» » QULAY FURSATNI BOY BERMANG ISHBILARMON INVESTORLAR!
Murojaat yo`llash
Joriy yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilishi belgilandi.
Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha – qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi. 
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi. 
Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi. 
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 2968 ta bo‘sh yer uchastkalari, 723 mlrd. 123 mln. 404 ming so‘m investitsiya kiritish, 10476 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 8 mlrd. 527 mln.500 ming so‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi. 
Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 1190 ta bo‘sh yer uchastkalari 356 mlrd. 105 mln. so‘m investitsiya kiritish, 5152 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 11 mlrd. 698 mln 300 ming so‘mga sotildi. 
Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 1778 ta bo‘sh yer uchastkalari 6 mlrd. 505 mln. 700 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Masalan :
Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 172 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 313 mln. so‘mlik;
- Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 225 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 950 mln. so‘mlik;
- Farg‘ona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 54 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 296 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 150 mln. so‘mlik;
- Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 70 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 175 mln. so‘mlik;
- Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 286 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 16 mlrd. 180 mln. so‘mlik;
- Surxandaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 13 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 106 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 520 mln. so‘mlik;
- Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 58 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 100 mln. so‘mlik;
- Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 9 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 108 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 939 mln. so‘mlik;
- Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 154 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 850 mln. so‘mlik;
- Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 331 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 13 mlrd. 150 mln. so‘mlik;
- Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 140 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 740 mln. so‘mlik;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 4 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 34 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 460 mln. so‘mlik;
- Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 330 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 580 mln. so‘mlik investitsiya kiritish sharti bilan mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 60 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari 599 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 19 mlrd. 948 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan 8 mlrd. 689 mln. 60 so‘m miqdorga sotildi.
Tadbirkor va investorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarini hamda bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud. 
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK