» » TERMIZDA QAMISHDAN SIFATLI QZP VA LQZP (DSP) MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARILMOQDA
Murojaat yo`llash

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov Termiz shahridagi “Surxon KSP Grand” MChJ faoliyati bilan tanishdi. Yaqin kunlarda to‘liq quvvatda foydalanishga topshiriladigan mazkur korxonada viloyat hududida o‘sadigan qamish qayta ishlanib, qurilish inshootlari uchun zarur arzon va sifatli QZP va LQZP (DSP)  mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Umumiy qiymati 5 million dollar bo‘lgan mazkur korxonada 250 nafar kishi doimiy, 2000 nafar kishi mavsumiy  ish bilan ta’minlangan. Yiliga 30 ming kub metr qamish zarrachali va laminatsiya qilingan plitalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zamonaviy va  energiya tejamkor dastgohlar yordamida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlarida foydalanishi bilan birga, xorijga ham eksport qilinadi.

Viloyat hokimi korxona ish jarayonini ko‘zdan kechirib, foydalanishga topshirilgunga qadar bu yerda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK