» » SELDAN TALOFAT KO‘RGAN XONADONLARGA AMALIY YORDAM KO‘RSATISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANDI
Murojaat yo`llash
Bugun Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida sel-toshqin oqibatida zarar ko‘rgan xonadonlarga ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatish borasida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Viloyat hokimi Bahodir Po‘latov boshqarib borgan mazkur yig‘ilishda viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, zarar ko‘rgan xonadonlarga homiy sifatida biriktirilgan korxona va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari ishtirok etdi.Xabaringiz bor, joriy yilning 17-19 may kunlari viloyatimizda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yuzaga kelgan sel toshqini tumandagi 1 054 ta xonadonga turli darajada talofat yetkazdi. Ishchi guruh tomonidan 325 ta xonadon xatlovdan o‘tkazilib, 142 ta xonadonga jiddiy zarar yetkanligi aniqlandi. Viloyat hokimligining 2018 yil 25 maydagi 03-01/192-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq, ushbu xonadonlarga homiy tashkilotlar biriktirilib, 54 ta yangi uy-joylar qurishda amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi topshirildi. Shu kungacha homiylar ko‘magida seldan talofat ko‘rgan xonadonlar uchun 29 ta yangi hovli uylar qurilib, foydalanishga topshirildi. 25 tasida esa qurilish ishlari yakuniga yetay deb qoldi. O‘tkazilgan yig‘ilishda so‘nggi qurilish ishlarining borishi atroflicha muhokama etilib, qisqa fursatlarda yakunlash to‘g‘risida mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
0
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK