» » VILOYAT HOKIMLIGIDA SEMINAR TRENING O‘TKAZILDI
Murojaat yo`llash
Surxondaryo viloyati hokimligida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining xalqaro ekspertlari ishtirokida "Hududlarni investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning samarador yo‘llari to‘g‘risida" hududiy treninglar o‘tkazildi.

Seminar treningda Investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasining chet-el investitsiyalarini jalb qilish bo‘lim boshlig‘i A.Shaymardanov va Latviya davlatidan tashrif buyurgan vakillar olib bordi.
Viloyat miqyosida o‘tkazilgan ushbu seminar treningda Investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi, va barcha tuman-shahar bo‘limlarining xodimlari shuningdek, barcha tuman-shahar hokimlarining Investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarlari faol ishtirok etdi.
Hududlarni investitsiyaviy jozibadorligini oshirish yuzasidan bir qator savol javoblar va takliflar bildirildi va seminarni ko‘tarinki saviyada o‘tkazilgani uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligi bildirildi.
Maqola muallifi:
010719977
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK