» » TASHRIFDAN SO‘NG MAKTABNING BARCHA SINF XONALARI ISITILDI
Murojaat yo`llash

Joriy yilning 31 oktabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov Termiz shahridagi bir qator muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlardagi mavjud ahvol, ularning qishki mavsumga tayyorgarlik  holatini o‘rganganligi haqida kecha xabar bergan edik.

Xususan, 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinfxonalar sovuqligi va o‘quvchilar qishki kiyimida to‘garak mashg‘ulotlari o‘tayotganligi tanqid qilingan edi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, tashrifdan so‘ng bugun ushbu maktabda bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Qozonxonalardagi kamchiliklar bartaraf etilib, barcha sinf xonalar isitila boshlangan. Maktab hovlisida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘rganish davomida ijtimoiy ob’ektlarda aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish ishlari shaxsan nazoratga olingan.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK