» » FUQAROLAR QABULI: MUAMMO VA YECHIM
Murojaat yo`llash

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latovning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi hamda “Telegram” messenjeridagi raqamiga  murojaat yo‘llab, shaxsan qabul qilishni so‘ragan fuqarolar uchun bugun hokimlik binosida navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Unda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masalalarni birgalikda ko‘rib chiqish va hal etish uchun viloyat, tegishli tuman hokimliklari mutasaddilari, aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.

Viloyat hokimi 38 nafar fuqaroning ichki yo‘llarni ta’mirlash, yo‘lovchi tashish transportlari faoliyatini samarali tashkil etish, uy-joy bilan ta’minlash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aliment undirish, bandlik va boshqa masalalarga oid murojaatlarini diqqat bilan eshitib, ularni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rdi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK