» » TERMIZ SHAHRIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLARGA YANGI UY-JOYLAR TOPSHIRILDI
Murojaat yo`llash

Termiz shahrida jismoniy imkoniyati cheklangan, uy-joyga ehtiyojmand fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg‘asi – yangi uy-joylar tantanali topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Tursinxan Xudoyberganov, Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda 18 nafar fuqaroga Termiz shahrining “Guliston” mahallasida yangilangan loyihalar asosida qurilgan ko‘p qavatli, 15 nafariga esa o‘zlari istiqomat qilayotgan Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlari markazlarida bunyod etilgan 2 sotixli, 2-3 xonali uy-joylar kalitlari topshirildi.

Imtiyozli kredit asosidagi ushbu yangi uy-joylarning boshlang‘ich badal to‘lovi Prezident sovg‘asi sifatida amalga oshirilgan.

- Kam ta’minlangan, muhtoj oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilashga doimo e’tiborli bo‘layotgan Prezidentimizning umrlari uzoq bo‘lsin, - deydi jarqo‘rg‘onlik O‘tkir Yakubov. – Oila a’zolarim bilan uy-joyli bo‘lishini orzu qilib yashardim. Bugun shu orzuim ushaldi. Zamonaviy uyda endi emin-erkin yashaymiz.

Tantanali marosimda ehtiyojmand hamda mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari, maishiy texnikalar, tikuv mashinalari ham taqdim etildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK