» » SHIFOXONANING ISITISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI
Murojaat yo`llash

TASHRIFDAN SO‘NG SHIFOXONANING ISITISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI

Joriy yilning 31 oktabr kuni Termiz shahridagi qator ijtimoiy ob’ektlar qatorida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida isitish tizimi ishlamayotganligi, palatalarning sovuqligidan bemorlar, ayniqsa, bolalar qiynalayotganligi tanqid qilingan edi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, tashrifdan so‘ng ushbu muassasada bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilgan. 2 ta qozonxonadagi kamchiliklar bartaraf etilib, barcha ob’ektlar, xususan, Chaqaloqlar patologiyasi va nevrologiya bo‘limlarini issiqlik bilan ta’minlash to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK