» » AFG‘ON ISHBILARMONLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA
Murojaat yo`llash

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan imkoniyatlar va qulay ishbilarmonlik muhiti xorijlik biznes vakillarining ham camarali faoliyat yuritishida muhim omil bo‘lmoqda. 

Bugun viloyat hokimligida Afg‘onistoning “Ghazanfar Group” kompaniyasi rahbari Ibrohim Gazanfar, shuningdek,  O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi bosh konsuli Mirodil Abdurazzoqov bilan bo‘lgan uchrashuvda ham ana shu omillar e’tirof etilib, tadbirkor tomonidan “Termiz iqtisodiy zonasi” hududida Broyler parrandachilik fabrikasini tashkil etish taklifi bildirildi.

Taklif ma’qullanib, korxona 1 yilda ishga tushgach, dastlab 30 ming bosh broyler tovuqlarini keltirish, iste’molchilarga sifatli tuxum va parhez go‘sht yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, oyiga 240 ming, yiliga 2 million 800 ming bosh  mahalliy iqlim sharoitiga mos, kasalliklarga chidamli naslli parranda yetishtirish, qator yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Kelishuvga muvofiq, parrandachilikka ixtisoslashgan yangi korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 2 million dollar miqdoridagi investitsiya jalb etiladi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK