» » MUDOFAA MASALALARIGA BAG‘ISHLANDI
Murojaat yo`llash

Viloyat hokimligida 28 noyabr kuni mamlakatimiz Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Chirchiq dala o‘quv maydonida harbiy-ma’muriy sektorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ishtirokida hamda Qurolli Kuchlar akademiyasida Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan yig‘ilishlaridan kelib chiqadigan xulosa va vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Bahodir Po‘latov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda sohadagi islohotlarga mos ravishda viloyatda mudofaa ishlarini belgilangan meyorlar asosida samarali tashkil qilish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,  aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini yuksaltirish hamda boshqa bir qator muhim masalalar muhokam etilib, qilinishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar va zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK