» » YOSHLAR ITTIFOQI O‘Z BIZNESINI BOSHLAMOQCHI BO‘LGAN SHEROBODLIK YOSHLAR UCHUN SAYOHAT UYUSHTIRDI
Murojaat yo`llash

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SHerobod tuman Kengashi tuman Agrosanoat kasb-hunar kolleji bitiruvchilari uchun “Paxataoy tekstil” MCHJga sayohat uyushtirdi. Tashrif chog‘ida yoshlar ishlab chiqarish jarayoni hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar bilan tanishdi.

Korxona rahbari Xadicha Valiyevaning aytishicha, korxona asosan tekstil mahsulotlari, xususan, erkaklar, ayollar va bolalar uchun mavsumiy kiyim-kechaklar ishlab chiqariladi. Korxonada esa 100 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qiladi.

Ushbu sayohatdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarni tadbirkorlik subyektlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish va ularda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat edi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SHerobod tuman Kengashi raisi Asadulla Tojiyev – Shu bois, sayohat davomida ishtirokchilarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo‘l-yo‘riqlari haqida kengroq ma’lumotlar berishga harakat qildik.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+1
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK