» » QUMQO‘RG‘ONLIK YOSH MATEMATIKLAR TAQDIRLANGANLAR SAFIDA
Murojaat yo`llash

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan internet – olimpiadada surxondaryolik yigit-qizlar ham muvaffaqiyatli  ishtirok etdi, deb xabar beradi Xalq ta’limi boshqarmasi viloyat hokimligi matbuot xizmatiga.


Onlayn tarzda o‘tkaziladigan sinov natijalariga ko‘ra, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 14-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatining 7-sinf o‘quvchisi Mirkamol Payanov hamda   8-sinf o‘quvchilari Husan Xudoyqulov va Ilhom Ziyodullayev II darajali, 9-sinf o‘quvchisi O‘rol Doniyarov I darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.

Iste’dodli bu yosh matematiklar va ularning o‘qituvchilarininufuzli bilimlar bellashuvida erishgan muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklaymiz.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+1
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK