» » MARKAZIY DEHQON BOZORI HAMDA “AQLLI” BEKATLARDA ANIQLANGAN KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI
Murojaat yo`llash

Joriy yilning 31 oktabr kuni Termiz shahridagi qator ijtimoiy ob’ektlar qatorida Markaziy dehqon bozori hamda  innovatsion “Aqlli” bekatlardagi mavjud ahvol o‘rganilganda bozorda yaroqlilik muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotganligi, sovuq va yomg‘irli kunda “Aqlli” bekatlarning ayrimlariga qulf osilgani tanqid qilingan edi.

Termiz shahar hokimligining ma’lum qilishicha, tashrifdan so‘ng Markaziy dehqon bozorida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining  sifati va yaroqlilik muddati, shuningdek, savdo xodimlarining sanitariya talablariga rioya qilishini doimiy nazorat qilib borish uchun shahar Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazidan 2 nafar  xodim ajratilib, ularning mas’uliyati va javobgarligi oshirilgan.

Innovatsion “Aqlli” bekatlarning esa yo‘lovchilar sovuq, qor va yomg‘irdan saqlanishlari, konditsioner, bepul Wi-fi internet tarmog‘i, bank to‘lov terminali va boshqa yaratilgan sharoitlardan foydalanishlari uchun belgilangan vaqtda ochiq turishi ta’minlanib, doimiy nazoratga olingan.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK