» » SHEROBODDA QURILISHBOP PARDOZLASH PLITALARI ISHLAB CHIQARISH YO‘LGA QO‘YILDI
Murojaat yo`llash

Sherobod tumanida “Komfort inert servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatining granit va gabbro toshlaridan qurilishbop pardozlash plitalari ishlab chiqarish loyihasi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar viloyat qurilish sohasida hayotga tadbiq etilayotgan bunday yirik loyihalar mamlakatimiz taraqqiyoti, farovonligining ifodasi ekanligi, pardozlash plitalari korxonasi vohada qurilish materiallariga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish bilan bir qatorda, uning eksport salohiyati yuksalishiga ham zamin yaratishini ta’kidlashdi.

Umimiy qiymati 5,1 million dollar bo‘lgan mazkur korxonada 205 nafar kishi doimiy  ish bilan ta’minlangan. Yiliga 300 ming kvadrat metr granit va gabro mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zamon talablariga mos texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlarida foydalanilishi bilan birga, xorijga ham eksport qilinadi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK