» » SURXONDARYO VILOYATI TELERADIOKOMPANIYASI "YANGI ASR" RADIOSI 15 YOSHDA!
Murojaat yo`llash

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida “Yangi asr” radiosi tashkil etilganining 15 yilligi nishonlandi. Bu haqda Turon24 axborot agentligi muxbiri viloyat hokimligi matbuot xizmatiga xabar berdi.

Hozirda mazkur radiokanal dasturlarini viloyat aholisi, Afg‘onistonning shimoliy viloyatlari, Tojikistonning g‘arbiy viloyatlari va Turkmanistonning chegaradosh sharqiy hududlari aholisi tinglaydi.


Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan anjumanda viloyat hokimi o‘rinbosari Ro‘zimurod Choriyev, faxriy jurnalistlar, yozuvchi va shoirlar, madaniyat va san’at ustalari, OAV xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Mazkur kanal FM 102.1 va 101.1 to‘lqinlarida o‘zbek va tojik tillarida 17 soat efir uzatadi.

“Radiokanalning texnika bazasi zaruriy uskunalar bilan jihozlangan, – deydi viloyat teleradiokompaniyasi direktori Bahriddin Mingboyev. – Muxbirlar oldiga xalq bilan muloqot qilish, muammolarni ko‘tarib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Ijodiy jamoa tezkor, xolis, haqqoniy axborot yetkazish bo‘yicha hududda o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda”.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
0
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK