» » TASHRIFDAN SO‘NG BOG‘CHANING YORITISH VA ISITISH TIZIMLARIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI
Murojaat yo`llash

2018 yilning 31 oktabr kuni Termiz shahridagi qator ijtimoiy ob’ektlar qatorida 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud ahvol o‘rganilganda bog‘cha tarbiyalanuvchilari elektr simlari izdan chiqqan, isitish tizimi ishlamaydigan qorong‘u va sovuq xonalarda mashg‘ulotlar o‘tkazishayotgani tanqid qilingan edi.

Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, muassasada nosoz yoritish chiroqlari soz holatga keltirilgan. Jumladan, 8 ta guruhning mashg‘ulot va yotoqxonalari, musiqa va ma’muriy xonalardagi yoritish chiroqlari o‘rniga 24 ta zamonaviy led-lampa hamda 50 ta akfa lampochkalar o‘rnatilgan.

Hozirda isitish tizimi to‘liq ishga tushirilib, guruhlardagi haroratning tegishli me’yor talablariga javob berishi to‘liq ta’minlangan.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+1
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK