» » SURXONDARYODA GEMODIALIZ MARKAZI VA TIBBIY-DIAGNOSTIKA LABORATORIYASI OCHILADI
Murojaat yo`llash

Turkiyaning “ALLESS SAG’LIK GROUP” kompaniyasi Termiz shahrida davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida gemodializ hamda tibbiy-diagnostika laboratoriyasini ochish loyihasini amalga oshiradi.

Viloyat hokimligida mazkur kompaniya direktori Kamron Amasiyali bilan bo‘lgan uchrashuvda bu borada kelishuvga erishildi. Unga muvofiq, aholiga gemodializ yordami hamda tibbiy-diagnostika laboratoriyasi xizmatini ko‘rsatish sohasidagi ushbu loyihani amalga oshirish uchun 1 million dollar miqdoridagi investitsiyalar jalb etiladi.

Uchrashuvda markaz va laboratoriya uchun binolar ajratish, ularni modernizatsiya qilish, tibbiy uskunalar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, kelgusida Denovda ham tumanlararo gemodializ markazini ochish masalalari ham kelishib olindi.


Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK