» » BOYSUNLIKLARNING ASRIY ORZUSI USHALDI: “XO‘JAMAYXONA” BULOG‘IDAN SUV KELTIRILDI
Murojaat yo`llash

Mamlakatimiz rahbarining joriy yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qiziriq tumanida videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda 83 yoshni qarshilagan Xonim bobo Toshboyev boysunliklar nomidan so‘z olib, tumandagi o‘zgarishlar uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildirgan holda Boysun tuman markazi va qishloq aholi yashash punktlarini “Xo‘jamayxona” bulog‘idan suv bilan ta’minlashda amaliy yordam so‘raganini barchamiz yaxshi eslaymiz.

Shundan so‘ng “Xo‘jamayxona” bulog‘idan tuman markazi hamda 14 ta qishloq aholi yashash punktiga toza ichimlik suvi keltirish ishlari boshlab yuborildi. Muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirish uchun 58,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilib,  uzunligi 36 km magistral ichimlik suv quvuri, quvvati 11,5 ming m/sutka bo‘lgan suv olish inshooti, suv ko‘tarish nasos stansiyasi, “Gaza” suv taqsimlash inshooti qurildi. Viloyat mahalliy budjetidan ajratilgan qariyib 3,9 milliard so‘m mablag‘ hisobiga “Inkabod”, “Dashtig‘oz”, Pulhokim” qishloq aholi punktlariga dastlabki ichimlik suvi yetkazib berildi. 

Kecha Boysun tumanida ushbu asosiy magistral ichimlik suv quvuri yotqizilganligi hamda 3 ta qishloq aholi punktlariga dastlabki ichimlik suvi yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgani munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir” degan ezgu g‘oya kundalik shiorimizga aylangani, tumanda bunday yirik loyihaning amalga oshirilayotganligidan ko‘zlangan maqsad xalqimizni hayotdan rozi qilish, uning farovon yashashi uchun barcha sharoitlarni yaratishdan iborat ekanligini ta’kidlashdi.


Eslatib o‘tamiz, hozirda tuman markazi hamda 11 ta qishloq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Buning uchun Hukumatimiz tomonidan yana 18,3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK