimida kechayotgan islohotlar, soha vakillarining tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi fidokorona faoliyati to‘g‘risida to‘xtalishib, mardona xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

Tadbirda el-yurt tinchligi, osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda jonbozlik ko‘rsatgan, o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashgan bir guruh xodimlar maxsus unvon, ko‘krak nishoni, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ishtirokchilar uchun yozilgan dasturxon, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada joziba bag‘ishlab, barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+1
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK