» » SHAHAR VA TUMANLARNI RIVOJLANTIRISH BOSH REJASI
Murojaat yo`llash

VILOYAT HOKIMI SHAHAR VA TUMANLARNI RIVOJLANTIRISH BOSH REJASI LOYIHALARI BILAN TANISHDI

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov tuman va shaharlar markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.

Loyihalar taqdimotida Dastur doirasida uy-joylar  qurish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada rivojlantirish sohalaridagi o‘nlab loyihalarning amalga oshirilishi haqida so‘z yuritildi.

Viloyat hokimi Termiz shahrida “Termiz city”, “Smart city”, “Yashil dunyo bozori” hamda “O‘zbek-afg‘on erkin savdo majmuasi”ni tashkil etish, shuningdek, Uzun, Sho‘rchi va boshqa tumanlarda qurilishi rejalashtirilayotgan qator loyihalarni yanada mukammallashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK