» » ANGOR TUMANIDA EHTIYOJMAND OILALARGA ZAMONAVIY UY-JOYLAR TOPSHIRILDI
Murojaat yo`llash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida bunyod etilgan yangi uy-joylar kalitlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga topshirilmoqda.

Angor tumanida o‘tkazilgan tadbirda “Yangi turmush” massivida qurib bitkazilgan 11 ta xonadonga mo‘ljallangan 2 sotixli, 3 xonali yangilangan namunaviy loyiha asosidagi arzon uy-joylar o‘z egalariga topshirildi. Bundan tashqari ularga nogironlik aravachalari, maishiy texnikalar, tikuv mashinalari ham taqdim etildi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil oxirigacha uy-joyga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 405 nafar fuqarolarni yangi uy-joylar bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Ayni kunlarda viloyatning barcha tumanlarida qurib bitkazilgan ana shunday yangi uylarga 171 nafar yurtdoshimiz ko‘chib o‘tmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar barchaga xursandchilik bag‘ishlash bilan birga, ayniqsa, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj insonlarda hayotga qiziqishni oshirmoqda, ertangi kunga ishonchni mustahkamlamoqda. Yurtdoshlarimizni mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, bunyodkorlik ishlarida yanada faol ishtirok etishga ruhlantirmoqda.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK